Tiyenamretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: imipenem – 500 mg (imipenem monogidrati ko‘rinishida), tsilastatin – 500 mg (tsilastatin natriy ko‘rinishida), Yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

imipenem va tsilastatin

Preparatning savdo nomi:

Tiyenam

Farmakalogik guruhi:

tizimli qo‘llash uchun antibiotiklar, karbapenemlar.

Dori shakli:

infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun kukun

oqdan och sariq ranggacha bo‘lgan kukun.

tizimli qo‘llash uchun antibiotiklar, karbapenemlar.

J01DH51.

Imipenem Qon plazmasidagi kontsentratsiyalar. Sog‘lom ko‘ngillilarda TIYENAM® preparatini 20 minut davomida vena ichiga yuborilgandan keyin imipenemning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 250 mg/250 mg doza qo‘llanganida 12 mkg/ml dan 20 mkg/ml gachani, 500 mg/500 mg doza qo‘llanganda           21 mkg/ml dan 58 mkg/ml gachani va 1 000 mg/1 000 mg doza qo‘llanganda 41 mkg/ml dan 83 mkg/ml gachani tashkil qildi. Imipenemni 250 mg/250 mg, 500 mg/500 mg va 1 000 mg/1 000 mg dozalarda qo‘llangandagi plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyalari mos ravishda 17 mkg/ml, 39 mkg/ml va 66 mkg/ml ni tashkil qildi. Bunday dozalar qo‘llanganda imipenemning qon plazmasidagi darajalari 4-6 soatdan keyin  1 mkg/ml gacha yoki undan quyigacha pasaydi. Taqsimlanishi. Imipenem qon zardobi oqsillari bilan taxminan 20% ga bog‘lanadi. Biotransformatsiyasi va chiqarilishi. Monoterapiyada imipenem buyrakda degidropeptidaza-I yordamida metabolizmga uchraydi. Imipenemni siydik bilan chiqarilishi 5% dan 40% gacha o‘zgarib turadi va bir nechta tadqiqotlarda organizmdan  chiqarilishining o‘rtacha ko‘rsatkichi 15-20% bo‘lgan. Tsilastatin degidropeptidaza-I fermentining maxsus ingibitori hisoblanadi va imipenem metabolizmini samarali tarzda ingibirlaydi, shuning uchun ham imipenem va tsilastatin bir vaqtda qo‘llanganida imipenemning terapevtik antibakterial darajalariga siydik va qon plazmasida erishiladi. Qon plazmasidan imipenemning yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Qo‘llanilgan antibiotikning taxminan 70% 10 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi; shundan keyin imipenemni siydik bilan chiqarilishi kuzatilmaydi. Imipenemning siydikdagi kontsentratsiyalari TIYENAM® preparati 500 mg/500 mg dozada qo‘llanganidan keyingi 8 soat davomida 10 mkg/ml dan oshmadi. Qo‘llanilgan dozaning qolgan qismi siydik bilan antibakterial faollikka ega bo‘lmagan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, ahlat bilan chiqarilgan imipenemning miqdori esa deyarli nolga teng bo‘lgan. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda TIYENAM® preparatini har 6 soatda qo‘llanilganda qon plazmasi yoki siydikda imipenemni to‘planishi kuzatilmagan. Tsilastatin Qon plazmasidagi kontsentratsiyalar. TIYENAM® preparatini vena ichiga 20 minut davomida yuborilgandan keyin tsilastatinning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 250 mg/250 mg doza qo‘llanganida  21 mkg/ml dan 26 mkg/ml gachani, 500 mg/500 mg doza qo‘llanganda 21 mkg/ml dan 55 mkg/ml gachani va 1 000 mg/1 000 mg doza qo‘llanganda 56 mkg/ml dan 88 mkg/ml gachani tashkil qildi. Tsilastatinni 250 mg/250 mg, 500 mg/500 mg va 1 000 mg/1 000 mg dozalarda qo‘llanilgandagi plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyalari muvofiq ravishda          22 mkg/ml, 42 mkg/ml va 72 mkg/ml ni tashkil qildi. Taqsimlanishi. Tsilastatin qon zardobi oqsillari bilan taxminan 40% bog‘lanadi. Biotransformatsiyasi va chiqarilishi. Qon plazmasidan tsilastatinning yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Tsilastatinning taxminan 70-80% TIYENAM® preparati qo‘llanilganidan keyingi 10 