Tetratsiklinretsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Tetratsiklin

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (tetratsiklinlar guruhi).

Dori shakli:

ko‘z surtmasi faol modda: tetratsiklin (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 1,0 g. yordamchi moddalar: suvsiz lanolin – 40,0 g, vazelin – 100,0 g gacha.

sarg‘ish yoki sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangligacha bo‘lgan surtma.

Antibiotik (tetratsiklinlar guruhi).

S03AA02

Tetratsiklin guruhi bakteriostatik antibiotiki. Transport RNK va ribosomalar orasidagi kompleks hosil bo‘lishini buzadi, bu oqsil sintezini buzilishiga olib keladi. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga – Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, Streptococcus pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Haemophilus influenzae, Haemophilus ducreyi, Klebsiella pneumoniae, Francisella tularensis (Pasteurella pestis), Escherichia coli, Bacillus anthracis, shu jumladan Chlamydia trachomatis larga nisbatan faol. Haemophilus influenzae, Klebsiella spp., Aerobacter spp., Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens ning ayrim shtammlariga nisbatan faol emas.

Mahalliy qo‘llanganda ko‘z to‘qimalarida terapevtik kontentratsiyasiga erishiladi, tizimli so‘rilishi past. Shox parda epiteliysi shikastlanganda ko‘zning old kamerasidagi suyuqlikda tetratsiklinning samarali kontentratsiyasiga surtilgandan keyin 30 minutdan so‘ng erishiladi.

Ko‘zning tetratsiklinga sezgir mikrorganizmlari chaqirgan bakterial (shu jumladan xlamidiyali) infektiyalari – blefarit, blefarokon’yunktivit, keratit, keratokon’yunktivit, meybomit (govmichcha), traxomada qo‘llaniladi.

Mahalliy. Ko‘zning qovog‘i ortiga 0,5 dan 1 sm gacha bo‘lgan surma tizimchisi qo‘yiladi: – blefaritda, blefarokon’yunktivitda: 5-7 kun davomida kuniga 3-4 marta; – keratitda, keratokon’yunktivitda: 5-7 kun davomida kuniga 2-3 marta. Agar 3-5 kun davomida ahvol yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. – meybomitda (govmichchada): yallig‘lanish simptomlari yo‘qolgunigacha kechqurun qo‘yiladi; – traxome: har 2-4 soatda yoki ko‘pincha 1-2 hafta davomida. Yallig‘lanish jarayoni tuzalish boshlaganda preparatni kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. Traxomani davolash kursi davomiyligi 1-2 oy.

Allergik reaktiyalar, ko‘z qovog‘ini giperemiyasi va shishi, ko‘rishni o‘tkinchi xiralashishi kuzatilishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, jigar va buyraklar faoliyatini buzilishi, homiladorlik, emizish, bolalar (8 yoshgacha) da qo‘llash mumkin emas.

Ta’riflanmagan.

Applikatsiyadan keyin vaqtinchalik ko‘rish aniqligini yo‘qotgan patsiyentlarga, ko‘rish aniqligini talab qiladigan mashinani haydash yoki murakkab texnika uskunalari yoki qandaydir murakkab qurilmalar bilan preparat ko‘zga qo‘yilganidan keyin, darhol ishlash tavsiya qilinmaydi. Agar bir necha kun davomida holat yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 150S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat dozasini oshirib yuborish bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha.

1% ko‘z surtmasi. 10 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kartonli penalga joylanadi.

3 yil.