Testosterona propionatretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: testosteron propionati –  50 mg; yordamchi modda: zaytun moyi – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

testosteron

Preparatning savdo nomi:

Testosterona propionat

Farmakalogik guruhi:

androgen

Dori shakli:

mushak ichiga yuborish uchun eritma (moyli)

tiniq, och-sariq rangli moysimon suyuqlik. Kristallar paydo bo‘lishiga yoki ampulaning ichidagisini kristallizatsiyasiga yo‘l qo‘yiladi. Kristallar paydo bo‘lgan yoki ampula ichidagisi kristallizatsiya bo‘lgan hollarda ampulani chayqatganda qaynayotgan suv xammomida qizdirish kerak. Agar kristallar yo‘qolsa va eritma tiniq bo‘lsa, 36-38°S gacha sovutilganda esa kristallar takroran paydo bo‘lmasa, preparat ishlatish uchun yaroqli bo‘lib hisoblanadi.

androgen

G03BA03

Preparat mushak ichiga yuborilgandan keyin maksimal kontsentratsiyasi 2,5-5 soatdan keyin kuzatiladi. Testosteron qonda globulinlarning testosteron va estradiol bog‘lovchi spetsifik fraktsiyalari bilan (taxminan 98%) bog‘lanadi. Testosteron asosan jigarda kam faol testosteron va faol bo‘lmagan etioxolanolon hosil qilib metabolizmga uchraydi. Metabolitlari ko‘rinishida, asosan buyrak va ichak (taxminan 6%) orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 3-4 soatni tashkil qiladi.

Erkaklarda: birlamchi va ikkilamchi gipogonadizmda (jinsiy yetilishni kechikishi, gipopituitarizm, yevnuxoidizm, postkastratsion sindrom, oligospermiya). Ayollarda: avj olib boruvchi operatsiya qilib bo‘lmaydigan sut bezining metastatik rakida qo‘llanadi.

Preparat mushak ichiga yuboriladi. Preparatni yuborishdan oldin 30-40°S gacha qizdiriladi. Erkaklarga gipogonadizmda – 25 mg dan har kuni yoki 50 mg dan 1-2 kun oralab yoki 100- 200 mg dan 15 kunda 1 marta buyuriladi. Davolash muddati davolashning samaradorligi va kasallikning xarakteriga bog‘liq. Klinik manzara yaxshilangandan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi dozada qo‘llanadi – 5-10 mg har kuni yoki kunora, yohud metiltestosteronni ichga qabul qilishga o‘tiladi. Avj olib boruvchi operatsiya qilib bo‘lmaydigan sut bezining metastatik rakida – 50 mg dan har kuni yoki 100 mg dan bir necha oy davomida, so‘ngra davolash natijalariga qarab doza kamaytiriladi va samarani bir maromda ushlab turuvchi doza (100-200 mg 1-2 haftadan keyin) uzoq vaqt buyuriladi.

Endokrin tizimi tomonidan: ayollarda – hayz tsiklini buzilishi, amenoreya, gonadotropin sekretsiyasini tormozlanishi, maskulinizatsiya, girsutizm; erkaklarda – ginekomastiya, priapizm, oligospermiya, spermatogenezni buzilishi; o‘g‘il bolalarda – muddatidan oldin jinsiy yetilish, suyak epifizlarini muddatidan oldin berkilishi, tana vaznini oshishi, sut bezi va moyakda og‘riq. Dermatologik reaktsiyalar: husnbuzar, akne, seboreya. Moddalar almashinuvi tomonidan: natriy va suvni tutilishi, qon plazmasida xolesterin darajasini oshishi, giperkaltsiyemiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, jigar funktsiyasini buzilishi, xolestatik sariqlik. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Jinsiy tizim tomonidan: libidoni kuchayishi, erkaklarda – tez-tez erektsiya, eyakulyat xajmini kamayishi. Mahalliy reaktsiyalar: inyektsiya joyida yallig‘lanish va og‘riq, allergik reaktsiyalar.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, prostata bezi raki, sut bezi raki, ginekomastiya, surunkali glomerulonefritning nefrotik bosqichi, siydikni tutilishi bilan kechuvchi prostata beshi gipertrofiyasi, jigar/buyrak yetishmovchiligi, giperkaltsiyemiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, anamnezida miokard infarkti, tarqalgan aterosklerozda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: astenik tana tuzilishi, erkaklarda keksalik yoshi; o‘g‘il bolalarda o‘smirlik davri (jinsiy yetilish davridan oldin), prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (barbituratlar, rifampitsin va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda testosteron samaradorligi pasayishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar (varfarin, nikumalon, fenilin) va gipoglikemik vositalarning samarasini oshiradi, tsiklosporinni chiqarilishini ingibitsiya qiladi, qon plazmasida oksifenbutazon kontsentratsiyasini oshiradi.

Arterial gipertenziya, migren, tutqanoq bo‘lgan patsiyentlarda davolash vaqtida muntazam shifokor nazorati talab etiladi. Erkaklarda davolashni boshlashdan oldin prostata bezi raki diagnozini inkor etish kerak, chunki qo‘llaganda androgenlar prostata bezi giperplaziyasi xavfini oshiradi; androgenlar bilan davolash fonida prostata bezi raki rivojlanishi xavfi haqida ma’lumotlarni yo‘qligiga qaramasdan ular mavjud xavfli o‘smalarni o‘sishiga olib kelishi mumkin. Davolash davrida erkaklarda prostata bezini muntazam tekshiruvini o‘tkazish kerak. Jinsiy steroidlar bilan davolash fonida kam hollarda qorin bo‘shlig‘i ichki qon ketishi rivojlanishi bilan kechuvchi jigarning xavfsiz va xavfli o‘smalari holatlari kuzatilgan. Davolash davrida yaqqol abdominal og‘riqlar, jigarni kattalashishi, qorin bo‘shlig‘i ichki qon ketishi belgilari yuzaga kelganda differentsial diagnozda jigar o‘smasi ehtimolini e’tiborga olish kerak. Davolash davrida politsitemiyani aniqlash maqsadida gemoglobin va gematokritni nazorat qilish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Transport vositasini boshqarganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat ko‘rsatilgan qobiliyatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 5°S dan 30°S gacha haroratda.

Simptomlari: priapizm. Davolash: simptomlar bartaraf etilguncha davolashni to‘xtatish, keyinchalik pastroq dozalar buyuriladi.

Retsept bo‘yicha

Mushak ichiga yuborish uchun eritma (moyli) 50 mg/ml. 1 ml dan rangsiz shisha ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi. 10 ampuladan polivinilxlorid plyonkali va laklangan alyumin folgali yoki folgasiz kontur uyali o‘ramlarda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. O‘yiqchali, halqali yoki sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulalar ishlatilganda ampula skarifikatori yoki ampulani ochish uchun pichoq joylanmaydi.

5 yil.