Taylol rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Paratsetamol – 500 mg. Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Paratsetamol

Preparatning savdo nomi:

Taylol

Farmakalogik guruhi:

Analgetik-antipiretiklar.

Dori shakli:

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomoni chiziqli va boshqa tomonida “Tylol” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

Analgetik-antipiretiklar.

N02BE01

Ichga qabul qilingandan keyin preparat me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarida tez va to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 10-60 minut davomida erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 10% kamni tashkil qiladi. Paratsetamol organizmning ko‘pchilik to‘qimalarida tez va bir tekis taqsimlanadi. Yarimchiqarilish davri (T1/2) 1-4 soatni tashkil qiladi. Asosan jigarda glyukuronid bilan kon’yugatsiyalanish, sulfatlar bilan kon’yugatsiyalanish va jigarning aralash oksidazalari va tsitoxrom R450 ishtirokida oksidlanish yo‘li orqali metabolizmga uchraydi. Jigarda va buyraklarda aralash oksidazalar ta’sirida juda oz miqdorda hosil bo‘ladigan va odatda glyutation bilan bog‘lanishi yo‘li bilan zararsizlantiriladigan, salbiy ta’sirga ega bo‘lgan gidroksillangan metaboliti – N-atsetil-r-benzoxinonimin – paratsetamolning dozasi oshirib yuborilganda to‘planishi va to‘qimalarni shikastlanishini chaqirishi mumkin.

gripp va shamollash kasalliklari bilan bog‘liq sust va o‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromi va isitma;algodismenoreya;bosh og‘rig‘i;tish og‘rig‘i;bursitlar, nevralgiyalar, cho‘zilishlar va mushak og‘riqlari;artralgiyalar;emlashlardan keyingi haroratni ko‘tarilishi va og‘riqlar.

Tabletkalar og‘iz orqali, ovqatdan 1-2 soatdan keyin katta miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: Preparatning tavsiya qilinadigan dozasi -0,5-1,0 g (1-2 tabletka) sutkada 4 marta (sutkada 2,0 g dan 4,0 g gacha). Maksimal bir martalik doza – 1,0 g (2 tabletka), sutkalik – 4,0 g (8 tabletka). Davolashning maksimal davomiyligi 5–7 kun. Bolalar: 3 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ichga qabul uchun bir martalik dozalar – 60-120 mg, 1-5 yosh uchun – 120-150 mg, 6-12 yosh uchun – 250-500 mg. Qo‘llanishlar soni – kamida 4 soatlik interval bilan sutkada 4 marta. Davolanishning maksimal davomiyligi – 3 kun. Maksimal doza: sutkada 4 ta bir martalik dozalar.

allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi);dispeptik holatlar;nefrotoksik va gepatotoksik ta’sirlar;trombotsitopeniya, leykopeniya va pantsitopeniya.

paratsetamolga o‘ta yuqori sezuvchanlik;jigar va buyraklarning og‘ir kasalliklari;surunkali faol alkogolizm;homiladorlik (Iva III trimestr) va laktatsiya davri;3 oylikkacha bo‘lgan bolalar;glyukozo-6-fosfat-degidrogenaza fermentining tanqisligi. Preparatni jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, tug‘ma giperbilirubinemiyasi (Jilber, Dubin-Djonson, Rotor sindromlari), virusli gepatiti, jigarning alkogolli shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda va keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari lozim.

Preparatni quyidagilar bilan bir vaqtda qo‘llanganda: barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, alkogol bilan – gepatotoksik ta’sir xavfi oshadi;metoklopramid bilan – paratsetamolni so‘rilishi oshishi mumkin;probenetsid bilan – paratsetamolni chiqarilishi va qon plazmasidagi kontsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin;kolestiramin bilan – paratsetamol qabul qilingandan keyingi 1 soatdan kam vaqt davomida oxirgini so‘rilishi pasayishi mumkin;kumarin hosilalari bilan – unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiya rivojlanishi mumkin;oral kontratseptivlar bilan – paratsetamolning metabolizmi oshadi va T1/2 kamayadi;kofein bilan – kofeinning metabolizmini tormozlanishi hisobiga uning farmakologik ta’siri kuchayadi;diflunizal bilan – paratsetamolning plazmadagi miqdori oshadi;xloramfenikol bilan – xloramfenikolning plazmadagi miqdori oshadi. Paratsetamol siydik 5-gidroksiindolsirka kislotasini aniqlash sinamasida soxta – musbat natijani keltirib chiqarishi mumkin.

