Tenoten rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: miya spetsifik S-100 oqsiliga affin tozalangan antitelalar – 0,003 g*.

Preparatning savdo nomi:

Tenoten

Farmakalogik guruhi:

anksiolitiklar, nootroplar.

Dori shakli:

shimish uchun gomeopatik tabletkalar

Yassitsilindrik shaklli, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan faska va riskali tabletkalar. Riskali yassi tomoniga MATERIA MEDICA yozuvi, boshqa yassi tomoniga   TENOTEN yozuvi tushirilgan.

anksiolitiklar, nootroplar.

N05BX, N0BX

Nevrotik va nevrozsimon holatlar, psixosomatik kasalliklar; kuchli asabiylashish, ta’sirchanlik, xavotir va vegetativ reaktsiyalar bilan kechuvchi stressli buzilishlar. Markaziy nerv tizimini, shu jumladan jarohatlar va distsirkulyator holatlar oqibatidagi, emotsional fonni beqarorligi, jizzakilik, xotirani pasayishi, vegetativ buzilishlar bilan kechuvchi o‘rtacha namoyon bo‘lgan shikastlanishlari.

Ichga qabul qilinadi. Bir qabulga – 1 yoki 2 tabletka (og‘izda to‘liq erib ketgunicha tutib turish kerak). Kuniga 2 marta, zarurati bo‘lganida – sutkada 4 qabulgacha qabul qilinadi. Davolash kursi 1-3 oy. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 6 oygacha uzaytirish yoki 1-2 oydan keyin takrorlash mumkin. Davolash boshlanganidan so‘ng 3-4 hafta davomida patsiyentning umumiy holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparat ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar va ko‘rsatilgan dozalarda ishlatilganida nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan. Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bolalarga va 18 yoshdan kichik shaxslarga Tenoten detskiy preparati qo‘llanadi.

Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiyasi, glyukozani yoki galaktozani kam so‘rilish sindromi, yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi. Tenoten preparatining ta’sirida faollashtiruvchi xususiyatlari bo‘lganligi tufayli, uni uyqudan 2 soat oldin qabul qilish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik va laktatsiya davrida Tevotenni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Qabul qilish zarurat bo‘lganida xavf/foyda nisbatini hisobga olish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda. Preparatni qo‘llash davri davomida ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘zda tutilgan kontur uyali o‘ram karton kutida saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.

Retseptsiz

Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid parda va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.