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Shundan keyin tsilastatinni siydik bilan chiqarilishi kuzatilmaydi. Taxminan 10% degidropeptizalarga qarshi tselastatinning faolligiga teng bo‘lgan ingibirlovchi faollikka ega bo‘lgan N-atsetil-metabolit ko‘rinishida chiqariladi. Buyrakdagi degidropeptidaza-I ning faolligi aylanayotgan qondan tsilastatin chiqarilgandan keyin tez orada normal darajalarga qaytadi. Buyrak faoliyatini buzilishi TIYENAM® preparati 250 mg/250 mg dozada vena ichiga bir marta yuborilgandan so‘ng imipenemning egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) ko‘rsatkichi buyrak faoliyatini yengil darajada buzilishi (kreatinin klirensi (KK) 50–80 ml/minut/1,73 m2), o‘rta darajada (KK 30–<50 ml/minut/1,73 m2) va og‘ir darajada buzilgan (KK <30  ml/minut/1,73 m2) patsiyentlarda buyrak faoliyati me’yorida (KK >80 ml/minut/1,73 m2) bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan mos ravishda 1,1, 1,9 va 2,7 marta, tsilastatin AUC ko‘rsatkichi esa, buyrak faoliyatini yengil, o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda buyrak faoliyati me’yorida bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan muvofiq ravishda 1,6; 2,0 va 6,2 marta oshgan. TIYENAM® preparatini gemodializ o‘tkazilganidan so‘ng 24 soatdan keyin bir martalik 250 mg/250 mg dozada vena ichiga yuborilgandan keyin imipenem va tsilastatinning AUC ko‘rsatkichlari buyrak faoliyati me’yorida bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan muvofiq ravishda 3,7 va 16,4 marta yuqori bo‘lgan. TIYENAM® preparati vena ichiga yuborilgandan keyin siydik bilan chiqarilishi, buyrak klirensi va imipenem va tsilastatinni plazma klirensi buyrak faoliyatini buzilish darajasiga mos tarzda pasayadi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozalarni to‘g‘rilash tavsiya qilinadi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda imipenemning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Jigarda imipenemning metabolizmi cheklanganligi tufayli, jigar faoliyatini buzilishi preparatning farmakokinetik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi kutilmaydi. Shuning uchun jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyent dozalarni to‘g‘rilash tavsiya qilinmaydi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Bolalar Imipenemning o‘rtacha klirensi va taqsimlanish hajmi (Vdss) bolalarda (3 oylikdan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda) kattalarga nisbatan taxminan 45% ga yuqori bo‘lgan. Imipenemning AUC ko‘rsatkichi, bolalarga imipenem/tsilastatin tana vazniga nisbatan 15/15 mg/kg dozada yuborilgandan keyin, kattalarga 500 mg/500 mg doza qo‘llanganidagi preparatning ekspozitsiyasiga nisbatan taxminan 30% ga yuqori bo‘lgan. Yuqoriroq dozalar qo‘llanganida imipenem/tsilastatin tana vazniga nisbatan 25/25 mg/kg dozada qo‘llangandan keyingi ekspozitsiya kattalarga 1 000 mg/1 000 mg doza qo‘llanganidagi ekspozitsiyasiga nisbatan 9% ga yuqoriroq bo‘ldi. Keksa yoshdagi patsiyentlar Keksa yoshdagi (yoshga muvofiq buyrak faoliyati me’yorida bo‘lgan 65 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan) sog‘lom ko‘ngillilarda bir martalik 500 mg/500 mg dozada (20 minut davomida vena ichiga) TIYENAM® preparatining farmakokinetikasi dozalarni to‘g‘rilashga zarurat bo‘lmagan buyrak faoliyatini yengil buzilishi bo‘lgan patsiyentlardagi shunday ko‘rsatkich bilan bir xil bo‘ldi. Qon plazmasidan imipenem va tsilastatinni o‘rtacha yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 91±7,0 minut va 69±15 minutni tashkil qildi. Ko‘p marta qo‘llanishi imipenem va tsilastatinning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi; ushbu preparatlarini to‘planishi kuzatilmaydi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

