Tiogammaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 flakon 50 ml 12/mg/ml infuziya uchun eritma saqlaydi: Faol modda: tioktat kislotasining megluminli tuzi – 1167,70 mg (bu 600 mg tioktat kislotasiga ekvivalent); Yordamchi moddalar: makrogol 300 – 4000,00 mg, meglumin, inyektsiya uchun suv 50 ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

Tiogamma®

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni to‘g‘rilash uchun vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

och-sariq yoki sarg‘ish-yashil rangli tiniq eritma.

metabolik jarayonlarni to‘g‘rilash uchun vosita.

A16AX01

Vena ichiga yuborilganida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 10-11 min., maksimal kontsentratsiyasi taxminan 20 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Metabolitlarini hosil bo‘lishi yon zanjirini oksidlanishi va kon’yugatsiyalanishi natijasida yuz beradi. Umumiy plazma klirensi – 10-15 ml/min. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%), katta bo‘lmagan miqdori – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25 minutni tashkil qiladi.

Diabetik polineyropatiya, alkogolli polineyropatiya.

Davolashni boshida Tiogamma® infuziya uchun eritma preparati vena ichiga sutkada       600 mg dozada (1 flakon) 2-4 hafta davomida yuboriladi. Preparatli flakon qutidan chiqariladi va darhol berilgan yorug‘likdan himoya qiluvchi g‘ilof bilan yopiladi, chunki tioktat kislotasi yorug‘likka sezgir. Infuziya bevosita flakondan qilinadi. Asta-sekin yuboriladi, taxminan 1,7 ml/min tezlikda, 30 minut davomida yuboriladi. So‘ngra tioktat kislotasini peroral shaklini (Tiogamma®, qobiq bilan qoplangan tabletkalar) qabul qilishni davom ettirish mumkin.

Noxush nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lishini tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan: Juda tez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan ko‘proqTez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 100 nafaridan 1 tadan ko‘proqTez-tez emas100 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 1000 nafaridan 1 tadan ko‘proqKam1000 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 10000 nafaridan 1 tadan ko‘proqJuda kam10000 nafardan 1 tadan kamroq, shu jumladan alohida hollar ham Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi tomonidan: Juda kam: shilliq qavatlar va teriga nuqtali qon quyilishlar, trombotsitopeniya, gemorragik toshma (purpura), tromboflebit; Immun tizimi tomonidan: Alohida hollarda: tizimli allergik reaktsiyalar (hatto anafilaktik shok rivojlanishigacha) bo‘lishi mumkin; Markaziy nerv tizimi tomonidan: Juda kam hollarda: ta’m sezishni o‘zgarishi yoki buzilishi; juda kam: tirishishlar; Ko‘rish a’zosi tomonidan: Juda kam hollarda: diplopiya; Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: Alohida hollarda: allergik reaktsiyalar – eshakemi, qichishish, ekzema, toshma. Boshqa nojo‘ya reaktsiyalar: Alohida hollarda: glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi tufayli, qonda glyukozaning kontsentratsiyasi pasayishi mumkin. Bunda gipoglikemiya simptomlari: bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi; alohida hollarda: yuborish joyida allergik reaktsiyalar – ta’sirlanish, giperemiya yoki shish paydo bo‘lishi mumkin; Juda kam hollarda: preparat tez yuborilgan hollarda bosh miya ichki bosimini oshishi (boshda og‘irlik hissi paydo bo‘ladi), nafasni qiyinlashishi kuzatilishi mumkin. Bu reaktsiyalar mustaqil o‘tib ketadi.

Tioktat kislotasi va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Homiladorlik va emizish davri. Preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Tioktat kislotasi bir vaqtda qabul qilinganida tsisplatinning samaradorligini pasaytiradi, shuningdek temir, magniy preparatlari kabi metallarni saqlovchi preparatlar bilan reaktsiyaga kirishadi. Tioktat kislotasi qandlarning molekulalari bilan, masalan levulyoza (fruktoza) eritmasi bilan reaktsiyaga kirishib, qiyin eruvchi molekulalarni hosil qiladi. Glyukokortikoidli vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta’sirini kuchaytiradi. Tioktat kislotasining infuzion eritmasi dekstroza eritmasi, Ringer eritmasi va disulfidli va SH-guruhlari bilan reaktsiyaga kirishuvchi eritmalar bilan nomutanosib. Tioktat kislotasi insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ularning ta’siri kuchayishi mumkin. Agarda Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, Tiogamma® preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini doimiy nazorati zarur. Ayrim hollarda gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, insulin yoki peroral gipoglikemik preparatning dozasini pasaytirish kerak. Gipoglikemiya simptomlari (bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, ko‘ngil aynishi) paydo bo‘lganida davolashni darhol to‘xtatish kerak. Yakka hollarda Tiogamma® qo‘llanganida glikemik nazorat bo‘lmagan va umumiy holati og‘ir bo‘lgan patsiyentlarda jiddiy anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Tiogamma® preparati bilan davolanish vaqtida alkogolni iste’mol qilish davolovchi samarani pasaytiradi va neyropatiyani rivojlanishi va kuchayishiga yordam beruvchi xavf omili hisoblanadi. Tiogamma® preparatini qabul qilayotgan patsiyentlar alkogolni iste’mol qilishdan saqlanishlari kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Avtotransport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i. Tioktat kislotasi 10 g dan 40 g gacha dozalarda alkogol bilan birga qabul qilingan holda, hatto o‘lim bilan yakunlangan intoksikatsiya hollari kuzatilgan. Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari: odatda keyinchalik yoyilgan tirishishlarni rivojlanishi va laktoatsidozni rivojlanishi bilan birga kechuvchi psixomotor qo‘zg‘alish yoki ongni buzilishi. Shuningdek gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz, disseminatsiyalangan tomir ichki qon ivishi, suyak ko‘migining depressiyasi va ko‘p a’zolarda yetishmovchilik hollari ta’riflangan. Davolash simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma 12 mg/ml. 50 ml dan II tur jigarrang shishadan tayyorlangan, rezina tiqin bilan berkitilgan flakonda. Tiqin alyumin qalpoqcha yordamida mustahkamlanadi, uning yuqori qismida polipropilen taglik bor. 1 flakondan yoki 10 flakondan flakonlarning miqdori bo‘yicha qora rangli polietilendan tayyorlangan yorug‘likdan himoya qiluvchi osma g‘iloflar bilan, karton to‘siqlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.

5 yil.