Terbizilretsept bilan

Preparatning savdo nomi:

Terbizil

Terbizil krem preparatini qo‘llashdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Terbizil krem preparati faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Kremni ko‘zga tushishidan saqlaning. Krem tasodifan ko‘zga tushganida uni katta miqdordagi suv bilan yuvish kerak va zarurat bo‘lsa, oftalmolog-shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizayotgan bo‘lsangiz, shuningdek homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni qo‘llashdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Homiladorlik davrida preparatni, faqat agar shifokorning fikricha ona uchun potentsial foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Emizish davrida Terbizil krem preparatidan foydalanmang. Bolalarni preparat surtilgan teri sohalari bilan, shu jumladan sut bezlari bilan kontaktda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.