TIYENAM® kattalar va 1 yosh va undan katta bolalarda quyidagi infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi (“Ehtiyokorlik choralari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang): qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infektsiyalari;og‘ir pnevmoniya, shu jumladan gospital va O‘SV-o‘pkaning sun’iy ventillyatsiyasi bilan bog‘liq pnevmoniya;intranatal va tug‘ruqdan keyingi infektsiyalar;siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari;teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infektsiyalari. TIYENAM® neytropenik isitmasi bo‘lgan patsiyentlarda bakterial infektsiyaga shubha tug‘ilgan hollarda qo‘llanishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan infektsiyalardan istalgani bilan bog‘liq bo‘lgan yoki bog‘liq ekanligi gumon qilingan bakteriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda qo‘llanadi. Antibakterial vositalarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni e’tiborga olish lozim.

Dozalash TIYENAM® preparatining tavsiya qilingan dozalari qo‘llash kerak bo‘lgan imipenem/tsilastatinning miqdoriga mos keladi. TIYENAM® preparatining sutkalik dozasi infektsiyaning turi va og‘irligi, aniqlangan qo‘zg‘atuvchi(lar), patsiyentda buyrak faoliyatining holati va tana vazniga bog‘liq bo‘lishi kerak (“Ehtiyotkorlik choralari” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang). Kattalar va o‘smirlar Buyrak faoliyati me’yorida bo‘lgan patsiyentlar (kreatinin klirensi >70 ml/minut/1,73 m2) uchun quyidagi sxemalar tavsiya qilingan: – 500 mg/500 mg har 6 soatda yoki – 1 000 mg/1 000 mg har 8 yoki 6 soatda yuboriladi. Agar infektsiya kamroq sezgir bakteriya turlari (masalan, Pseudomonas aeruginosa) tomonidan chaqirilgan yoki chaqirilganligi gumon qilinayotgan bo‘lsa, shuningdek infektsiyalarning juda og‘ir shaklida (masalan, neytropenik isitmasi bo‘lgan patsiyentlar) tavsiya qilingan doza har 6 soatda 1 000 mg/1 000 mg ni tashkil qiladi. Quyidagi hollarda dozani kamaytirish lozim bo‘lishi mumkin: – kreatinin klirensi ≤70 ml/minut/1,73 m2 (1-jadvalga qarang 1) yoki – tana vazni <70 kg bo‘lganda. Tana vazni <70 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun proportsional dozani quyidagi formula bo‘yicha aniqlash kerak: Haqiqiy tana vazni (kg) x standart doza 70 (kg) Sutkalik umumiy maksimal doza sutkada 4 000 mg/4 000 mg dan oshmasligi kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyent uchun kamaytirilgan dozani aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim: buyrak faoliyati me’yorida bo‘lganida odatda qo‘llaniladigan umumiy sutkalik dozani aniqlash (masalan, 2000/2 000, 3 000/3 000 yoki 4 000/4 000 mg);1-jadvaldan patsiyentning kreatinin klirensi ko‘rsatkichiga muvofiq tegishli kamaytirilgan dozani topish. Infuziyani o‘tkazish vaqtini aniqlash uchun “Qo‘llash usuli” kichik bo‘limiga qarang. 