Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol moddalar: tefestrol – 0,005 g, qand – 0,1018 g.
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi yoki magniy stearati.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
tefestrol
Preparatning savdo nomi:
Tefestrol
Farmakalogik guruhi:
Estrogen vosita.
Dori shakli:
tabletkalar
oq rangli yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar.
Estrogen vosita.
Tuxumdon gipofunktsiyasi, amenoreya (birlamchi, ikkilamchi), oligomenoreya, Shershevskiy-Terner sindromi, disfunktsional bachadondan qon ketishida gemostaz maqsadida, anovulyatsiya bilan bog‘liq bepushtlikni davolash, bachadonga bog‘liq amenoreyasi bo‘lgan bemorlarda bachadon ichi sinexiyasini kesish operatsiyasidan so‘ng, premenopauza va menopauzadagi klimakterik sindromida, gonadalar disgeneziyasi va jinsiy rivojlanishining kechikishida qo‘llanadi.
Ovqatlanishdan qat’iy nazar ichga buyuriladi; preparatning dozasi va qo‘llash davomiyligini kasallikning xarakteri va davo samarasiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi.
Amenoreyada (birlamchi, ikkilamchi) va tuxumdonlar gipofunktsiyasida har kuni 5-10 mg (1-2 tabletka) dan 12-14 kun davomida buyuriladi.
Preparat bilan davolash tugagandan keyin gestagen preparatlar buyuriladi.
Davolash kursi 2-3 marta takrorlanadi.
Gonadalar disgeneziyasida sun’iy tsiklning birinchi fazasini 1 tabletka (5 mg) dan kuniga 2 martadan qabul qilishni 20-30 kungacha uzaytiriladi.
Davolash kursi 2-3 marta takrorlanadi.
Anovulyatsiya bilan kechuvchi tuxumdonlar gipofunktsiyasini tsiklik gormonterapiyaning 2-3 kursidan so‘ng, ad’yuvant ko‘rinishida ovulyatsiyani rag‘batlantiruvchi klomifen bilan birga buyuriladi.
Klomifenni odatdagi sxema bo‘yicha (tsiklning 5-9 kunlari) buyuriladi, Tefestrol kuniga 1 tabletka (5 mg) dan 11, 12, 13 kunlari qo‘llaniladi.
Shershevskiy-Terner sindromida sutkada 1-3 tabletkadan tsiklning birinchi yarmida, tsiklning ikinchi yarmida etisteron (pregnin) bilan birga kuniga 2 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
Optimal doza sutkada 2-3 tabletka (10-15 mg) ni tashkil qiladi.
Davolash kursi 3-9 oyni tashkil qiladi.
Jinsiy rivojlanishni kechikishida sutkada 1-2 tabletka (5-10 mg) dan buyuriladi.
20 kundan 12 davolash kursi, har biri 10 kunlik tanaffus bilan o‘tkaziladi.
Disfunktsional bachadondan qon ketishida gemostaz maqsadida quyidagi sxema bo‘yicha buyuriladi: 1-2 kunlari 1 tabletkadan kuniga 4 marta, 3-4 kunlari 1 tabletkadan kuniga 3 marta, 5-6 kunlari 1 tabletkadan kuniga 1 marta, so‘ngra esa progesteron yoki pregnin 8-10 kun davomida buyuriladi.
Klimakterik sindromda premenopauza yoki menopauza davrida kuniga 1/4-1/2 tabletkadan, 15-20 kun davomida, keyin gestagenlarni 8-10 kun davomida buyuriladi.
Davolash kursi 2-3 marta takrorlanadi.
Terapevtik doza 5 mg, bir martalik yuqori doza – 20 mg, sutkalik yuqori doza – 50 mg ni tashkil qiladi.
Uzoq qo‘llanganda metrorragiya, endometriy giperplaziyasi, endometriy o‘smasi kuzatilishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik.
Jinsiy a’zolarni, sut bezlari va boshqa a’zolarni xavfli va xavfsiz o‘smalari.
Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik, shu jumladan gumon qilingan homiladorlikda qo‘llash mumkin emas (estrogenlar embriotoksik samara ko‘rsatishi mumkin).
Davolash davomiyligida emizishni to‘xtatish lozim (estrogenlar ko‘krak sutiga o‘tadi).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Homiladorlik, shu jumladan gumon qilingan homiladorlikda qo‘llash mumkin emas (estrogenlar embriotoksik samara ko‘rsatishi mumkin).
Davolash davomiyligida emizishni to‘xtatish lozim (estrogenlar ko‘krak sutiga o‘tadi).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: qo‘ngil aynishi, qusish, ayrim hollarda metrorragiya kuzatilishi mumkin.
Davolash: hayoti muhim faoliyatlarini tutib turish (preparat bekor qilingan fonida), simptomatik davolash.
Retsept bo‘yicha
Tabletkalar 0,005 g №30 (bankalar, flakonlarda), №10 (kontur uyasiz o‘ramlarda), №10, №30 (kontur uyali o‘ramlarda).