Tinidazolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: Tinidazol – 500 mg. yordamchi moddalar: laktoza, suvsiz kolloidli kremniy, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati, metilgidroksibenzoat, natriy kroskarmellozasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Tinidazol

Preparatning savdo nomi:

Tinidazol

Farmakalogik guruhi:

Protozoylarga qarshi vositalar.

Dori shakli:

Plyonka qobiqli tabletkalar.

Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Protozoylarga qarshi vositalar.

Ichga qabul qilingandan so‘ng me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Qonda 2 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi va 12 soatgacha saqlanadi (40-51 mkg/ml ni tashkil qilib, 12 soatdan keyin 11-19 mkg/ml ga, 72 soatdan keyin 1 mkg/ml gacha kamayadi). Tinidazol organizmning barcha to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, yo‘ldosh va gematoentsefalik to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 12% ni tashkil etadi. Preparat biotransformatsiyasi jigarda yuz beradi. Taxminan 60-65% buyrak orqali (shu jumladan 20-25% o‘zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.

trixomoniaz (kolpit, endometrit, ovarial va tubovarial abstsesslar);lyamblioz;amebiaz (shu jumladan ichak va jigar shakllari);anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infektsiyalar (pnevmoniya, plevra empiyemasi, o‘pka abstsessi, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, o‘tkir yarali gingivitlar);aralash aerob-anaerob infektsiyalar (antibiotiklar bilan birgalikda);Helicobacter pylori eradikatsiyasi (vismut preparatlari va antibiotiklar bilan birga).anaeroblar tomonidan chaqirilgan operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olishda qo‘llanadi.

Tabletkalar ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng qabul qilinadi. Trixomoniaz va lyambliozda preparat kattalarga kuniga bir marta 2 g (4 tabletka) dan buyuriladi; bolalarga kuniga 1 marta tana vazniga 50-75 mg/kg dan buyuriladi. Zarurat tug‘ilganda, preparatni o‘sha dozada qayta qabul qilish mumkin. Ichak amebiazida kattalar uchun kunlik doza 2 g ni tashkil qiladi va preparat 2-3 kun qabul qilinadi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg/kg hisobidan buyuriladi, davolash kursi – 3 kun. Jigar amyobiazida: preparat kattalarga kuniga 1,5-2 g boshlang‘ich dozada buyuriladi. Davolash kursi – 3 kun, zaruratga tug‘ilganda, davolash kursi 6 kungacha uzaytirilishi mumkin. Infektsiyaning og‘irligiga qarab, kurslik doza 4,5-12 g ni tashkil qiladi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg doza hisobidan buyuriladi, davolash muddati – 5 kun. Anaeroblar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarini davolashda, kattalarga davolanishning birinchi kuni bir marta sutkada – 2 g buyuriladi, keyin sutkada 1 g dan buyuriladi. Davolash 5-6 kun davom etadi. Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda kattalarga operatsiyadan 12 soat oldin 2 g dan bir marta buyuriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infektsiyalarni davolash va oldini olishda, preparatni qo‘llash bezararligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, og‘izni qurishi va unda yoqimsiz ta’m paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ataksiya, periferik nevropatiya, kam xollarda tirishish. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, terini qichishishi, terida toshmalar, angionevrotik shish. Boshqalar: kam hollarda – tranzitor leykopeniya, holsizlanish kuzatilishi mumkin.

markaziy nerv tizimining organik kasalliklari;qon yaratilishini buzilishi;homiladorlikning 1 – uch oyligi;laktatsiya;preparatga yoki 5-nitroimidazolning boshqa unumlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas;homiladorlikning II va III uch oyligida, faqat ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarur bo‘lganida, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Qabul qilgandan 72 soatdan keyin ham ona sutida tinidazol aniqlanishini hisobga olish kerak.

Trixomoniazni davolashda tinidazol bilan ikkala jinsiy sherikni bir vaqtda davolash kerak. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agarda davolash 6 kundan ko‘pga cho‘zilsa, periferik qon ko‘rinishini muntazam nazorat qilish kerak. Antabussimon reaktsiyalarni rivojlanishi mumkinligi tufayli, tinidazol bilan davolash jarayonida alkogol is’temol qilishdan, saqlanish lozim. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infektsiyani davolashda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni qabul qilayotgan patsiyentlar yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaktsiyalar talab etadigan potentsial xavfli faoliyat bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak. (avtotranport va mexanizmlarni boshqarish). Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi hollari ta’riflanmagan, agar paydo bo‘lsa, davolash simptomatik. Maxsus antidot yo‘q. Tinidazol dializ orqali chiqariladi.

Retsept bilan

500 mg dan plyonka qobiq bidan qoplangan tabletkalar kontur uyali o‘ramlarda.

3 yil.