Taylol Koldretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: 160 mg paratsetamol, 1 mg xlorfeniramin maleati, 5 mg dekstrometorfan gidrobromidi, 15 mg psevdoefedrin gidroxloridi; yordamchi moddalar: propilenglikol, glitserin, natriy benzoati, natriy tsiklamati, natriy saxarini, limon kislotasi monogidrati, o‘rik hushbo‘yi, sariq “SY” bo‘yovchisi Ye110, ionsizlangan (ionlardan tozalangan) suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Paratsetamol, xlorfeniramin maleat, dekstrometorfan gidrobromid, psevdoefedrin gidroxlorid

Preparatning savdo nomi:

Taylol Kold

Farmakalogik guruhi:

O‘RK belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar.

Dori shakli:

Sirop

Yorqin to‘q sariq rangli, o‘rik hidli tiniq sirop.

O‘RK belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar.

Ichga qabul qilingandan keyin preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) erishish vaqti 10 dan 60 minutgacha. Paratsetamol – asosan yumshoq to‘qimalarda tez va bir tekis taqsimlanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,25 dan 3 soatgachani tashkil qiladi. Jigarda mikrosomal ferment tizimi orqali metabolizmga uchraydi. Paratsetamolning og‘iz orqali qabul qilingan dozasini taxminan 85% siydik bilan (erkin va kon’yugatsiyaga uchragan paratsetamol ko‘rinishida) 24 soat davomida chiqariladi. Xlorfeniramin maleati – ichga qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan sekin va to‘liq so‘riladi, Smax ga erishish vaqti 2,5 dan 6 soatgachani tashkil qiladi. Biokiraolishlik indeksi taxminan 25% dan 50% gachani tashkil qiladi. Preparatning  katta qismi (70%) plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Asosan yumshoq to‘qimalarda, shu jumladan markaziy nerv tizimida ham taqsimlanadi. Uning T1/2  2 dan 43 soatgacha o‘zgaradi va ta’sir davomiyligi 4 soatdan 6 soatgacha vaqtni tashkil qiladi. Moddaning katta qismi metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan qismi va uning metabolitlari siydik bilan, unchalik ko‘p bo‘lmagan qismi – ahlat bilan chiqariladi. Dekstrometorfan gidrobromidi – me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Yo‘talga qarshi ta’sirining boshlanishi og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin 15-30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi va uzoq cho‘ziladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak orqali o‘zgarmagan dekstrometorfan va metil guruhi yo‘qotilgan metaboliti holida chiqariladi. Psevdoefedrin gidroxloridi – me’da-ichak yo‘llaridan so‘riladi. U monoaminooksidaza ta’siriga chidamlidir. Kam miqdordagi metabolitlari o‘zgarmagan preparat bilan birga asosan siydik bilan chiqariladi.

Preparat bilan uzoq vaqt va yuqori dozalarda davolanganda antikoagulyantlar samarasini potentsiyalaydi, metildopa va rezerpinning gipotenziv samarasini susaytiradi, indandion va fenotiazin hosilalari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishi mumkin. Spirt, barbituratlar va tritsiklik antidepresantlar preparatning gepatotoksik ta’sirini oshirishi mumkin. Preparat anksiolitiklar, sedativ dori vositalari va beta- adrenostimulyatorlarning nojo‘ya ta’sirlari yaqqolligini kuchaytiradi. Preparat siydik uchun 5 HIAA (5-gidrosiindoleatsetil kislotasi) ning sinamasiga soxtamusbat natijasini berishi mumkin.

Siropni bolalarda 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Agar isitma holati 3 kundan ortiq davom etsa, simptomlari 5 kundan keyin ham yo‘qolmasa va yangi simptomlar paydo bo‘lsa, maslahatlashish uchun darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Og‘ir yurak buzilishlari, qandli diabeti, bronxial astmasi, glaukomasi va gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: qisqa vaqt davomida 150 mg/kg dozada qabul qilinganida terini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, terlashni kuchayishi, ishtahani yo‘qolishi, keyinchalik jigar sohasida og‘riq, o‘rtacha holsizlik, taxikardiya va/yoki o‘rtacha gipertenziya, bo‘lishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish (qusishni chaqirish kerak) atsetiltsistein, simptomatik vositalarni yuborish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

«Taylol Kold®», sirop flakonlarda 100 ml dan, komplektida 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.

3 yil.