Preparatni faqat tavsiya qilingan dozalarda qabul qilish lozim.
Tavsiya qilingan dozalardan oshirilgan hollarda, xatto o‘zini yaxshi his qilsa ham, darhol tibbiy yordam uchun murojaat qilish lozim, chunki jigarni kechikan jiddiy shikastlanish xavfi mavjud.
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, metgemoglobinemiya, teri va tirnoqlar tsianozi, og‘ir holatlarda – qo‘zg‘alish, so‘ngra markaziy nerv tizimini susayishi, stupor, gipotermiya, taxipnoe; yurak urishini tezlashishi, arterial bosimni pasayishi, qon aylanishi yetishmovchiligi, koma, gepatit, sariqlik, o‘tkinchi azotemiya, buyrak naychalarining nekrozi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz va miya shishi.
Davolash: dozani oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganda, bemor darhol gospitalizatsiya qilinishi va simptomatik davo olishi kerak.
Agarda dori yaqinda qabul qilingan bo‘lsa (ko‘pi bilan 4 soat o‘tgan bo‘lsa), qusishni chaqirish, me’dani yuvish lozim.
Birinchi 10-16 soatda antidot sifatida atsetiltsisteinni (og‘iz orqali 140 mg/kg, keyin 70 mg/kg dozada har 4 soatda 72 soat davomida, hammasi bo‘lib 17-18 dozani) qo‘llash tavsiya qilinadi.
Bir vaqtda faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalarini qo‘llash mumkin emas, chunki ular ichga qabul qilingan atsetiltsisteinni so‘rilishini pasaytiradi.
Protrombin vaqti, mochevinaning qoldiq azoti, qonda qand, ALT, AST, bilirubin, kreatinin miqdori va shuningdek elektrolitlarning kontsentratsiyalari aniqlanadi.
Suv-elektrolit muvozanatini tiklash va gipoglikemiya bo‘lsa, uni to‘g‘rilashni o‘tkazish lozim.
Buyrak va jigar yetishmovchiligini rivojlanishi hollarida davolash chora-tadbirlarini laboratoriya ko‘rsatkichlari me’yorlashgunicha davom ettirish lozim.
Gemodializni o‘tkazish kerak.