Tibbiyot vazelini rasmini ko'rish

Tarkibi:

Tserizin, parafin, perfolaktum

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

vazelin

Preparatning savdo nomi:

Tibbiyot vazelini

Farmakalogik guruhi:

Dermatoprotektor vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun.

oq rangdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan, cho‘ziluvchan ipsimon, hidsiz bir xil massa. Shika plastinkaga surtilganda, bir tekis, oqib ketmaydigan va yorilmaydigan plyonka xosil qilishi mumkin. Eritilgan holda bir xil, tiniq biroz tovlanuvchi, hidsiz suyuqlik.

Dermatoprotektor vosita.

D11AX Farmakologik xususiyatlari Vazelin – bu tserezin, parafin, tozalangan petrolatum yoki neft moyi bilan tozalangan ularning aralashmasi yoki parafinli distillyat bilan tozalangan petrolatumni eritish yo‘li bilan olingan qattiq va suyuq uglevodorodlar aralashmasidir. Terida namlikni tutib qoladi, uni bug‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki teri yuzasida okklyuziv (suv va havo o‘tkazmaydigan) qoplama hosil qiladi. Teri quruqligida nafaqat uni o‘rab oladi, shuningdek terini yuqori qatlamlari orqali o‘tadi va terining bu qavatida namlikni yo‘qolishidan himoya to‘sig‘i bo‘lgan yo‘qotilgan lipidlar o‘rnini to‘lishiga yordam beradi.

Terining yoriqlari va tirnalangan sohalariga, qo‘l panjasining quruq terisiga, klizma qilinadigan shlang uchligi va boshqa tibbiy asboblarga yupqa qilib surtiladi. Kanalar chaqqanida, chaqqan joyga iloji boricha tezroq vazelin surtish va ustidan plastir yopishtirish kerak. Kislorod kirmasligi oqibatida kana o‘ladi va uni chiqarib tashlash osonroq kechadi. Nojo‘ya ta’sirlari Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik kuzatilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Retseptsiz

3 yil.