1-jadval. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan va tana vazni <70 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun kamaytirilgan dozalar* Buyrak faoliyati me’yorida bo‘lgan patsiyentlar uchun umumiy sutkalik doza (mg/sutka)Kreatinin klirensi (ml/minut/1,73 m2)41 – 7021 – 406 – 20doza, mg (oraliq, soat)2 000/2 000 500/500 (8)250/250 (6)250/250 (12)3 000/3 000 500/500 (6)500/500 (8)500/500 (12)**4 000/4 000750/750 (8)500/500 (6)500/500 (12) ** * Tana vazni <70 kg bo‘lgan patsiyentlarda dozlarni qo‘shimcha ravishda kamaytirish lozim. Tana vazni <70 kg bo‘lgan patsiyentlar uchun mutanosib dozani quyidagi formula bo‘yicha aniqlash lozim: haqiqiy tana vaznini (kg) 70 ga bo‘lish va 1-jadvalda ko‘rsatilgan muvofiq tavsiya qilingan dozaga ko‘paytirish. ** Kreatinin klirensi 6–20 ml/minut/1,73 m2 bo‘lgan patsiyentlarda 500 mg/500 mg doza qo‘llanganda tirishish xurujlarini yuz berish xavfi oshishi mumkin. Kreatinin klirensi  ≤5  ml/minut/1,73 m2 bo‘lgan patsiyentlar Agar 48 soat davomida gemodializ seansi o‘tkazilmagan bo‘lsa, ushbu patsiyentlarda TIYENAM® preparatini qo‘llab bo‘lmaydi. Gemodializ o‘tkazilgan patsiyentlar Kreatinin klirensi ≤5 ml/minut/1,73 m2 bo‘lgan dializ o‘tkazilgan patsiyentlarni davolashda kreatinin klirensi 6–20 ml/minut/1,73 m2 bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya qilingan dozalarni qo‘llash kerak (1-jadvalga qarang). Imipenem va tsilastatin qon aylanish tizimidan gemodializ o‘tkazish vaqtida chiqarib yuboriladi. Patsiyentlar TIYENAM® preparatini gemodializ o‘tkazilgandan keyin, gemodializ seansi tugagandan boshlab 12 soatlik interval bilan olishlari kerak. Ayniqsa markaziy nerv tizimining (MAT) ma’lum asosiy xastaligi mavjud bo‘lgan hollarda dializ seansi o‘tkazilayotgan patsiyentlar holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim. Gemodializ o‘tkaziladigan patsiyentlar uchun TIYENAM® preparati, faqat preparatni qo‘llashdan kutilayotgan foyda, tirishish xurujining yuz berish xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina tavsiya qilinadi (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). Hozirgi vaqtda peritoneal dializ o‘tkaziladigan patsiyentlarda TIYENAM® preparatini qo‘llashni tavsiya qilish uchun ma’lumotlar yetarli emas. Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozalarni to‘g‘rilash tavsiya qilinmaydi (“Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang). Keksa yoshdagi patsiyentlar

