Ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lgan.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ortostatik gipotenziya, yurak-qon tomir kollapsi, yurak urishini his qilish.
Bu noxush samaralar ayniqsa vena ichiga yuborilganda va holsizlangan patsiyentlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Arterial gipertenziya, bradikardiya kuzatilishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi, ishtahani o‘zgarishi, paresteziyalar, tremor, nafasni susayishi, tutqanoqsimon xurujlar, mushaklarni ihtiyorsiz tortilishi, koordinatsiyani buzilishi, sinkope, uyqusizlik, uyquchanlik, nutqni buzilishi.
Agar tavsiya qilingan dozalar sezilarli darajada oshirilgan va shuningdek bir vaqtda markaziy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa depressantlar qo‘llangan bo‘lsa, nafasni susayishi paydo bo‘lishi mumkin.
Tutqanoqsimon xurujlar asosan tramadolni yuqori dozalarda yoki bir vaqtda tirishish tayyorgarligini pasaytiruvchi dori vositalar bilan qo‘llanganda paydo bo‘ladi.
Ruhiy buzilishlar: gallyutsinatsiyalar, uyquni buzilishi va tungi dahshatlar, tirishishlar, xavotirlik.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘rishni xiralashishi, midriaz.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusishga qistovlar, qabziyat, diareya, shilliq qavatlarini qurishi, kekirish, me’da va ichak shilliq qavatini ta’sirlanishi.
Nafas a’zolari tomonidan: distoniya, hansirash.
Astmani paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bo‘lgan.
Lekin sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: ko‘p terlash, teri reaktsiyalari (shu jumladan qizarish, eshakemi, qichishish).
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak holsizligi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: ayrim holatlarda jigar fermentlarini faolligini oshishi.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: siyishni qiyinlashishi va siydikni tutilishi, dizuriya.
Umumiy buzilishlar: toliqish, allergik reaktsiyalar (distoniya, bronxospazm, angionevrotik shish, xirillagan ovoz), anafilaksiya, ta’mni buzilishi, kuchsizlik, tormozlanish, reaktsiya tezligini pasayishi, hayz tsiklini buzilishi.
Boshqa opioidlarni qo‘llanganida o‘xshash abstinent sindromi paydo bo‘lishi mumkin.
Bu simptomlar qo‘zg‘alish, xavotirlik, asabiylik, uyquni buzilishi, giperkineziya, tremor va ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar kabi simptomlarni o‘z ichiga oladi.
Kam hollarda tramadol bekor qilingandan keyin boshqa simptomlar, shu jumladan og‘riq xurujlari, xavotirlik og‘ir hollatlari, gallyutsinatsiyalar, paresteziyalar, quloqda shovqin, markaziy nerv tizimi tomonidan odatdagi bo‘lmagan simptomlar (ongni chalkashishi, maniya, depersonalizatsiya, tashqi muhit idrok qilishni buzilishi, paranoyya) kuzatilishi mumkin.
Tramadol qo‘llangandan keyin turli nojo‘ya samaralar (patsiyentlar o‘ziga xos xususiyatiga va davolashni davomiyliga qarab) bo‘lishi mumkin.
Ushbu reaktsiyalarga kayfiyatni o‘zgarishi (eyforiya, disforiya), faollikni o‘zgarishi (pasayishi, oshishi), kogniktiv faoliyatini va idrok qilishni o‘zgarishi (masalan qaror qabul qilish jarayoni, idrok qilishni buzilishi) kuzatilishi mumkin.
Karamlik paydo bo‘lishi mumkin.