Tamzinretsept bilan

Tarkibi:

tamsulozin gidroxloridi tamsulozin gidroxlorid mikrogranulalarini saqlaydi – 0,4 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tamsulozin

Preparatning savdo nomi:

Tamzin

Farmakalogik guruhi:

Prostata bezi kasalliklarida qo‘llaniladigan vosita.

Dori shakli:

ta’siri uzaytirilgan kapsulalar.

oq jelatin kapsulalar №3. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli, qobiq bilan qoplangan, sharsimon shaklli mikrogranulalar.

Prostata bezi kasalliklarida qo‘llaniladigan vosita.

So‘rilishi: Tamsulozin ichakda yaxshi so‘riladi va deyarli 100% biokiraolishlikka ega. Tamsulozinni so‘rilishi ovqat qabul qilingandan keyin bir oz sekinlashadi. Preparatni so‘rilishini bir xil darajasiga, agar patsiyent preparatni har safar odatiy nonushtadan keyin qabul qilgandagina erishish mumkin. Tamsulozin bir tekis kinetika bilan xarakterlanadi. Preparatni ichga 0,4 mg dan bir marta qabul qilingandan keyin plazmada uning maksimal kontsentratsiyasiga 6 soatdan keyin erishiladi. Preparatni ichga kuniga 0,4 mg dan ko‘p marta qabul qilingandan keyin muvozanatli kontsentratsiyaga 5-chi kuni erishiladi, bunda uning qiymati bir martalik dozani qabul qilgandan keyingi bu ko‘rsatkichining qiymatidan taxminan 2/3 yuqori. Taqsimlanishi: Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 99% ni tashkil etadi, taqsimlanish hajmi unchalik katta emas (taxminan 0,2 l/kg). Metabolizmi: Tamsulozin jigarda sekin metabolizmga uchraydi va kam faollikka ega metabolitlarni hosil qiladi. Tamsulozinning katta qismi qon plazmasida o‘zgarmagan shaklda bo‘ladi. Eksperimentlarda tamsulozinning jigar mikrosomal fermentlari faolligini biroz qo‘zg‘atish xususiyati aniqlangan. Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Chiqarilishi: Tamsulozin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Bunda preparatning taxminan 9% o‘zgarmagan holda chiqariladi. 0,4 mg ni bir marta ovqatdan keyin qabul qilingandan so‘ng, preparatning yarim chiqarilish davri 10 soatni, ko‘p marta qabul qilinganda – 13 soatni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab qilinmaydi. Patsiyentda og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) tamsulozinni buyurishni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish zarur.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida (siydik chiqarilishini buzilishlarini davolash) qo‘llanadi.

18 yoshdan kattalar, shuningdek keksa patsiyentlar Ichga, nonushtadan keyin, 1 kapsuladan (0,4 mg) sutkada 1 marta, suv bilan qabul qilinadi. Kapsulani chaynash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatni ajralib chiqish tezligiga ta’sir qilishi mumkin. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar Buyrak yetishmovchiligida, shuningdek yengil va o‘rtacha jigar yetishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Tez-tez(>1%,<10%)Tez-tez emas(>0,1%,< 1%)Kam hollarda(>0,01%, <0,1%)Juda kam hollarda(<0,01%)Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Yurak urib ketishini his qilish, postu-ral gipotenziya  Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish  Umumiy holatni buzilishlari asteniya  Nerv tizimi tomonidan buzilishlar bosh aylanishi (1,3%)bosh og‘rig‘ihushdan ketish Reproduktiv tizim tomonidan buzilishlareyakulyatsiyani buzilishi   Nafas a’zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar rinit  Teri va teri osti qavati tomonidan buzilishlar toshma, qichishish, eshakemiangionevrotik shishStivens-Djonson sindromi Tamsulozinni qabul qilgan patsiyentlarda katarakta yuzasidan operatsiyada ko‘zning rangdor pardasini intraoperatsion noturg‘unlik holatlari (toraygan qorachiq sindromi) sindromi ta’riflangan. Preparatni post-marketing qo‘llanilishi: tamsulozin qo‘llanilganda yuqorida ta’riflangan nojo‘ya samaralarga qo‘shimcha yurak bo‘lmachalarining fibrillyatsiyasi, aritmiya, taxikardiya va hansirash kuzatilgan. Ma’lumotlar preparat qayd qilinganidan keyingi davrda spontan xabarlar usuli bo‘yicha olinganligi sababli, bu holatlarni tamsulozinni qabul qilinishi bilan sabab-oqibat bog‘liqligi tez-tezligini aniqlash qiyinchilik tug‘diradi.

Tamsulozinga yoki preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ortostatik gipotenziya (shu jumladan anamnezida). Yaqqol jigar yetishmovchiligi. Bolalarda qo‘llash mumkin emas.

