Termikonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: terbinafin gidroxloridi – 0,28125 g (terbinafinga qayta hisoblanganda) – 0,25 g. yordamchi moddalar: kroskarmelloza (kroskarmelloza natriy), mikrokristall tsellyuloza, laktoza (sut andi), gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza), farmatsevtik sanoat uchun magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

terbinafin

Preparatning savdo nomi:

Termikon

Farmakalogik guruhi:

zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, yassi tsilindrik, faskali va riskali tabletkalar.

zamburug‘larga qarshi vosita.

D01BA02

Peroral qabul qilinganida yaxshi so‘riladi, 0,8 soatdan keyin qabul qilingan dozaning yarmi so‘riladi; 4,6 soatdan keyin qabul qilingan dozaning yarmi organizmda taqsimlanadi. 250 mg bir martalik doza qabul qilinganidan 1-2 soatdan keyin preparatning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 0,97 mkg/ml ga yetadi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil etadi. Ovqat qabul qilish terbinafinning biokiraolishligiga ta’sir qilmaydi. Terbinafin plazma oqsillari bilan jadal (99%) bog‘lanadi, to‘qimalarda tez tarqaladi, terining dermal qavati va tirnoq plastinkalariga kiradi. Yog‘ bezlari sekretiga o‘tadi va soch follikullarida, sochlarda, teri va teri osti kletchatkasida yuqori kontsentratsiyalarda to‘planadi. Yarim chiqarilish davri 16-18 soat, terminal fazada yarim chiqarilish davri – 200-400 soatni tashkil etadi. Jigarda faol bo‘lmagan metabolitlarigacha biotransformatsiyaga uchraydi; qabul qilingan dozaning 80% metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan, qolgan qismi (22%) – axlat massalari bilan chiqariladi. Organizmda to‘planmaydi. Bemorlarning yoshi terbinafinning farmakokinetikasiga ta’sir qilmaydi, ammo buyrak yoki jigar shikastlanishida qonda terbinafinning yuqori kontsentratsiyalariga olib kelib, chiqarilishi pasayishi mumkin. Ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Boshning sochli qismi mikozlari (trixofitiya, mikrosporiya). Trychophyton (T.rubrum, mentagrophytes, verrucosum, violaceum), Microsporum (M. canis, M.gypseum) va Epidermophyton floccosum chaqirgan teri va tirnoq mikozlari. Onixomikozlar. Tizimli davolashni talab etuvchi tana va qo‘l-oyoqning silliq terisini og‘ir, tarqalgan dermatomikozlari. Teri va shilliq qavatlar kandidozini davolashda qo‘llanadi.

Davolash kursi davomiyligi va dozalash individual ravishda belgilanadi va jarayonni joylashishi va kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq.

Dispeptik buzilishlar (ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, diareya, me’dada to‘lish hissi, qorinda og‘riq); teri allergik reaktsiyalari (eshakemi, toshma); mushak-skelet reaktsiyalari (artralgiya, mialgiya), tizimli qizil yugurik kechishini og‘irlashishi. Ta’m bilishni buzilishi, shu jumladan ta’m bilishni yo‘qolishi (davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha hafta davomida tiklanadi). Juda kam hollarda: gepatobiliar buzilishlar (xolestatik sariqlik), xafli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar, agranulotsitoz yoki trombotsitopeniya, neytropeniya, limfopeniya.

Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik; 3 yoshgacha va tana vazni 20 kg gacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun), emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

CYP2D6 izofementini susaytiradi va tritsiklik antidepressantlar va serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv blokatorlari (masalan, dezipramin, fluvoksamin), β1-blokatorlar (metoprolol, propranolol), aritmiyaga qarshi vositalar (flekainid, proavfenon), MAO-V-ingibitorlari (selegilin) va antipsixotik vositalar (masalan, xlorpromazin, galoperidol) kabi preparatlarning metabolizmiga to‘sqinlik qiladi. Dori preparatlari – CYP450 induktorlari (masalan, rifampitsin) terbinafinni organizmdan chiqarilishini tezlashtirishi mumkin. Dori preparatlari – CYP450 ingibitorlari (masalan, tsimetidin) terbinafinning metabolizmi va organizmdan chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin. Ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llanilganida terbinafinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Terbinafin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qabul qilinganida hayz tsikli buzilishi mumkin. Kofeinning klirensini 21% pasaytiradi va uning yarim parchalanish vaqtini 31% ga uzaytiradi. Fenazon, digoksin, varfarinning klirensiga ta’sir qilmaydi. Etanol yoki gepatotoksik ta’sirga ega preparatlar bilan birga qo‘llanilganida jigarni dori vositasi ta’sirida shikastlanishini rivojlanishi xavfi paydo bo‘ladi.

Terbinafinni muntazam qo‘llamaslik yoki davolashni muddatidan oldin to‘xtatish kasallikni qaytalanishiga olib kelishi mumkin. Davolash davomiyligiga yondosh kasalliklarni mavjudligi, davolash kursining boshida tirnoqlarning holati kabi omillar ta’sir qilishi mumkin. Agar 2 hafta davolashdan keyin holatni yaxshilanishi kuzatilmasa, kasallik qo‘zg‘atuvchisini va uning preparatga sezgirligini takroran aniqlash kerak. Onixomikozda faqat ko‘pchilik tirnoqlarni butunlay shikastlanishi, qqol tirnoq osti giperkeratozini mavjudligi, avvalgi mahalliy davolashni samarasizligidagina tizimli qo‘llash sabab bo‘lishi mumkin. Onixomikozni davolashda klinik javob odatda mikologik sog‘ayish va davolash kursi tugaganidan bir necha oydan keyin kuzatiladi, bu sog‘lom tirnoqni o‘sish tezligi bilan bog‘liq. Kaft onixomikozini davolashda 3 hafta davomida va panja onixomikozini davolashda 6 hafta davomida tirnoq plastinkasini olib tashlash talab etilmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam yoki qonda kreatinin 300 mkmol/l dan oshiq), jigar faoliyatini buzilishida terbinafinning dozasini ikki marta kamaytirish kerak. Jigar kasalligida terbinafinning klirensi pasayishi mumkin. Jigar funktsiyasi pasayishida kattalar uchun dozaning yarmi buyuriladi. Davolash vaqtida qon zardobida jigar transaminazalar darajasini nazorat qilish kerak. Kam hollarda davolashdan 3 oydan keyin xolestaz va gepatit paydo bo‘lishi mumkin. Jigar funktsiyasini buzilishining belgilari (holsizlik, o‘tib ketuvchi ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, qorinda og‘riq, sariqlik, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi yoki axlatni rangsizlanishi) paydo bo‘lganida praparatni bekor qilish kerak. Psoriazi bo‘lgan bemorlarga terbinafinni buyurish yuqori ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki juda kam hollarda terbinafin psoriazni zo‘rayishini chaqirishi mumkin. Terbinafin bilan davolaganda kiyim va poyafzal orqali takroran infektsiyalanishni oldini olish uchun umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. Davolash jarayonida (2 haftadan keyin) va davolash so‘ngida poyafzal, noski va paypoqlarni zamburug‘larga qarshi ishlov berish kerak. Homiladorlik va laktatsiya Terbinafinni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, uni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Terbinafin ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun uni emizish davrida buyurish mumkin emas. Avtomobil va harakatdagi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Terbinafin avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning pastki qismida, epigastral sohada og‘riq. Davolash: me’dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish va/yoki simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 250 mg dan. 7 yoki 10 tabletka polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3 yoki 4 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.