Imipenem/tsilastatin (vena ichiga) bilan davolangan 1723 ta patsiyent ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda ko‘proq quyidagi nojo‘ya ta’sirlar (kamida terapiya o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar): ko‘ngil aynishi (2,0%), diareya (1,8%), qusish (1,5%), toshma (0,9%), isitma (0,5%), gipotenziya (0,4%), tirishishlar (0,4%) (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang), bosh aylanishi (0,3%), qichishish (0,3%), eshakemi (0,2%), uyquchanlik (0,2%) to‘g‘risida xabar qilingan. Xuddi shunday quyidagi mahalliy nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida ham ko‘proq xabar berilgan: flebit/tromboflebit (3,1%), inyektsiya joyidagi og‘riq (0,7%), inyektsiya joyidagi eritema (0,4%) va vena induratsiyasi (0,2%). Shuningdek qon zardobidagi transaminazalar va ishqorli fosfatazaning darajasini oshishi to‘g‘risida ham tez-tez xabar berilgan. Quyidagi nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida klinik tadqiqotlar vaqtida va postmarketing kuzatuvlarda xabar qilingan. Nojo‘ya ta’sirlar a’zolar tizimlari sinfi va tez-tezligiga ko‘ra ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1 000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000) va noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Har bir tez-tezlik guruhida nojo‘ya ta’sirlarning jiddiyligi kamayib borish tartibida ko‘rsatilgan. Infektsiyalar va invaziyalar: tez-tez emas – psevdomembranoz kolit, kandidoz; juda kam – gastroenterit. Qon aylanishi va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez – eozinofiliya; tez-tez emas – pantsitopeniya, neytropeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, trombotsitoz; kam – agranulotsitoz; juda kam – gemolitik anemiya, suyak ko‘migi faoliyatini susayishi. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam – anafilaktik ta’sirlar. Ruhiyat tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – ruhiyatni buzilishi, shu jumladan gallyutsinatsiyalar va ongni xiralashishi. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – tirishishlar, mioklonik faollik, bosh aylanishi, uyquchanlik; kam – entsefalopatiya, paresteziya, ajitatsiya, diskineziya, fokal tremor, ta’m sezgilarini buzilishi; juda kam – gravis miasteniyasini yomonlashishi, bosh og‘rig‘i. Eshitish va muvozanat a’zolari tomonidan buzilishlar: kam – eshitish qobiliyatini yo‘qotilishi; juda kam – vertigo, quloqdagi jaranglashlar. Yurak tomonidan buzilishlar: juda kam – tsianoz, taxikardiya, palpitatsiya. Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – tromboflebit; tez-tez emas – gipotenziya; juda kam – qizish hissi. Respirator tizimi, ko‘krak qafasi ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: juda kam – dispnoe, giperventilyatsiya, yutinishdagi og‘riq. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – diareya, qusish, ko‘ngil aynishi (TIYENAM® dori vositasini qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngil aynishi va qusish granulotsitopeniyasi bo‘lmagan patsiyentlarga nisbatan granulotsitopeniyasi bo‘lgan patsiyentlarda ko‘proq uchraydi); kam – tishlar va/yoki til rangini o‘zgarishi, gemorragik kolit, abdominal og‘riq, jig‘ildon qaynashi, glossit, til so‘rg‘ichlari gipertrofiyasi, so‘lak ajralishini oshishi. Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar: kam – buyrak yetishmovchiligi, gepatit; juda kam – fulminant gepatit. Teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez – toshmalar (masalan, ekzantematoz); tez-tez emas – eshakemi, qichishish; kam – toksik epidermal nekroliz, angionevrotik shish, Stivens–Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit; juda kam – gipergidroz, teri teksturasini o‘zgarishi. Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: juda kam – poliartralgiya, umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismida og‘riq. Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: kam – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, oliguriya/anuriya, poliuriya, siydik rangini o‘zgarishi (xavfsiz, gematuriya bilan chalkashtirmaslik lozim). TIYENAM® preparatini qo‘llashni buyrak faoliyatini buzilishiga ta’sirini baholash qiyin, chunki odatda prerenal azotemiya yoki buyrak faoliyatini buzilishi uchun moyillik tug‘diruvchi omillar mavjud bo‘ladi. Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar: juda kam – vulvani qichishishi. Patsiyentning umumiy holatini va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar: tez-tez emas – isitma, inyektsiya joyidagi mahalliy og‘riq va induratsiya, inyektsiya joyidagi eritema; juda kam – ko‘krak qafasidagi diskomfort, asteniya/holsizlik. Tekshirishlar: tez-tez – transaminazalar darajasini oshishi, qon zardobida ishqoriy fosfataza darajasini oshishi; tez-tez emas – bevosita Kumbs musbat testi, protrombin vaqtini oshishi, gemoglobin darajasini pasayishi, qon zardobida bilirubin darajasini oshishi, qon zardobida kreatinin darajasini oshishi, qonda azot mochevina darajasini oshishi. Bolalar (3 oylikdan katta yoshdagi) 3 oylikdan katta 178 bola ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlar kattalardagi bilan bir xil bo‘ldi.

