TIFIM Vi, vaktsina dlya profilaktiki bryushnogo tifa polisaxaridnayaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Vaktsinaning bir dozasi (0,5 ml) quyidagilarni saqlaydi: 25 mkg Salmonella typhi (Ty2 shtammi) polisaxaridi; fenol 1,100 mkg dan ko‘p emas; natriy xloridi, natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, 0,5 ml gacha inyektsiya uchun suv saqlovchi bufer eritma.

Preparatning savdo nomi:

TIFIM Vi, vaktsina dlya profilaktiki bryushnogo tifa polisaxaridnaya

Farmakalogik guruhi:

Qorin tifiga qarshi vaktsinalar

Dori shakli:

Mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun eritma.

Tiniq, rangsiz, ko‘rinarli mexanik kiritmalardan holi bo‘lgan eritma.

Qorin tifiga qarshi vaktsinalar

J07AR

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda, xususan – migrantlar, tibbiy xodimlar, harbiylar va endemik regionlarga jo‘natilayotgan shaxslarda qorin tifini oldini olishda qo‘llanadi.

Vaktsinatsiya sxemasi kattalar va bolalar uchun bir xil. Vaktsinatsiya vaktsinaning bir dozasi bilan bir marta o‘tkaziladi. Kasallanish havfi bo‘lganda 3 yildan so‘ng takroriy vaktsinatsiya o‘tkaziladi. Vaktsinani mushak ichiga yuborgan afzal, shuningdek teri ostiga ham yuborish mumkin. Ko‘p dozali flakon ochilganidan so‘ng, vaktsina darhol ishlatilishi lozim. Kontaminatsiyaga shubha bo‘lganda yoki ko‘rinarli suzib yuruvchi zarrachalar paydo bo‘lganida, rangi yoki tiniqligi o‘zgarganda vaktsina milliy qoidalarga muvofiq yo‘q qilinishi lozim.

Nojo‘ya ko‘rinishlarning tez-tezligini aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq o‘tkaziladi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<0,01/10000, shu jumladan alohida hisobotlar). Juda tez-tez mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida og‘riq, qizarish, zichlashish. Ushbu nojo‘ya reaktsiyalar vaktsina yuborilgandan keyin 48 soat davomida paydo bo‘lgan va 48 soat davomida o‘tib ketgan. Tez-tez isitma Juda kam hollarda me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (qorinda og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi va qusish);teri va teri osti kletchatkasi tomonidan (toshma, eshakemi, qichishish);umumiy reaktsiyalar (toliqish, bosh og‘rig‘i, lohaslik);zardob kasalligi va anafilaktik reaktsiyalar;artralgiya, mialgiya;astma.

Vaktsinani quyidagilarda yuborish mumkin emas: vaktsinaning biron-bir komponentiga xujjatli o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar;tana harorati yuqori bo‘lgan, shuningdek o‘tkir yoki surunkali zo‘rayib boruvchi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga (bunday hollarda vaktsinatsiyani qoldirish lozim).

Vaktsina qon tomirga yuborilmasin (vaktsinatsiyada igna qon tomirga kirmaganligiga ishonch hosil qiling); Xushdan ketish (xushdan ketish holati) har qanday vaktsinatsiyadan oldin yoki undan keyin, ayniqsa o‘smirlarda igna yordamida inyektsiyaga psixogen javob sifatida ro‘y berishi mumkin. Xushdan ketish ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi, paresteziya va tiklanish fazasi vaqtida qo‘l-oyoqlarda klonik-tonik harakatlar kabi bir nechta nevrologik belgilar bilan kechishi mumkin. Vaktsina qorin tifining qo‘zg‘atuvchisidan (Salmonella typhi) himoya qiladi, ammo paratif infektsiyalarining qo‘zg‘atuvchilaridan (Salmonella paratyphi A va V) emas. 2 yoshdan kichik bolalarni vaktsinatsiya qilish tavsiya qilinmaydi, chunki kichik yoshdagi bolalarda immun javob yetarli bo‘lmasligi xavfi mavjud bo‘ladi. Tifim Vi preparatining immunogenligi immunosupressiv vositalar bilan davolanayotgan yoki immun tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda pasaygan bo‘lishi mumkin. Vaktsinatsiyagacha davolashni kutish tavsiya qilinadi. Shunday bo‘lsa-da, surunkali immun tanqisligi, masalan OITV-infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, hatto immun javob pasayganida ham vaktsinatsiyani o‘tkazish tavsiya qilinadi. Trombotsitopeniyasi va qon ketishlari bo‘lgan patsiyentlarda vaktsinatsiya teri ostiga amalga oshirilishi lozim.

Ushbu vaktsinani homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan. Shuning uchun homiladorlarda vaktsinani qo‘llash faqat qorin tifi bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgandagina foyda/xavf nisbatini dastlab baholagandan keyin qo‘llash mumkin. Vaktsinani ko‘krak suti bilan ajralishi haqidagi ma’lumotlar yo‘q. Vaktsina emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi lozim.

Ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha

1 doza (0,5 ml) shpritsda; 1 shprits PЕT/PVX yopiq uyali o‘ramda; 1 yopiq uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 20 doza (10 ml) 1 turdagi shisha flakonda; 1 yoki 10 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Mazkur chiqarilish shakli VVM indikatori bilan yoki usiz keltirilishi mumkin.

3 yil. Yaroqlilik muddati tugagan preparatni ishlatish mumkin emas.