Tiotriazolinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tiazot kislotasini morfoliyen tuzi 100% moddaga qayta hisoblanganda – 200 mg, 133 mg tiazot kislotasiga ekvivalent; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, povidon, qand kukuni, mikrokristall tsellyuloza, kaltsiy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tiazotic acid.

Preparatning savdo nomi:

Tiotriazolin

Farmakalogik guruhi:

kardiologik vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki deyarli oq rangli, silliq yuzali, dumaloq shaklli, faska va riskali tabletkalar.

kardiologik vositalar.

S01ЕV.

Ichga qabul qilgandan so‘ng preparat tez so‘riladi, uning to‘liq biokiraolishligi 53% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga 200 mg dozada bir marta qabul qilingandan so‘ng 1,6 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri deyarli 8 soatni tashkil qiladi.

Yurak ishemik kasalligini: stenokardiya, miokard infarkti, infarktdan keyingi kardiosklerozni; yurak aritmiyalarini majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan surunkali gepatitlarni, shu jumladan alkogolli gepatitni, jigar tsirrozini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Zo‘riqish stenokardiyasida Tiotriazolin sutkada 3 marta 200 mg dan ichga buyuriladi. Davolash kursi 8 haftani tashkil qiladi. Zo‘riqish va tinch holatdagi stenokardiyasida, miokard infarktida, infarktdan keyingi kardiosklerozda Tiotriazolinni 20-30 kun davomida sutkada 3 marta 200 mg dan ichga buyuriladi. Yurak ritmini buzilishlarida Tiotriazolinni sutkada 3 marta 200 mg dan ichga yoki til ostiga buyuriladi. Jigar kasalliklarida Tiotriazolinni odatda sutkada 4 marta 200 mg dan ichga 20-30 kun davomida buyuriladi. Davolash kursining davomiyligini kasallikning og‘irligi va kechishiga qarab, shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.

Preparat, odatda, yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuqori shaxsiy sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda quyidagilar kamdan-kam hollarda yuz berishi mumkin: teri va teri osti klechatkasi tomonidan: qichishish, teri giperemiyasi, toshma, eshakemi, angionevrotik shish. Majmuaviy davolash tarkibida qabul qilinganida, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda alohida holatlar keltirilgan: immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik shok; nevrologik buzilishlar: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin; me’da–ichak buzilishlari: dispepsik ko‘rinishlari – og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi; nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: hansirash, bo‘g‘ilish; umumiy buzilishlar: isitma, umumiy holsizlik. Postregistratsion kuzatuvlar davrida shuningdek Tiotriazolinni qabul qilish bilan bog‘liqligi isbotlangan reaktsiyalar kuzatilgan: yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, taxikardiya.

Tiazot kislotasi va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Tiotriazolinni kardioprotektor vosita sifatida yurak ishemik kasalliklarini davolashda bazis vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin. Gepatoprotektor vosita sifatida preparatni gepatitlarni an’anaviy davolash usuli bilan birga qo‘llash mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan. Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi yetarli emas. Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati. Ayni paytda xabarlar yo‘q, biroq bosh aylanishi rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Doza oshirib yuborilganida siydikda natriy va kaliyning kontsentratsiyasi oshadi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish kerak. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

200 mg dan 10 tabletka blisterda. 3 yoki 9 blisterdan pachkada; №15 blisterda, 6 blisterdan qutida.

2 yil.