Ta’sir etuvchi moddalar va yordamchi moddalarning birontasiga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik.Karbapenemlar guruhiga kiruvchi istalgan antibiotikka nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik.Beta-laktam antibiotiklarning boshqa istalgan turiga (masalan, penitsillin, tsefalosporinlar) nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyasi (masalan, anafilaktik reaktsiya, teri reaktsiyasining og‘ir shakli).

Gantsiklovir va TIYENAM® qabul qilayotgan patsiyentlarda yoyilgan tirishish xurujlarini yuz berishi to‘g‘risida xabar berilgan. Bu preparatlarni potentsial foyda xavfdan ustun bo‘lgan hollardan tashqari hollarda bir vaqtda qo‘llab bo‘lmaydi. Valproat kislotasi va karbapenemlar guruhiga kiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda valproat kislotasi darajasini pasayishi to‘g‘risida xabar berilgan (terapevtik darajadan ham pasayishi mumkin). Valproat kislotasi darajasini pasayishi tirishishlarni yuz berishini yetarli darajada nazorat qilinolmasligiga olib kelishi mumkin. Shu sababli imipenem va valproat kislotasi/natriy valproatini bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi; muqobil antibiotiklar yoki tirishishga qarshi preparatlarni qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish lozim (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). Peroral qo‘llanadigan antikoagulyantlar Antibiotiklarni va varfarinni bir vaqtda qo‘llash varfarinning antikoagulyant xususiyatlarini kuchaytirishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida antibiotiklarni olayotgan patsiyentlarda peroral qo‘llanilayotgan antikoagulyantlarning (jumladan varfarinning) antikoagulyant ta’sirlarini kuchayishi to‘g‘risida ko‘pgina xabarlar olingan. Ushbu xavf asosiy infektsion kasallik, patsiyentning yoshi va umumiy holatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin, shuning uchun antibakterial preparatning XMN (Xalqaro me’yorlashtirilgan nisbat) ko‘rsatkichini oshishidagi rolini baholash qiyin. Antibiotiklar va peroral koagulyantlarni bir vaqtda qo‘llash vaqtida va qo‘llagandan keyin tezda XMN ko‘rsatkichini tez-tez tekshirib turish tavsiya qilinadi. TIYENAM® preparati va probenetsidni bir vaqtda qo‘llanishi qon plazmasidagi imipenem darajasi va qon plazmasidan yarim chiqarilish davrini minimal darajada oshishiga olib keldi. Siydik bilan faol (metabolizmga uchramagan) imipenemni chiqarilishi, probenetsid bilan bir vaqtda qo‘llanilgan TIYENAM® preparatining dozasi 60 foizgacha pasaygan. TIYENAM® preparati va probenetsid bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasidagi tsilastatin darajasi va uning yarim chiqarilish davri 2 marta oshgan, biroq tsilastatinni siydik bilan chiqarilishiga ta’siri kuzatilmagan.

Homiladorlik. Imipenem/tsilastatinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha tegishli va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homilador maymunlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv toksiklik kuzatilgan. Odam uchun potentsial xavf aniqlanmagan. TIYENAM® ni homiladorlik davrida faqat potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Emizish. Imipenem va tsilastatin onaning ko‘krak suti bilan oz miqdorda chiqariladi. Peroral qo‘llangandan keyin har bir komponentning biroz so‘rilishi kuzatiladi. Shuning uchun ko‘krak suti bilan emizilganda bola preparatning ancha miqdorini ekspozitsiyasiga duchor bo‘ladi. Agar TIYENAM® preparatini qo‘llanishi zarur deb hisoblanilsa, ko‘krak suti bilan boqish afzalligi bilan bolaga yetishi mumkin bo‘lgan xavfni taqqoslash zarur. Fertillik. Imipenem/tsilastatin bilan davolashning erkaklar va ayollardagi fertillikka taxminiy ta’siriga oid ma’lumotlar mavjud emas.

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborish belgilari nojo‘ya ta’sirlar profili bilan mosdir; belgilar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: tirishishlar, ongni chalkashishi, tremor, ko‘ngil aynishi, gipotenziya, bradikardiya. TIYENAM® preparatini dozasini oshirib yuborilishni davolash yuzasidan spetsifik ma’lumotlar yo‘q. Imipenem va natriy tsilastatini organizmdan gemodializ o‘tkazishda chiqarib yuboriladi. Biroq doza oshirib yuborilganda ushbu muolajaning samaradorligi ma’lum emas.

Retsept bo‘yicha

Yev.F. bo‘yicha I turdagi, rezina probka (Yev.F. bo‘yicha), qisilgan alyumin qalpoqcha va “flipp-off” plastik qopqoqchasi bilan yopilgan flakon. 10 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan p/e plyonka bilan o‘ralgan plastik taglikda.

2 yil. Suyultirilgan eritmalarni darhol ishlatish kerak. Eritmani tayyorlash va vena ichiga infuziyani o‘tkazishni tugashi orasidagi vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak