Teturamretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: Faol modda: disulfiram (teturam) – 150 mg; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), povidon (tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon), stearin kislotasi, kroskarmelloza natriy (primelloza).

Preparatning savdo nomi:

Teturam

Farmakalogik guruhi:

alkogolga qaramlikni davolash uchun vosita

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki biroz sarg‘ish-yashilroq tusli oq rangli, yassitsilindrik, faskali tabletkalar.

alkogolga qaramlikni davolash uchun vosita

N07BB01

Peroral qabul qilinganidan keyin disulfiramning MIY dan so‘rilishi 70 dan 90% gachani tashkil qiladi. U ditiokarbamatgacha tiklanib, tez metabolizmga uchraydi, uning o‘zi glyukuron-kon’yugati ko‘rinishida chiqariladi yoki dietilamin va karbon sulfidiga aylanadi, uning bir qismi (4-53%) o‘pka orqali chiqariladi.

Surunkali alkogolizmning qaytalanishlarini davolash va oldini olish. Preparat qo‘shimcha nikel bilan surunkali zaharlanishda dezintoksikatsion vosita sifatida ishlatiladi.

Davolash bemor sinchiklab tekshirilganidan va asoratlari haqida ogohlantirilgandan keyin buyuriladi. Preparat ichga 150-500 mg dan sutkada 2 marta shaxsiy sxema bo‘yicha qabul qilinadi. 7-10 kundan keyin teturam alkogolli sinama (500 mg teturam qabul qilinganidan keyin 20-30 ml 40% li etanol (aroq) qabul qilish), kuchsiz reaktsiya kuzatilganda alkogolning dozasi 10-20 ml ga oshiriladi (maksimal doza 100-200 ml aroq). Sinama zaruratga qarab, alkogolning dozasini va/yoki preparatning dozasini to‘g‘irlash bilan 1-2 kun o‘tgach statsionarda va 3-5 kun o‘tgach ambulotoriyada takrorlanadi. Keyinchalik 1-3 yil davomida sutkada 150-200 mg tutib turuvchi dozani ishlatish mumkin.

Disulfiramning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan: – Og‘izda metall ta’mi. – Kolostomasi bo‘lgan bemorlarda noxush xid (karbon sulfiti bilan bog‘liq bo‘lgan). – Alkogolizmi bo‘lmagan nikelli ekzemali bemorlarda ba’zida uchrovchi gepatitning kamdan-kam xollari. – Oyoqlarning polinevriti, ko‘ruv nervining nevriti. – Xotirani pasayishi, ongni chalkashishi, asteniya. – Bosh og‘rig‘i. – Teri allergik reaktsiyalari. Disulfiram-etil spirtinining majmuasi bilan bog‘liq bo‘lgan: Nafas yetishmovchiligi, kollaps, yurak ritmini buzilishi yoki o‘tkir stenokardiya, ba’zida miokard infarkti, gemorragik insult, shuningdek nevrologik buzilishlar, miya shishi hollari ta’riflangan. Uzoq muddat qabul qilishdagi asoratlar: alkogolli psixozni eslatuvchi psixozlar, gepatit, gastrit; yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan shaxslarda miya qon tomirlarining trombozi bo‘lishi mumkin, shuning uchun oyoq-qo‘llarda va yuzdagi parasteziyalarga shikoyatlarda preparatni darxol bekor qilish kerak; polinevritni zo‘rayishi. Alkogol 50-80 ml dan yuqori dozalarda (40% li etanolga qayta xisoblaganda) qabul qilinganida, Teturamni qabul qilish fonida yurak-qon tomir va nafas tizimini og‘ir buzilishlari, shishlar, tirishishlar rivojlanadi. Bunday hollarda shoshilinch dezintoksikatsion terapiya o‘tkaziladi, analeptiklar yuboriladi, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Mutloq: O‘ta yuqori sezuvchanlik, tireotoksikoz, dekompensatsiya bosqichidagi yurak-qon tomir kasalliklari (shu jumladan yaqqol ifodalangan ateroskleroz, miya qon tomirlarining aterosklerozi, infarkt oldi va infarktdan keyingi holatlar, aorta anevrizmasi, koronar yetishmovchilik, II-III darajali arterial gipertenziya, surunkali yurak yetishmovchiligi), qon tupurish bilan kechuvchi o‘pka tuberkulyozi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o‘pkaning yaqqol ifodalangan emfizemasi, me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatini eroziv shikastlanishlari, me’da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi (zo‘rayish bosqichidagi), me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, buyrak kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, tutqanoq, nerv-ruxiy kasalliklar, MNT infektsion kasalliklari, polinevropatiya, eshitish va ko‘z nervlarining nevriti, glaukoma, xavfli o‘smalar, homiladorlik, laktatsiya davri. Nisbiy: kompensatsiya bosqichidagi yurak-qon tomir kasalliklari, keksalik yoshi (60 yoshdan oshganlar), remissiya bosqichidagi me’da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi, miyada qon aylanishini buzilishlaridan keyingi oqibatlar, endarteriit, ilgari o‘tkazilgan teturamli (antabusli) psixozlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar: – Alkogol. O‘zlashtiraolmaslik reaktsiyalari (qonni “oqib kelishlari”, eritema, qusish, taxikardiya). Spirtli ichimliklar va spirt saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. Maqsadga muvofiq bo‘lmagan majmualar: – Izoniazid: xulqni va koordinatsiyani buzilishi. – 5-nitroimidazol hosilalari (metronidazol, ornidazol, seknidazol, tinidazol): delirioz buzilishlar, ongni chalkashishi. – Fenitoin: toksik simptomlari bilan qon plazmasida fenitoinning kontsentratsiyasini ahamiyatli va tez oshishi (uning metabolizmini bostirilishi). Agarda majmuadan saqlanishning iloji bo‘lmasa, disulfiram bilan davolanish davomida va keyinchalik klinik kuzatuv va qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini nazoratini o‘tkazish kerak. Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar: – Varfarin (va boshqa peroral antikoagulyantlar): peroral antikoagulyantlarning yuqori samarasi va qon ketishining xavfi (jigarda varfarinning metabolizmini pasayishi). Varfarinning kontsentratsiyasini tez-tez nazorat qilish va disulfiram bekor qilinganidan keyin 8 kun davomida antikoagulyantlarning dozasini to‘g‘rilash tavsiya qilinadi. – Teofillin: disulfiram teofillinning metabolizmini ingibirlaydi. Buning natijasi sifatida, klinik simptomlar va plazmadagi preparatning kontsentratsiyasiga qarab, teofillinning dozasini to‘g‘rilash kerak (pasaytirilgan dozalash). – Benzodiazepinlar: disulfiroam benzodiazepinlarning (ayniqsa xlordiazepoksid va diazepamning) oksidlanishli metabolizmini ingibirlash yo‘li bilan ularning sedativ ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Klinik ko‘rinishlarga muvofiq ravishda benzodiazepinning dozasi to‘g‘rilanishi kerak. – Tritsiklik antidepressantlar: alkogolni o‘zlashtiraolmaslik reaktsiyasini kuchayishi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ongni xatto komagacha susayishi, yurak-qon tomir kollapsi, nevrologik asoratlar. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 150 mg. 10 yoki 15 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 10 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ram yoki 15 tabletkadan 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

4 yil.