TB TЕSTretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tuberkulin hosilasining tozalangan oqsili

Preparatning savdo nomi:

TB-TЕST

Farmakalogik guruhi:

diagnostik vosita (tuberkulyozni diagnostikasi uchun qo‘llanadigan vosita). TIBP – allergen.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma 20 XB; 50 XB;

diagnostik vosita (tuberkulyozni diagnostikasi uchun qo‘llanadigan vosita). TIBP – allergen.

Preparat teri ichiga 0,1 ml da 2 XB Mantu tuberkulin sinamasini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan: tuberkulyozni diagnostikasi va yashirin tuberkulyoz infektsiyasi bo‘lgan havf guruhini aniqlash uchun;aholini tuberkulyoz bilan infektsiyalanganlik darajasini (yoki agar postvaktsinal allergiya infektsiyalanganlik xaqida gapirishga asos bo‘lmasa, tuberkulinga yuqori sezuvchanlik holatini) aniqlash uchun;BTsJ bilan qayta vaktsinatsiya o‘tkazish uchun kontingentni tanlash maqsadida qo‘llanadi.

Yuborish usuli – teri ichiga (Mantu bo‘yicha) yuboriladi. Mantu sinamasini o‘tkazishdan oldin shifokor ko‘rigi va tana haroratini o‘lchash shart. Mantu sinamasi aseptik holatda quyidagi tarzda amalga oshiriladi: bilakning o‘rta uchdan bir qismining ichki yuzasi terisi 70% li etil spirti bilan ishlov beriladi va steril paxta bilan quritiladi. Tuberkulin diagnostikasini o‘tkazishdan oldin preparatli ampula yaxshilab ko‘rib chiqiladi, chayqatiladi va 70% li etil spirti shimdirilgan doka bilan artiladi, so‘ngra ampulaning bo‘yni skarifikator bilan arralanadi va sindiriladi. Preparatning kerakli miqdori (0,2 ml) 1 ml sig‘imli 0,1 ml li shkalalarga bo‘lingan №08x40 o‘lchamli steril bir martalik shpritsga tortiladi. So‘ngra shpritsga teri ichiga yuborish uchun №04x13 o‘lchamli steril igna o‘rnatiladi, steril tamponga preparatning ortiqcha miqdori chiqarib tashlanadi va 0,1 ml preparat teri ichiga yuboriladi. Yuborish texnikasi to‘g‘ri amalga oshirilganida terida taxminan 8 mm diametrli oq rangli infiltrat – “limon qobig‘i” hosil bo‘ladi. Har bir teklirilayotgan patsiyent uchun alohida shprits va igna ishlatiladi. O‘zi bloklanadigan shpritslar bo‘lsa, shpritsga 0,1 ml tubyerkulin eritmasini tortib olish mumkin. Ochilgan ampula aseptik sharoitlarda ko‘pi bilan 2 soat saqlanadi. Dozaning miqdori – 0,1 ml stabil erituvchida 2 tuberkulin birligi (TB) saqlanadi. Mantu tuberkulin sinamasi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Mantu sinmasini qo‘yish va baholash shifokor tomonidan yoki shifokorning nazorati ostida maxsus o‘rgatilgan tibbiy hamshira tomonidan amalga oshiriladi. Mantu sinamasining natijalari 72 soatdan keyin baholanadi. Papulaning o‘lchami rangsiz millimetrli chizg‘ich yordamida o‘lchanadi. Papulaning maksimal ko‘ndalang (qo‘lning o‘qiga nisbatan) diametri qayd etiladi, bunda giperemiya sohasi hisobga olinmaydi. Reaktsiya teri reaktsiyasi (0-1 mm) bo‘lganida manfiy hisoblanadi; papulaning o‘lchami 2 mm dan 4 mm gacha bo‘lganida, giperemiyaning istalgan o‘lchamida – shubhali; papulaning o‘lchami 5 mm va undan ortiq bo‘lganida – musbat hisoblanadi. Papulaning o‘lchami bolalar va o‘smirlarda 17 mm va undan ortiq va kattalarda 21 mm va undan ortiq bo‘lganida, shuningdek papulaning o‘lchamidan qat’iy nazar, vezikulo-nekrotik reaktsiya, limfangoit va regionar limfadenit bo‘lganida reaktsiya giperergik hisoblanadi. Sinama patsiyent o‘tirgan holatda amalga oshiriladi. Sinama o‘tkazilganidan keyin patsiyent kamida 30 minut davomida shifokor (tibbiy hamshira) ning kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak.