Jigar, buyrak buzilishlari, yurak va o‘pka yetishmovchiligi, anemiyasi bo‘lgan patsiyentlar preparatni faqat shifokorning kuzatuvi ostida qabul qilish lozim. Og‘riqni qoldirish uchun bolalar tomonidan tabletkalarni 5-7 kundan ortiq va kattalar tomonidan 10 kundan ortiq qabul qilinmasligi va 39,5ºS dan yuqori bo‘lgan 3 kundan ortiq davom etuvchi bezgakni davolash uchun buyurilmasligi lozim. Preparat davomli qo‘llanganda periferik qon manzarasini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish zarur. Preparatni qo‘llanishi plazmada siydik kislotasining miqdorini aniqlashda laboratoriya tekshirishlar ko‘rstakichlarini o‘zgartiradi. Alkogolli gepatozi bo‘lgan bemorlarda jigarni shikastlanish xavfi oshadi. Paratsetamol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ammo hozirgi vaqtgacha paratsetamolni odam homilasiga salbiy ta’siri aniqlanmagan. Paratsetamol ko‘krak suti bilan chiqariladi, sutdagi miqdori esa ona tomonidan qabul qilingan dozaning 0,04-0,23% ni tashkil qiladi. Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida paratsetamolni qo‘llash zarurati tug‘ilganda ona uchun davolashdan kutiladigan foyda va homila yoki bola uchun potentsial xavfni sinchkovlik bilan solishtirish lozim. Preparat transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, metgemoglobinemiya, terini va tirnoqlarni tsianozi, og‘ir holatlarda – qo‘zg‘alish, so‘ngra markaziy nerv tizimini susayishi, stupor, gipotermiya, taxipnoye; yurak urishini tezlashishi, past arterial bosim, qon aylanishini yetishmovchiligi, koma, gepatit, sariqlik, o‘tkinchi azotemiya, buyrak naychalarining nekrozi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz va miya shishi. Davolash: dozani oshirib yuborilishiga shubha bo‘lganida bemor darhol gospitalizatsiya qilinishi va simptomatik davolashni olishi kerak. Agarda dori yaqinda qabul qilingan bo‘lsa (ko‘pi bilan 4 soat o‘tgan bo‘lsa), qusishni chaqirish, me’dani yuvish lozim. Birinchi 10-16 soatda antidot sifatida atsetiltsisteinni (og‘iz orqali 140 mg/kg, keyin 70 mg/kg dozada har 4 soatda 72 soat davomida, hammasi bo‘lib 17-18 dozani) qo‘llash tavsiya qilindi. Bir vaqtda faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalarini qo‘llash mumkin emas, chunki ular ichga qabul qilingan atsetiltsisteinni so‘rilishini pasaytiradi. Protrombin vaqti, mochevinaning qoldiq azoti, qonda qand miqdori, ALT, AST, bilirubin, kreatinin va shuningdek elektrolitlarning kontsentratsiyalari aniqlanadi. Suv-elektrolit muvozanatini tiklash va gipoglikemiya bo‘lsa, uni to‘g‘irlashni o‘tkazish lozim. Buyrak va jigar yetishmovchiligini rivojlanishi hollarida laboratoriya ko‘rsatkichlari me’yorlashgunicha davolash chora-tadbirlarini davom ettirish lozim. Gemodializni o‘tkazish kerak.

Retseptsiz

«Taylol®», tabletkalar 500 mg dan, №10, №20, №30, №50 va №100.

5 yil.