Taufonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 40 mg taurin; yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) (Ye 218), tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

taurin

Preparatning savdo nomi:

Taufon

Farmakalogik guruhi:

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Trofik vositalar.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

rangsiz, tiniq suyuqlik.

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Trofik vositalar.

S01X A.

Ko‘z to‘p pardasining distrofik shikastlanishlari, shu jumladan tapetoretinal degeneratsiyalar, shox parda distrofiyalari, qarilik, diabetik, jarohat va nur ta’siridagi kataraktalar; shox pardani shikastlanishlarida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi vosita sifatida. Ko‘z shox pardasini shikastlanishi va distrofiyasi, shu jumladan nasliy tapetoretinal degeneratsiyalar. Katarakta (yoshga doir, diabetik, jarohat, nur ta’siridagi). Ochiq burchakli glaukomada (timolol bilan birga) qo‘llanadi.

Preparat kattalarga buyuriladi. Qo‘llashdan bevosita oldin preparat saqlovchi flakonni tana haroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish maqsadga muvofiq. Shikastlangan ko‘zning kon’yunktival qopchasiga 2-3 tomchidan sutkada 2-4 marta tomiziladi. Davolash davomiyligi jarohatlarda – 1 oy, kataraktada – 3 oy (1 oy interval bilan takrorlansin). Ko‘z to‘r pardasining tapetoretinal degeneratsiyasi va boshqa distrofik kasalliklari, shox pardani teshib o‘tuvchi jarohatlarni davolashda preparat kon’yunktivaga yuboriladi: 4% li eritma 0,3 ml dan sutkada 1 marta 10 kun davomida. 6-8 oydan keyin davolash kursi takrorlanadi. Ochiq burchakli glaukomada timololni qo‘llashdan 20-30 minut oldin har bir kon’yunktival qopchaga sutkada 2 marta 2-3 tomchidan instillyatsiya qilinadi. Davolash kursi individual ravishda belgilanadi.

Preparatni qo‘llaganda preparatning komponentlariga individual o‘ta yuqori sezuvchanlik bilan chaqirgan allergik kon’yunktivit ko‘rinishida allergik reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik.

Timolol ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ko‘z ichki bosimini kuchayishi, shu jumladan arterial bosimini pasayishini kuchayishi kuzatiladi.

Ochiq burchakli glaukomada preparat timololni tomizishdan 20-30 minut oldin timolol bilan birga qo‘llanadi.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha

5 ml dan shisha flakonda, 3 flakon polietilen tomchilagich-qopqoq bilan karton qutida. 10 ml dan shisha flakonda, 1 flakon polietilen tomchilagich-qopqoq bilan karton qutida.

4 yil. Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 14 sutka.