Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: taurin – 20 mg; yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
taurin
Preparatning savdo nomi:
Taurin-ASP
Farmakalogik guruhi:
Asosan oftalmologiyada qo‘llaniladigan vosita.
Dori shakli:
ko‘z tomchilari
rangsiz tiniq suyuqlik.
Asosan oftalmologiyada qo‘llaniladigan vosita.
S01XA
Mahalliy qo‘llanilganida Taurin ko‘z muhitiga singib o‘tadi va o‘zining spetsifik ta’sirini ko‘rsatadi.
Terapevtik dozalarda qo‘llanilganida preparat tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaydi.
– ko‘zning shox pardasini jarohati va distrofiyasi; – kataraktada (qarilik, diabetik, travmatik va nurlanish oqibatidagi) qo‘llanadi.
Preparat kattalarga buyuriladi.
Kataraktada 4% Taurin 3 oy mobaynida har kuni 1-2 tomchidan kuniga 2-4 marta instillyatsiyalar (tomizishlar) ko‘rinishida buyuriladi.
Davolash kurslari 1 oy tanaffusdan keyin takrorlanadi.
Ko‘zning shox pardasini jarohatlari va distrofik kasalliklarida 1 oy davomida aynan o‘sha dozalarda qo‘llaniladi.
Preparat tomizilayotgan vaqtda flakon-tomchilatgichning uchi boshqa predmetlar yoki yuzalarga tegmasligi uchun kuzatish zarur.
Tomizilganidan keyin flakon-tomchilatgich qalpoqcha bilan zich yopilsin!
– allergik kon’yunktivit.
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Ko‘z kasalliklarida boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Boshqa oftalmologik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida ularni qo‘llash orasidagi interval 15 minutdan kam bo‘lmasligi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri Taurinni homiladorlarda va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun preparat homiladorlarga va emizikli onalarga buyurilmaydi.
Preparatni transport vositasi yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirini o‘ziga xos xususiyatlari Transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Retsept bo‘yicha
2 % va 4 % ko‘z tomchilari, 5 yoki 10 ml dan himoya xalqasi bilan ta’minlangan tiqin-tomizgich va buraladigan himoya qalpoqchasi bo‘lgan plastik flakonda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton penalda.
3 yil.
Flakon ochilganidan so‘ng 4 hafta davomida ishlatilsin.