Organizmning spetsifik reaktivlik darajasiga bog‘liq: spetsifik reaktivlik holati bo‘lmaganida mahalliy va umumiy ko‘rinishlar kuzatilmaydi, preparatga nisbatan reaktsiya manfiy bo‘ladi;mikobakteriya bilan infektsiyalanganlikda yoki postvaktsinal allergiya bo‘lganida infiltrat (papula) va giyeremiya ko‘rinishidagi mahalliy reaktsiya kuzatiladi. Ayrim hollarda tuberkulinga allergiya darajasi yuqori bo‘lgan shaxslarda mahalliy reaktsiyalar katta o‘lchamdagi papula va giperemiya bilan bir qatorda, limfangoitlar va limfadenitlar bilan birga kechishi mumkin. Tuberkulinni yuborishga nisbatan oldindan ma’lum nojo‘ya ta’sirlar: mahalliy ko‘rinishlar (> 1/100) – inyektsiya qilingan zahoti inyektsiya joyida og‘riq, og‘riq hissi yoki diskomfort;umumiy ko‘rinishlar (< 1/100) – bosh og‘rig‘i, lohaslik, tana haroratini oshishi;ba’zida kuzatiladigan reaktsiyalar (< 1/1000) – allergik reaktsiyalar.

teri kasalliklari;o‘tkir, surunkali infektsion va somatik kasalliklarning zo‘rayish davrida;allergik holatlar (bronxial astma, terida yaqqol ifodalangan ko‘rinishlar bilan kechuvchi idiosinkraziya, revmatizmning o‘tkir va o‘tkir osti fazalarida);tutqanoq;bolalar jamoasida infektsion kasallik bo‘yicha karantin bo‘lganida qo‘llash mumkin emas. Mantu diagnostik sinamasi yuqorida ko‘rsatilgan klinik simptomlar yo‘qolganidan so‘ng yoki bolalar jamoasida infektsion kasallik bo‘yicha karantin tugaganidan so‘ng kamida 1 oydan keyin o‘tkaziladi.

Profilaktik emlashlar va Mantu biologik diagnostik sinamasini o‘tkazish o‘rtasidagi oraliq kamida 1 oyni tashkil etishi kerak. Rejali emlashlarni Mantu sinamasi baholangandan so‘ng – 72 soatdan keyin o‘tkazish mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni aniqlash maqsadida tuberkulin sinamalarni o‘tkazish kunida shifokor tuberkulin diagnostika o‘tkaziladigan shaxslardan anamnez yig‘ishi va tibbiy ko‘ruvdan o‘tkazishi kerak. Tuberkulin diagnostikasini amalga oshirish uchun tuberkulin diagnostikasini o‘tkazish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va uni o‘tkazish texnikasi va tashkillashtirish qoidalariga, shuningdek reaktsiyalar/asoratlar rivojlanganida shoshilinch yordam ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lgan tibbiy xodimlar (shifokor, feldsher, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan kichik mutaxassis) jalb qilinishi mumkin. Mantu diagnostik sinamasini o‘tkazishdan oldin shifokor preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan albatta tanishib chiqishi, shuningdek tuberkulin diagnostikasi o‘tkazilgandan keyin noxush oqibatlar rivojlanishi mumkin yuzasidan patsiyentlarni (bolaning ota-onasi yoki uning boshqa qonuniy vakillarini) oldindan ogohlantirishi kerak.

2-8oS haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Tibbiy muassasalar uchun

18 oy.