Tioktatsid 600 Tretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ampuladagi eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 952,2876 mg – tioktat trometamol tioktat kislotasiga qayta hisoblaganda – 600 mg (trometamol tuzi ko‘rinishida). yordamchi moddalar: trometamol, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tioktat kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Tioktatsid 600 T

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

Dori shakli:

vena ichiga yuborish uchun eritma.

tiniq, sarg‘ish rangli eritma.

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

A16AX01.

Periferik (sensor-motor) diabetik polineyropatiyaning simptomlarini davolash uchun qo‘llanadi.

Og‘ir darajadagi diabetik polinevropatiyadagi sezuvchanlikni yaqqol buzilishlarida davolash boshlanishida sutkalik dozasi 2-4 hafta davomida 1 ampula Tioktatsid 600 T ni tashkil etadi (600 mg tioktat kislotasiga to‘g‘ri keladi). Vena ichiga yuborishni sekin o‘tkazish kerak (bir minutda tioktat kislotasi 50 mg dan oshmasin, ya’ni 2 ml tioktatsid 600 T eritmasi). Bundan tashqari, suyultirilmagan eritmani inyektsiya uchun shprits yoki perfuzor yordamida vena ichiga yuborish mumkin. Bunday xolatda yuborish vaqti kamida 12 minutni tashkil etishi kerak. Faol modda yorug‘likka sezuvchanligi tufayli, bevosita qo‘llashdan oldin ampulani karton qutidan chiqarish kerak. Infuziyani o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar Tioktatsid 600 T ni natriy xloridining izotonik eritmasida (100-250 ml ga qo‘shiladi) 30 minut davomida infuziya xolida yuborish mumkin. Infuzion eritmani yorug‘likdan himoya qilish kerak (masalan, alyumin folgaga o‘raladi). Yorug‘likdan himoyalangan infuziya uchun eritma 6 soat davomida qo‘llashga yaroqlikdir. Tioktatsid 600 T ning infuzion eritmasi uchun erituvchi sifatida faqat natriy xloridining izotonik eritmasi qo‘llansin.

Vena ichiga tez yuborilganida ba’zida o‘z o‘zidan o‘tib ketuvchi, bosh miya ichki bosimini oshishi, nafasni kechikishi kuzatiladi. Teri toshmasi, eshakemi, qichishish ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar, shuningdek anafilaktik shokkacha rivojlanadigan tizimli allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda vena ichiga yuborilgandan so‘ng tirishishlar, ko‘zlarning oldida jismlarni ikkilanishi, nuqtali qon quyilishlar va qon ketishiga moyillik (trombotsitlar faoliyatini buzilishi tufayli) kuzatilgan. Ayrim hollarda glyukozani utilizatsiyasini yaxshilanishi natijasida uning qondagi darajasi pasayishi mumkin. Bunday hollarda bosh aylanishi, kuchli terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi kabi gipoglikemiya simptomlari rivojlanishi mumkin. Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Tioktat (α-lipoat) kislotasiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Diqqat: Bolalar va o‘smirlarga preparatni qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni bolalar va o‘smirlarga buyurish mumkin emas.

Tioktatsid 600 T bilan bir vaqtda buyurilganda tsisplatinning samaradorligi pasayishi kuzatiladi. Tioktatsid 600 T metallarni bog‘laydi, shuning uchun uni metallarni saqlovchi preparatlar (masalan, temir, magniy preparatlari bilan, kaltsiy saqlovchi sut maxsulotlari bilan) bir vaqtda buyurish mumkin emas. Bir vaqtda qo‘llanganida insulin va ichga qabul qilinadigan diabetga qarshi preparatlarning qandni kamaytiruvchi ta’sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun ayniqsa Tioktatsid 600 T bilan davolashni boshida, qondagi glyukozaning darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Ba’zi hollarda gipoglikemiya (qonda qandning miqdorini haddan tashqari pasayishi) simptomlarini rivojlanishidan saqlanish uchun qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarinng dozasini kamaytirish kerak.

Alkogolni muntazam ravishda iste’mol qilish polineyropatiyani rivojlanishi xavfi omili hisoblanadi va Tioktatsid 600 T ning samaradorligini pasaytirish mumkin. Shuning uchun patsiyentlarga preparat bilan davolanish vaqtida ham, davolanishdan tashqari davrda ham alkogol iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Reproduktivlikka zaxarli (toksik) ta’sir qilish yuzasidan mavjud bo‘lgan ma’lumotlar homilaga zararli ta’siri haqida xulosa chiqarish imkonini bermaydi. Homiladorlik davrida preparatni, faqat ona uchun kutilgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan xoldagina va shifokorning qat’iy nazorati ostida qo‘llash mumkin. Tioktat (α-lipoat) kislotasini ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum. Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish va bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Alfa-lipoat kislotasi 10 dan 40 mg gacha dozada alkogol bilan birga ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy (o‘z joniga qasd qilish maqsadida) qabul qilinganidan so‘ng og‘ir zaharlanish kuzatilgan, ba’zida o‘lim bilan tugagan. Zaharlanishning klinik belgilari dastlab psixomotor qo‘zg‘alishi yoki ongni chalkashishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin; keyinchalik ular odatda, tarqoq tirishish xurujlari va laktatsidozni rivojlanishi bilan kechadi. Bundan tashqari, lipoat kislotasining yuqori dozalari bilan zaxarlanish oqibatida gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz qon tomirlar ichidagi qonni disseminatsiyalangan ivishi (DVS-sindrom), suyak ko‘migi faoliyatini susayishi va ko‘pchilik a’zolar faoliyatini yetishmovchiligi kuzatilgan. Zaharlanishni davolash. Tioktatsid bilan kuchli zaharlanishga ozgina shubxa bo‘lganda ham, zudlik bilan shifoxonaga yetkazib, detoksikatsiya qilish bo‘yicha umumiy davolash choralarini o‘tkazish ko‘rsatilgan. Tarqalgan tirishish xurujlari, laktoatsidoz va zaharlanish oqibatidagi hayot uchun boshqa barcha oqibatlarni davolashda simptomatik davolash o‘tkazish kerak. Alfa-lipoat kislotasini organizmdan chiqarilishini tezlashtirish uchun gemodializ va ekstrakorporal detoksikatsiya usullarining samaradorligi hozirgi vaqtgacha hali tasdiqlanmagan.

Shifokor retsepti bo‘yicha

24 ml dan eritma jigarrang rangli ampulalarda. 5 ampula ochiq kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 ochiq kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

4 yil.