TAMZIN preparatini atenolol, enalapril yoki teofillin bilan birga buyurilganda o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan. TAMZINni tsimetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganda tamsulozin kontsentratsiyasini qon plazmasida biroz oshishi, furosemid bilan – kontsentratsiyasini pasayishi aniqlangan bo‘lib, biroq bu TAMZINning dozasini o‘zgartirilishini talab qilmaydi, chunki preparatning kontsentratsiyasi normal diapazonda qoladi. Diazepam, propranolol, trixlormetiazid, xlormadinon, amitriptilin, diklofenak, glibenklamid, simvastatin va varfarin in vitro sharoitda odam plazmasida tamsulozinni erkin fraktsiyasini o‘zgartirmaydi. Tamsulozin o‘z navbatida shuningdek diazepamni, propranololni, trixlormetiazidni va xlormadionni erkin fraktsiyasini ham o‘zgartirmaydi. Diklofenak va varfarin tamsulozinni chiqarilish tezligini oshirishi mumkin. Tamsulozinni CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish tamsulozinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Ketokonazol (CYP3A4 kuchli ingibitori) bilan bir vaqtda buyurish tamsulozinning AUC va Cmax ko‘rsatkichini muvofiq 2,8 va 2,2 martaga oshishishga olib kelgan. Tamsulozin CYP2D6 izofermentini metabolizmini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan majmuada ishlatish mumkin emas. Preparatni CYP3A4 kuchli va o‘rtacha ingibitorlari bilan majmuaviy ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Tamsulozinni va CYP2D6 ning kuchli ingibitori paroksetin bilan bir vaqtda buyurish tamsulozinning Cmax va AUC ko‘rsatkichini muvofiq 1,3 va 1,6 martaga oshishiga olib kelgan, ammo ushbu oshish klinik ahamiyatsiz deb tan olingan. α1-adrenretseptorlarning boshqa antagonistlarini bir vaqtda buyurilishi arterial bosimini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Boshqa α1-adrenoretseptorlarini ishlatilganida bo‘lgani kabi, TAMZIN preparati bilan davolanganda, ayrim hollarda arterial bosimini pasayishi kuzatilishi mumkin bo‘lib, u ba’zida hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Ortostatik gipotenziyaning birinchi belgilarida (bosh aylanishi, holsizlik) patsiyent o‘tirishi yoki yotishi va ko‘rsatilgan belgilar yo‘qolmagunicha shu holatda qolishi kerak. TAMZIN preparati bilan davolashni boshlashdan avval patsiyent prostata bezini giperplaziyasining simptomlari kabi simptomlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun tekshirilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida muntazam barmoq yordamida rektal tekshirishlar bajarilishi va zarurat bo‘lganida prostatik spetsifik antigen (PSA) aniqlanishi kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda TAMZIN preparati bilan davolash ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu toifa bemorlarda bunday tekshirishlar o‘tkazilmagan. Tamsulozinni qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan ayrim patsiyentlarda katarakta bo‘yicha jarrohlik aralashuvlarda ko‘zning rangdor pardasini intraoperatsion noturg‘unlik sindromi (toraygan qorachiq sindromi) rivojlanishi aniqlangan bo‘lib, u operatsiya vaqtida yoki operatsiyadan keyingi davrda asoratlarga olib kelishi mumkin. Tamsulozin bilan davolanishni katarakta yuzasidan bo‘ladigan operatsiyadan 1-2 hafta oldin bekor qilishni maqsadga muvofiqligi hanuzgacha isbotlanmagan. Ko‘zning rangdor pardasini intraoperatsion noturg‘unlik hollari preparat bekor qilingan va operatsiyadan oldingi erta muddatlarda to‘xtatilgan patsiyentlarda uchragan. Katarakta yuzasidan operatsiya rejalashtirilgan patsiyentlarda tamsulozin bilan davolashni boshlash tavsiya qilinmaydi. Patsiyentlarni operatsiyadan oldingi tekshirish vaqtida jarroh va shifokor-oftalmolog ushbu patsiyent tamsulozinni qabul qilayotganligini yoki qabul qilganligini hisobga olishi kerak. Bu operatsiya vaqtida ko‘zning rangdor pardasini intraoperatsion noturg‘unlik sindromini rivojlanish ehtimoliga tayyorgarlik uchun zarur.

TAMZIN  ta’siri uzaytirilgan kapsula 0,4 mg preparati faqat erkaklarga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 ºS dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Tamsulozinni dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Ammo nazariy jihatdan, doza oshirib yuborilganida AB ni o‘tkir pasayishi va kompensator taxikardiya rivojlanishi mumkin bo‘lib, bunday holatlarda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Arterial bosimi va yurak qisqarishlari soni odam gorizontal holatni qabul qilgandan keyin tiklanishi mumkin. Samara bo‘lmaganida aylanib yuruvchi qon hajmini oshiruvchi vositalarni va agar zarurati bo‘lsa, qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin. Buyrak faoliyatini nazorat qilish zarur. Dializni samaradorligini ehtimoli kam, chunki tamsulozin plazma oqsillari bilan kuchli bog‘langan. Preparatni keyingi so‘rilishini bartaraf qilish uchun me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yoki osmotik surgi vositalarini, masalan natriy sulfatni qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan kontur-uyali o‘ramlarda. 1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatilmasin.