Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: 4,2 g arginin gidroxloridi (100 ml eritmada 20 mmol arginin va 20 mmol xloridlar saklanadi).
yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
arginin gidroxloridi
Preparatning savdo nomi:
Tivortin
Farmakalogik guruhi:
Aminokislotalar.
tinik, rangsiz suyuklik.
Aminokislotalar.
V05VA01.
Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida qon plazmasida arginin gidroxloridning maksimal kontsentraniyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 minut o‘tgach kuzatiladi.
Tivortin® yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, buyrak kalavalarida filtratsiyaga uchraydi, biroq buyrak naychalarida amalda tuliq kayta suriladi.
Preparatga yuqori sezuvchanlik;buyraklar funktsiyasiining og‘ir buzilishlari;giperxloremik atsidoz;anamnezda allergik reaktsiyalar;kaliy tejovchi diuretiklarni, shu jumladan spironolakton;3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Tivortin® qo‘llanganida spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida, preparat yaqqol va barkaror giperkaliyemiya chaqirishi mumkinligini xisobga olish kerak.
Kaliyni tejovchi diuretiklar oldingi qo‘llanishi ham, qondagi kaliy kontsentratsiyasi darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Aminofilin bilan bir vaktda qo‘llash qondagi insulinning mikdorini oshirishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda infuziyadan oldin qon plazmasidagi kaliy mikdori va diurez tekshirilishi kerak, chunki preparat giperkaliyemiya rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Preparat endokrin bezlarining funktsiyasii buzilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparat insulin va o‘sish gormonining sekretsiyasini rag‘batlantirishi mumkin.
Preparat yo‘ldosh orqali o‘tadi, shuning uchun homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda xomila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Preparatni emizish davrida qo‘llash buyicha ma’lumotlar mavjud emas.
Simptompari: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.
Davolash: dozani oshirib yuborilish hollarida preparatniig infuziyasini to‘xtatish kerak.
Fiziologik reaktsiyalarni monitoring qilish va organizmning xayotiy funktsiyasilarini tutib turish kerak.
Zarurati bo‘lganida ishqoriylovchi vositalar va diurezni yo‘lga soluvchi vositalar (saluretiklar), elektrolitlar (0.9% natriy xloridi eritmasi, 5% glyukoza eritmasi) yuboriladi.
Davolash simptomatik.