Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Faol modda: tetrakain gidroxloridi – 10 mg; Yordamchi moddalar: natriy xloridi – 7,2 mg, benzalkoniy xloridi – 0,05 mg, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Preparatning savdo nomi:
Tetrakain
Farmakalogik guruhi:
mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.
Dori shakli:
1% li ko‘z tomchilari.
rangsiz yoki sarg‘ish tusli tiniq suyuqlik.
mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.
S01NA03
Shilliq qavatlar orqali oson va to‘liq so‘riladi (so‘rilish tezligi preparatni qo‘yilgan joyiga va dozasiga bog‘liq).
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori.
Asosan plazmada xolinesteraza yordamida paraaminokislota saqlovchi birikmalarni hosil bo‘lishi bilan 1-2 soat davomida va jigarda to‘liq gidrolizlanadi.
Buyraklar orqali va safro bilan chiqariladi, bunda qisman jigar-ichak retsirkulyatsiyasiga uchraydi.
Oftalmologiya amaliyotida qisqa muddatli operatsiyalar va muolajalarda yuza anasteziya uchun qo‘llanadi.
Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga preparat jarrohlik aralashuvdan oldin kon’yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan (lekin ko‘pi bilan 2-3 tomchi) tomiziladi, zarurati bo‘lganida operatsiya vaqtida qo‘shimcha 1-2 tomchi tomiziladi.
Kon’yunktivani o‘tkinchi achishishi, sanchish hissi, qizarishi, yorug‘likdan qo‘rqish; kam hollarda – o‘tkir allergik reaktsiyalar (nekrozga uchragan epiteliyni ipsimon hosilalari va/yoki katta qismini ko‘chishi bilan kechuvchi o‘tkir diffuz epitelial keratit, tarqoq stromal shish, ko‘z shox pardasining destsement qavatini yallig‘lanishi, irit).
Uzoq muddat qo‘llanganida – shox pardani shikastlanishi (keratit, shox pardani barqaror xiralashishi, ko‘rish o‘tkirligini yo‘qolishi bilan kechuvchi shox pardada chandiqlarni hosil bo‘lishi, epitelizatsiyani sekinlashishi).
O‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda dermatit rivojlanishi mumkin.
Tizimli nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, efirlar yoki paraaminobenzoy kislotasi guruhiga mansub mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar va ularning hosilalariga), shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki yallig‘lanishi, bolalarda (10 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Sulfanilamidlarning mikroblarga qarshi faolligini pasaytiradi.
Qon tomirlarini toraytiruvchi dori vositalar tetrakainning samarasini uzaytiradi.
Xolinesterazani ingibirlovchi preparatlar (antimiastenik, tsiklofosfamid, insektitsidlar, tiotepa) tetrakainning metabolizmini susaytiradi va uning zaharliligini oshiradi.
Antikoagulyantlar (dalteparin, enoksaparin, geparin, varfarin) bilan bir vaqtda qo‘llash qon ketishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Tetrakain uxlatuvchi va sedativ dori vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’siri kuchayishi mumkin.
Monoaminooksidaza ingibitorlari bilan birga ishlatilganida arterial bosimni pasayish xavfi oshadi.
Miorelaksatsiyalovchi preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Beta-adrenoblokatorlar tetrakainning metabolizmini sekinlashtiradi.
Oftalmologiyada uzoq vaqt yoki tez-tez qo‘llanmasin (shox pardani shikastlanishi xavfi mavjud).
Tomchilarni tomizish vaqtida va tomizgandan so‘ng ko‘zning medial burchagidagi ko‘z yosh qopchasini bir minutga bosish yo‘li bilan preparatni tizimli so‘rilishni kamaytirish mumkin.
Bu tomchilarni ko‘z yosh – burun kanali orqali burun va halqum sohasining shilliq qavatiga o‘tishini bloklaydi.
Bu usul ayniqsa bolalarda maqsadga muvofiqdir.
Ko‘z anesteziyasida ko‘zlar changdan va bakterial zararlanishdan himoyalanishi kerak.
Tetrakain bilan kontaktda bo‘ladigan asboblar va shpritslar ishqor qoldiqlarini saqlamasligi kerak (erimaydigan asos hosil bo‘ladi).
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanishi Patsiyentning jismoniy holatidan kelib chiqib, juda kichik dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Pediatriyada qo‘llanishi Bolalarda preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Preparatning dozasi bolalarda yoshi, tana vazni va holatiga muvofiq ravishda tanlanishi kerak.
10 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Gerontologiyada qo‘llanishi Keksa va yosh patsiyentlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligida klinik jihatdan ahamiyatli farqlar yo‘q.
Biroq, keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatga yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkinligini inkor qilish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi Homiladorlikda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlikda preparatni faqat juda zarur bo‘lgan holatda qo‘llash mumkin.
Preparatni ko‘krak suti bilan ajralishi noma’lum.
Emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat tomizilgandan so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtincha yo‘qolgan patsiyentlarga, mashinani haydash va preparat tomizilgandan so‘ng ko‘rish o‘tkirligini darhol talab qiluvchi mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
8oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Simptomlari: bosh aylanishi, asteniya, tsianoz, qo‘zg‘alish, xavotirlik, tremor, tirishishlar, nafasni buzilishi, kollaps, ko‘ngil aynashi, qusish, koma, atrioventrikulyar blokada, metgemoglobinemiya.
Davolash: preparatning qoldiqlarini teri va shilliq qavatlardan yo‘qotish, me’dani faollashtirilgan ko‘mir bilan yuvish (zond orqali), tuzli surgi vositalari; nafas susayganida – o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasi, oksigenoterapiya, kollapsda – vena ichiga qon o‘rnini bosuvchilar (tuzli eritmalar, gemodez, dekstran preparatlari), vazokonstriktorlar (asosan miokardni rag‘batlantiruvchi vositalar); tirishishlarda – vena ichiga diazepam, metgemoglobinemiyada – vena ichiga 1-2 mg/kg metilen ko‘ki yoki ichga 100-200 mg askorbin kislotasi buyuriladi.
Retsept bo‘yicha beriladi
10 ml dan polietilen flakon-tomchilagichlarda.
10 flakon-tomchilagich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton blokda.
2 yil.
Ochilganidan keyin flakonning ichidagisi bir oy davomida ishlatilsin.