Noxush reaktsiyalarning quyida ko‘rsatilgan tez-tezligi quyidagi mezonlar asosida aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 – <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100), kam hollarda (≥1/10000 – <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), noma’lum (bor bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Glyukozamin sulfati Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar.
Tez-tez – diskomfort va qorin og‘rig‘i, dispepsiya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar.
Tez-tez emas – qichishishi, eritema, teri toshmasi; noma’lum – soch to‘kilishi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar.
Tez-tez emas – allergik reaktsiyalar, bronxial astma.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar.
Tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, charchoqlik; noma’lum – bosh aylanishi.
Ko‘rish a’zolari tomonidan.
Tez-tez emas – ko‘rishni buzilishi.
Qon tomonidan buzilishlar.
Tez-tez emas – qonda glyukoza miqdorini oshishi.
Xondroitin sulfati Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: eritema, eshakemi, dermatit, qichishish bilan yoki usiz va/yoki shish bilan kechuvchi makulopapulyoz toshma.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi va qusishni.
Ibuprofen Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlar ibuprofen bilan davolashda, shu jumladan revmatizmi bo‘lgan patsiyentlarni yuqori dozalar bilan davomli davolash o‘tkazilganida aniqlangan.
Aniqlangan tez-tezlik, shu jumladan juda kam hollar, peroral shakllar uchun 1200 mg gacha bo‘lgan va suppozitoriylar uchun 1800 mg gacha bo‘lgan ibuprofenning sutkalik dozalarida qisqa muddatli davolashga taalluqli.
Eng ko‘p uchraydi – me’da-ichak yo‘llari tomonidan.
Yara kasalligi, perforatsiya yoki me’da-ichak qon ketishlarini, ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda rivojlanishi mumkin.
Ibuprofen qabul qilgandan keyin ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, qorin og‘riqlari, qatronsimon axlati, yarali stomatit, shuningdek nospetsifik yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi paydo bo‘lishi haqida xabarlar bor.
Gastrit rivojlanishi haqida kam hollarda xabar berilgan.
Me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishini paydo bo‘lishini xavfi ibuprofenning dozasi va qo‘llashning davomiyligiga bog‘liq.
NYAQP bilan davolash fonida shish rivojlanishi, arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligini rivojlanishi haqida xabar berilgan.
Ibuprofenni qo‘llash, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg/24 kapsula), shuningdek davomli davolash, arteriyalarning trombozi chaqirgan holatlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini ahamiyatsiz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yurak tomonidan buzilishlar.
Juda kam hollarda – yurak urishini tezlashishi, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar.
Juda kam hollarda – qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, patsitopeniya, agranulotsitoz).
Preparat bilan davomli davolashda muntazam qonning umumiy tahlilini o‘tkazish kerak.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar.
Ba’zida – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ta’sirchanlik yoki charchoqlik kabi markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar.
Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar.
Ba’zida – ko‘rishni buzilishi.
Quloq va labirint tomonidan buzilishlar.
Kam hollarda – quloqlarda shovqin.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar.
Tez-tez – jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qabziyatga shikoyatlar, shuningdek me’da-ichak yo‘llaridan ahamiyatsiz qon ketishlar, ular alohida hollarda anemiyaga olib kelishi mumkin.
Ba’zida: qon ketishi va perforatsiya rivojlanishi ehtimoli bilan me’da/o‘n ikki barmoq ichak yarasi.
Yarali stomatit, nospetsifik yarali kolit yoki Kron kasalligini zo‘rayishi, gastrit.
Juda kam hollarda: ezofagit, pankreatit, ichakning diafragmasimon strikturalarini paydo bo‘lishi.
Qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq, qatronsimon ahlat yoki qonli qusish paydo bo‘lgan holda Terafleks Advans preparatini darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilishi kerak.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan.
Juda kam hollarda: shishlarni paydo bo‘lishi, ayniqsa arterial gipertenziyasi yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda; nefrotik sindrom; interstitsial nefrit, u o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan birga kechishi mumkin.
Kam hollarda – qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi bilan buyrak to‘qimasini shikastlanishi (buyrak so‘rg‘ichlarini nekrozi).
Shuning uchun buyrak faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak.
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan buzilishlar.
Juda kam hollarda: bullyoz reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.
Suvchechakda istisno hollarda og‘ir teri infektsiyalari va yumshoq to‘qimalar tomonidan asoratlar rivojlanishi mumkin.
Infektsion va parazitar kasalliklar.
Juda kam hollarda – NYAQP ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan infektsion kelib chiqishga ega yallig‘lanish jarayonlarini zo‘rayishi (masalan, nekrozlovchi fastsiitni rivojlanishi).
Terafleks Advans preparati bilan davolanish vaqtida infektsiyalarning belgilari yoki ularning o‘sishi paydo bo‘lganda, darxol shifokorga murojaat qilish kerak.
Bunda infektsiyani antibakterial davolashga ko‘rsatmalar bor-yo‘qligini tekshirish kerak.
Ibuprofen bilan davolashda juda kam hollarda aseptik meningitning simptomlari kuzatilgan: ensa mushaklarining rigidligi, bosh og‘rig‘i, qusish, xaroratni oshishi yoki ongni xiralashishi.
Bunday holatlarni paydo bo‘lishiga autoimmun kasalliklari (tizimli qizil yugurik, aralash kollagenoz) bo‘lgan patsiyentlar moyil bo‘ladilar.
Qon tomirli buzilishlar.
Juda kam hollarda: arterial gipertenziya.