Tolakretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Ketorolak trometamin – 30 mg Yordamchi moddalar: etil spirti,  natriy xloridi, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ketorolaka trometamin

Preparatning savdo nomi:

Tolak

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritma.

Och-sariq rangli, tiniq eritma.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

M01AV15

30 mg preparatni mushak ichiga (m/i) yuborilganidan so‘ng, qon plazmasida uning maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 50 minutdan so‘ng erishiladi. Ketorolak me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Yog‘ga boy ovqat qonda preparatning cho‘qqi kontsentratsiyasini miqdorini kamaytiradi, unga erishish vaqtini bir soatga ortga suradi. Antatsid  vositalar dorining so‘rilishiga ta’sir qilmaydi. Preparatning 99% qonning plazma oqsillari bilan bog‘lanadi va gipoalbumeniyada qonda erkin modda miqdori oshadi. Preparatni 10% yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Ayollarni ko‘krak sutida kichik kontsentratsiyalarda aniqlangan.  Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Preparat asosan jigarda metabolizmga uchraydi, va kon’yugirlangan va gidroksillangan shakllarini hosil qiladi. Ular buyrak orqali chiqariladi. Dozaning 90% dan ortig‘i siydik bilan, 60% – o‘zgarmagan holda, qolgan qismi-axlat orqali chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 6% axlat bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va keksa yoshdagi shaxslarda chiqarilish tezligi kamayadi,  yarim chiqarilish davri (T1/2) uzayadi.

Preparat asosan jarohatlarda, operatsiyadan keyingi davrda, ildizli sindromda va mushak og‘riqlarida, uzoq davom etmaydigan o‘rta va kuchli jadallikdagi og‘riq sindromini yo‘qotish uchun ishlatiladi.

Preparat parenteral (mushak ichiga (m/i) va vena ichiga (v/i) oqimli) qo‘llanadi. M/i (chuqur mushak ichiga) sekinlik bilan og‘riqning jadalligi va bemorning reaktsiyasiga qarab tanlangan minimal samarali dozalarda yuboriladi. Zarurat bo‘lganida qo‘shimcha kichik dozalarda opioidli analgetiklarni buyurish mumkin. Preparatni yuborishdan avval gipovolemiyani va gipoproteinemiyani bartaraf qilish, shuningdek suv-elektrolit muvozanatni tiklash kerak. Og‘riqni qoldiruvchi ta’siri yarim soatdan keyin rivojlana boshlaydi, maksimal samaraga esa 1-2 soatdan so‘ng erishiladi. Ta’sirning davomiyligi odatda 4-6 soatni tashkil etadi. Preparatning birinchi inyektsiyasini qilishda yuzaga kelishi mumkin bulgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini davolash tadbirlari uchun vositalar tayyor turishi lozim. Bir marta m/i yuborishdagi o‘rtacha bir martalik doza 10-30 mg ni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida preparat inyektsiyalari har 4-6 soatda 10-30 mg dan qayta qilinadi (65 yoshdan oshgan yoki buyraklar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan bemorlarga 10-15 mg dan har 4-6 soatdan keyin). V/i: preparat glyukozaning 5% li eritmasi, natriy xloridning 0,9% li eritmasi, inyektsiya uchun Ringer eritmasi, inyektsiya uchun Ringer laktat eritmasi, plazmolitik eritmalar bilan o‘zaro to‘g‘ri keladi. –           65 yoshgacha bo‘lgan kattalarga va 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga oqim bilan 10-30 mg yuboriladi, keyin 10-30 mg dan har 6 soatda, infuzomat yordamidagi uzluksiz infuziyaning boshlang‘ich dozasi – 30 mg, keyin infuziya tezligi soatiga 5 mgni tashkil qiladi. –           65 yoshdan kattalarga va yoki buyrak faoliyatining buzilishlarida oqim bilan 10-15 mg dan har 6 soatda. V/i uzluksiz infuziya 24 soatdan oshmasligi kerak. 65 yoshgacha bo‘lgan kattalarda va 16 yoshdan oshgan bolalarda maksimal sutkalik doza m/i yuborish orqali qanday bo‘lsa, v/i yuborilganda ham shunday 90 mg dan, 65 yoshdan kattalarda yoki buyrak faoliyatining buzilishlarida esa – 60 mg dan oshmasligi kerak. Qo‘llash kursining davomiyligi parenteral yuborilganda 5 kundan oshmasligi kerak.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam-bradikardiya, arterial bosimning o‘zgarishi, yurak urishi, ko‘krakda og‘riq;. Me’da-ichak tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riqlar, diareya kuzatilishi mumkin; kam – qabziyat, meteorizm, me’da-ichak yo‘llarini to‘lganlik hissi, qusish, og‘iz qurishi, chanqoqlik, stomatit, gastrit, me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar faoliyatini buzilishi mumkin. Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: bezovtalik, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik; kam – paresteziyalar, diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishi, depressiya, eyforiya, uyquning buzilishi, bosh aylanishi, ta’m bilish tuyg‘usining o‘zgarishi, ko‘rish xususiyatining buzilishi. Nafas tizimi tomonidan: kam – nafasni o‘zgarishi, bo‘g‘ilish xurujlari. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam-siydik chiqarilishini tezlashishi. Qon yaratish tizimi tomonidan: kam – trombotsitopeniya, qon ivish vaqtini uzayishi. Moddalar almashinuvi tomonidan: kuchli terlash, shishishlar; kam hollarda-oliguriya, qon plazmasida kreatinin va/yoki mochevina darajasini oshishi, gipokaliyemiya, giponatriyemiya kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: kam-terining qichishishi, eshakemi, eozinofiliya, mialgiyalar. Mahaliy reaktsiyalar: inyektsiya joyida og‘riq.

Preparatni preparatga yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga (NYAQV) yuqori sezuvchanlikda, aspirin va prostaglandinlar sintezining boshqa ingibitorlariga nisbatan allergik reaktsiyalarda, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining faol boqichida(shuningdek anamnezda me’da–ichak yarasi, perforatsiyalar yoki me’da–ichakdan qon ketishlari bo‘lganida), o‘rtacha va og‘ir buyrak yetishmovchiligida, gipovolemiya yoki degidratatsiya kuzatilganidagi buyrak yetishmovchiligining xavfida, bronxial astmada, burun bo‘shlig‘ining poliplarida, anamnezdagi angionevrotik shishda, gemorragik insultda, yuqori qon ketish yoki to‘liq bo‘lmagan gemostazni yuqori xavfli holatlarida, aspirin va boshqa NYAQV, shu jumladan okspentifillinni bir vaqtda qo‘llash, jarrohlik operatsiyalaridan oldin va operatsiya vaqtida yuqori qon ketish xavfida og‘riqsizlantirish uchun, homiladorlikda, tug‘ish davri va emizish davrida, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda  qo‘llanmaydi.

Preparat buyurilgan bemorlarning aksariyat qismida markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlarining (uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i) rivojlanishi tufayli, yuqori diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarishdan saqlanish tavsiya etiladi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: qorin sohasida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, me’daning peptik yaralari yoki eroziv gastritni paydo bo‘lishi, buyraklar faoliyatini buzilishi, giperventilyatsiya. Davolash:me’dani yuvish, adsorbentlarni yuborish (faollashtirilgan ko‘mir) va simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Preparat dializ yordamida yetarli darajada chiqarilmaydi.

Retsepti bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 30 mg/2 ml ampulalarda.

2 yil.