Tiokas gel rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: 1 g gel quyidagilarni saqlaydi: Deksketoprofen trometoli (12,5 mg deksketoprofenga ekvivalent) va 2,5 mg tiokolxikozid.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

deksketoprofen, tiokolxikozid.

Preparatning savdo nomi:

Tiokas gel

Farmakalogik guruhi:

Sirtga qo‘llash uchun miorelaksantlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun gel.

tiniq, sariq rangli, lavanda hidli gel.

Sirtga qo‘llash uchun miorelaksantlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar.

M02AA27, M03VX05

Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’siri tufayli, quyida keltirilgan holatlarni mahalliy davolash uchun: revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozga olib keluvchi spondilit, lyumbalgiya, ishalgiya kabi o‘tkir yoki surunkali revmatizm;bo‘g‘imlar, paylar, bog‘lam va mushaklarni jarrohat yoki degenerativ kasalliklar natijasida yuzaga kelgan og‘riqli yallig‘lanish holatlarida qo‘llanadi.

Sirtga buyuriladi. Doza patsiyentning ehtiyojiga muvofiq individual ravishda tanlanishi kerak. Oz miqdorda kuniga 1-3 marta buyuriladi, tez so‘rilishi uchun ishqalamasdan qo‘llanadi. Shifokorning maslahatisiz uzluksiz qo‘llash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya reaktsiyalar a’zo tizim guruhlari bo‘yicha tasniflangan. Tez-tezligi quydagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000,  <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas). Deksketoprofen: Tez-tez emas: dermatit (terini qizarishi va yallig‘lanishi), jumladan terini allergik reaktsiyalari. Kam hollarda: bullez yoki pufakchali ekzema kabi ancha og‘ir reaktsiya holatlari, ular tarqalishi mumkin yoki tarqalgan bo‘lishi mumkin. Juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi, bronxospazm). Tez-tezligi noma’lum: yorug‘likga sezuvchanlik reaktsiyalari (eritema, yallig‘lanish va ayrim hollarda yengil vezikulyatsiya). Tiokolxikozid: Tez-tez emas: qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, uyquchanlik, teri allergik reaktsiyalari, kabi anafilaktik reaktsiyalar, jumladan yorug‘likga sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.

Deksketoprofenga, tiokolxikozidga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYAKV ga o‘ta yuqori sezuvchanlik;kasallik tarixida yorug‘likka sezuvchanlikning har qanday reaktsiyalari;ketoprofenga, tiaprofen kislotasiga, fenofibratga yoki UB-blokatoriga yoki parfyumga nisbatan bo‘lgan teri allergiyasi bilan kechuvchi kasallik tarixi;homiladorlik va laktatsiya davri;lanj falaji, mushak gipotoniyasi;quyosh ta’siri bo‘lganda, hatto quyosh nuri xiralashgan bo‘lsa xam, solyariyda UB-nurlanish hollarida, davolash vaqtida va u to‘xtatilgandan 2 haftadan keyin, Tiokas gelni ochiq infektsiyalangan teriga, shilliq qavatlarga, ekzemada, akneda, jinsiy a’zolari va ko‘z yoki periokulyar sohalari a’zolariga qo‘llash mumkin emas;15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganda deksketoprofenning tizimli so‘rilishi juda past. Davolash: gelni tasodifan yutib yuborilganda, simptomatik davolash va me’dani yuvishni o‘tkazish kerak. Deksketoprofen trometol organizmdan dializ yordamida chiqarilish mumkin.

Retseptsiz

“Tiokas gel” 30 g va 50 g tubalarda.

2 yil.