Tiotrin S.Tretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: morfoliniy-3-metil-1,2,4-triazolil-5-tioatsetat (tiotriazolin) – 25 mg; yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

morfoliniy-metil-triazolil-tioatsetat.

Preparatning savdo nomi:

Tiotrin S.T

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli suyuqlik.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

S02

Qon plazmasidagi MMTTA maksimal kontsentratsiyasiga mushak ichiga yuborishda – 0.84 soatdan keyin, vena ichiga yuborishda – 0.1 soatdan keyin erishiladi. Qon oqsilari bilan bog‘lanishi 10% dan oshmaydi. MMTTA asosan buyraklarda – 31% to‘planadi. U ahamiyatli miqdorda yo‘g‘on ichakda, yurakda, taloqda to‘planadi, eng kam – ingichka ichak va o‘pkada (1-2%) to‘planadi.

Yurak ishemik kasalligi: stenokardiya, miokard infarkti, infarktdan keyingi kardiosklerozni majmuaviy davolashda; yurak aritmiyalarini davolashda to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi. Surunkali gepatit, alkogolli gepatit, jigar fibrozi va tsirrozini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Kattalarga miokard infarkti, yaqqol namoyon bo‘lgan surunkali gepatitda TIOTRIN S.T birinchi 5 kun davomida mushak ichiga 2 ml dan 25mg/ml eritma (50 mg dan) kuniga 2-3 marta yoki vena ichiga asta-sekin minutiga 2 ml tezlikda 4 ml dan 25mg/ml eritma (100 mg) kuniga 1 marta yoki minutiga 20-30 tomchi tezlikda (25mg/ml eritmali 2 ampula 0,9% li natriy xloridi eritmasi 150-250 mlda suyultiriladi) tomchilab yuboriladi. Davolashning beshinchidan yigirmanchi kunigacha MMTTA tabletkalarda (100 mg dan kuniga 3 marta) buyuriladi. Zo‘riqish stenokardiyasi va tinch holatdagi stenokardiyada va infarktdan keyingi kardioskleroz, minimal va o‘rtacha faollik darajasidagi surunkali gepatitda TIOTRIN S.T mushak ichiga 10 mg/ml eritma 2 ml dan kuniga 3 marta yuboriladi. Davolash kursi – 20-30 kun. Jigar tsirrozida davolash kursi – 60 kun. Davolash 25 mg/ml eritma 2 ml dan (50 mg dan) kuniga 3 marta 5 kun davomida mushak ichiga yuborishdan boshlanadi, so‘ngra davolash MMTTA tabletkalar (100 mg dan kuniga 3 marta) yordamida davom ettiriladi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda allergik reaktsiyalar: qichishish, terining giperimiyasi, isitma, teri toshmalari (urtikar, papullez, mayda nuqtali, dog‘li) paydo bo‘lishi mumkin; boshqa preparatlarni qabul qilish fonida eshakemi va angionevrotik shishning ayrim hollari, anafilaktik shokning bir holati ta’riflangan. Alohida patsiyentlarda, asosan keksa yoshdagi, xususan boshqa preparatlarni qabul qilish fonida juda kam uchraydigan hollari ta’riflangan: Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: umumiy holsizlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial gipertenziya (bir holat); Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: dispeptik holni ko‘rinishlari – og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qorinni dam bo‘lishi, qusish; Nafas tizimi tomonidan: hansirash va bo‘g‘ilish (bir holat).

MMTTAga yuqori sezuvchanlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Tiotrin S.Tni kardioprotektiv preparat sifatida yurak ishemik kasalligini davolashda qo‘llanadigan bazis vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin. Gepatoprotektor vosita sifatida muvofiq etiologiyali gepatitlarni an’anaviy davolash usullari bilan birga buyurish mumkin.

Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llashning tajribasi yetarli emas. Bolalar. Bolalarda qo‘llashning tajribasi yetarli emas. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganida siydikda natriy va kaliyning kontsentratsiyasi oshadi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish kerak. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

2 ml dan ampulada, 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida. 4 ml dan ampulada, 5 ampuladan blisterda, 2 blisterdan qutida.

5 yil.