Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Faol modda: Taurin – 0,04 g.
Yordamchi moddalar: metilparagidrooksibenzoat, inyektsiyalar uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Taurin
Preparatning savdo nomi:
Taufon-Sanita
Farmakalogik guruhi:
Ko‘z kasalliklarini davolash uchun preparatlar.
Ko‘z kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
Dori shakli:
Ko‘zga tomchilari
Rangsiz tiniq suyuqlik.
Ko‘z kasalliklarini davolash uchun preparatlar.
Ko‘z kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
S01XA
Mahalliy qo‘llanilganida taurin ko‘z muhitiga singib o‘tadi va o‘zining spetsefik ta’sirini ko‘rsatadi.
Terapevtik dozalarda qo‘llanilganida preparat tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaydi.
– ko‘zning shox pardasini jarohati va distrofiyasi; – katarakta (qarilik, diabetik, travmatik va nurlanish oqibatidagi)da qo‘llaniladi.
Preparat kattalarga buyuriladi.
Kataraktada Taufon Sanita 3 oy mobaynida har kuni 1-2 tomchidan 2-4 marta tomchidan kuniga 2-4 marta instillyatsiyalar (tomizishlar) ko‘rinishida buyuriladi.
Davolash kurslari bir oy tanaffusdan keyin takrorlanadi.
Ko‘zning shox pardasini jarohatlari va distrofik kasalliklarida 1 oy davomida aynan o‘sha dozalarda qo‘llaniladi.
Preparat tomizilayotgan vaqtda flakon-tomchilatgichning uchi boshqa jismlar yoki yuzalarga tegmasligi uchun kuzatish zarur.
Tomizilganidan keyin flakon-tomchilatgich qalpoqcha bilan zich yopilsin!
– allergik kon’yunktivit.
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Ko‘z kasalliklarida qo‘llaniladigan boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Boshqa oftalmologik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati tug‘ilganida ularni qo‘llash orasidagi interval 15 minutdan kam bo‘lmasligi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri: Taufon Sanita ni homiladorlarda va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun preparat homiladorlarga va emizikli onalarga buyurilmaydi.
Preparatni transport vositasi yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirini o‘ziga xos xususiyatlari: transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmaslik lozim.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 80S dan 180S gacha haroratda saqlansin.
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Retsept bo‘yicha
5 ml yoki 10 ml dan preparat birinchi marta ochilishi nazorat qilingan qalpoqchalar bilan yopilgan plastik flakon-tomchilatgichlarda.