Tevartemretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: L-arginin gidroxloridi – 4,2 g; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

arginin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Tevartem

Farmakalogik guruhi:

parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislota. V05VA01.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq, rangsiz eritma.

parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislota. V05VA01.

parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislota. V05VA01.

Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida qon plazmasida arginin gidroxloridining maksimal kontsentratsiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 minut o‘tgach kuzatiladi. Arginin gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, buyrak kalavalarida filtrlanadi, biroq buyrak naychalarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi.

Bosh miya va yurak-qon tomirlarining aterosklerozi, periferik qon tomirlarning aterosklerozi, shu jumladan vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan oqsoq ko‘rinishlari, diabetik angiopatiya, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o‘tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishi o‘tkazilganidan keyingi holat, miokardiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, interstitsial pnevmoniya, idiopatik o‘pka gipertenziyasi, o‘pkaning surunkali postembolik gipertenziyasi, turli etiologiyali o‘tkir va surunkali gepatitlar, giperammoniyemiya, gipoksik holatlar, rekonvalestsentsiya jarayonidagi astenik holatlar, shu jumladan infektsion kasalliklar va jarrohlik muolajalaridan keyingi, metabolik alkaloz, ayrisimon bezi faoliyatini pasayishi, homilaning rivojlanishini kechikishi va preeklampsiyada qo‘llanadi.

Preparat birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlik bilan tomchilab vena ichiga yuboriladi, so‘ngra yuborish tezligi minutiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin. Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma. Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishining og‘ir buzilishlarida, intoksikatsiyaning yaqqol ko‘rinishlarida, gipoksiyalarda, astenik holatlarda preparatning dozasi sutkada 200 ml ga oshiriladi. Infuzion eritmani maksimal yuborish tezligi soatiga 200 mmoldan oshmasligi kerak. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatning dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi. Metabolik alkalozni davolash uchun preparatning dozasini quyidagicha hisoblash mumkin: arginin gidroxloridi (mmol) —————————————— x 0,3 x kg tana vazni ortiqcha ishqor (Ve) (mmol/l) yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Dozaga qo‘shimcha tuzatish kiritish kislota ishqor muvozanatini natijasi olinganidan keyin qayta o‘tkazilishi kerak.

Bosh og‘rig‘i, qizish hissi, eritma yuborilgan joyda flebit, kam hollarda allergik reaktsiyalar

Preparatga yuqori sezuvchanlik. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari, giperxloremik atsidoz; anamnezdagi allergik reaktsiyalar; kaliy saqlovchi diuretiklarni, shu jumladan spironolaktonni qo‘llash. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Arginin gidroxloridi qo‘llanganida spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida, preparat yaqqol va barqaror giperkaliyemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Kaliy tejovchi diuretiklar oldingi qo‘llanishi ham, qondagi kaliy kontsentratsiyasi darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Aminofilin bilan bir vaqtda qo‘llash qondagi insulinning miqdorini oshirishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda infuziyadan oldin qon plazmasidagi kaliy miqdori va diurez tekshirilishi kerak, chunki preparat giperkaliyemiya rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Preparat endokrin bezlarining faoliyati buzilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparat insulin va o‘sish gormonining sekretsiyasini rag‘batlantirishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparat yo‘ldosh orqali o‘tadi, shuning uchun homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparatni emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas. Bolalar Preparat 3 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh og‘rig‘ini chaqirishi mumkin Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroaratda saqoansin.

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz. Davolash. dozani oshirib yuborilish hollarida preparatning infuziyasini to‘xtatish kerak. Fiziologik reaktsiyalarni monitoring qilish va organizmning hayotiy faoliyatlarini tutib turish kerak. Zarurati bo‘lganida ishqoriylovchi vositalar va diurezni yo‘lga soluvchi vositalar (saluretiklar), elektrolitlar (0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuboriladi. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml shisha butqlkalarda (flakonlarda).

2 yil.