Tantum Verde rasmini ko'rish

Tarkibi:

Shimish uchun bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: benzidamin gidroxloridi -3 mg;

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

benzidamin

Preparatning savdo nomi:

Tantum Verde

Farmakalogik guruhi:

og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

Dori shakli:

shimish uchun tabletkalar

shimish uchun tabletkalar 3 mg: markazida chuqurchasi bo‘lgan yashil kvadrat tabletkalar.

og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

A01AD02

Odam qon zardobidagi benzidamin miqdorini shundan dalolat beradiki, ushbu modda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va tomoq orqali so‘riladi. 3 mg tabletkalar qabul qilingandan keyin 37,8 ng/ml ga teng plazmadagi benzidaminning maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 2 soatdan keyin AUC soatiga 367 ng/ml ko‘rsatkichida erishiladi. Ammo ushbu ko‘rsatkichlar tizimli farmakologik ta’sirni ta’minlash uchun yetarli emas. Benzidamin asosan siydik orqali, faol bo‘lmagan metabolitlar va kon’yugatsiya mahsulotlari shaklida chiqariladi. O‘zining yuza epitelial qatlam orqali o‘tish qobiliyati tufayli benzidamin mahalliy qo‘llangandan keyin yallig‘langan to‘qimalarda samarali qontsentratsiyaga erishadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqdagi og‘riq va ta’sirlanishlarni simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Tabletka og‘izda butunlay so‘rilguncha tutib turiladi, yuqori samaraga erishish uchun maksimal uzoqroq ushab turish ma’quldir. Kattalarga, keksa yoshdagi bemorlarga va 6 yoshdan  oshgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash kursi: og‘iz bo‘shlig‘i va LOR-a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida (turli etiologiyali): 4 kundan 7 kungacha;odonto-stomatologik patologiyada: 7 kungacha; Preparat uzoq vaqt davomida qo‘llanganida, shifokor bilan maslahatlashish kerak. 6-11 yoshli bolalar: ushbu dori preparatini kattalar nazorati ostida qo‘llash tavsiya etiladi. 6 yoshdan kichik bolalar: ushbu dori preparatini farmatsevtik shaklini e’tiborga olgan holda, ushbu tabletkalarni faqat 6 yoshdan boshlab qo‘llash mumkin.

Tantum® Verde qo‘llaganda har qanday dori vositasi kabi nojo‘ya ko‘rinishlar paydo bo‘lish ehtimoli mavjud. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari: achishish va og‘iz qurishi xissi – kam hollarda (10000 patsiyentdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi); Immun tizimi tomonidan buzilishlar: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari – kam hollarda (10000 patsiyentdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi);anafilaktik reaktsiyalar – noma’lum (mavjud ma’lumotlarga asosan paydo bo‘lish tez-tezligini baholash mumkin emas). Nafas tizimi tomonidan buzilishlar, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i sohalari: laringospazm – juda kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan ko‘prog‘ida namoyon bo‘ladi). Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: yorug‘likni sezuvchanlik – tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi).angionevrotik shish – juda kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan ko‘prog‘ida namoyon bo‘ladi). Yo‘riqnomadagi ko‘rsatmalarga rioya qilish nojo‘ya holatlarni rivojlanish xavfini qisqartiradi. Nojo‘ya xolatlar yomonlashganda va ushbu broshyurada ko‘rsatilmagan nojo‘ya holatlar rivojlanganda shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.

preparatning biron-bir komponentlariga yuqori sezuvchanlik;fenilketonuriyada qo‘llash mumkin emas.

Tantum® Verde preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Orofarengeal yara yanada jiddiyroq patologiya belgisi bo‘lishi mumkin; agar simptomlar 3 kundan ko‘p saqlansa, bemor konkret holatga qarab o‘z shifokori yoki stomatologi bilan maslahatlashishi kerak. Dori preparati fenilalaninning manbai hisoblangan aspartam saqlaydi, shuning uchun u fenilketonuriya holatida xavfli bo‘lishi mumkin. Dori preparati izomaltoza saqlaydi, shuning uchun fruktozaga haddan ziyod sezuvchanligi bilan bog‘liq kam uchraydigan nasliy muammolar holatlarida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Salitsil kislotasiga yoki boshqa ozuqa allergenlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida benzidaminni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Anamnezida bronxial astma xurujlari paydo bo‘lish hollari mavjud bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki ushbu guruh patsiyentlarida bronxospazm paydo bo‘lishi mumkin. Tantum® Verde shimish uchun tabletkalari qand saqlamaydi, shuning uchun ularni giperglikemiya bilan og‘rigan bemorlarga yoki kam kaloriyali parxezga rioya qiluvchi, qand iste’mol qilishi mumkin bo‘lmagan patsiyentlarga qo‘llash mumkin.

Dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Benzidaminni homiladorlik yoki laktatsiya (emizish) davrida qo‘llash xaqida ma’lumot yetarlicha emas, shuning uchun Tantum® Verde shimish uchun tabletkalarini shifokor maslahatisiz qabul qilish mumkin emas.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Namlikdan himoyalash uchun original o‘ramda saqlansin.

Tantum® Verde shimish uchun tabletkalarining dozasini oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Shunga qaramay, bolalarda tabletkalarga nisbatan taxminan 100 marta yuqori dozalarda benzidamin ichga qabul qilingandan keyin, juda kam hollarda ta’sirchanlik, konvulsiya, terlash, ataksiya, tremor va qusish kabi dozani oshirib yuborilish simptomlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda faqat simptomatik davolash mumkin: qusishni chaqirish yoki me’dani yuvish yordamida me’dani tozalash kerak, bunda bemor tutib turuvchi davolash bilan va adekvat gidratatsiya shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak.

Retseptsiz

10 tabletkalar, ulardan har biri parafinli qog‘ozga o‘ralgan, uch qavatli polietilen-qog‘oz-alyuminli jildga joylanadi;10 tabletkalardan 2 jild qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

4 yil Ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati faqat to‘g‘ri saqlanadigan preparatlarga taaluqli.