Tamsulan ATMretsept bilan

Tarkibi:

400,0 mkg tamsulozin gidroxloridi saqlovchi tamsulozin gidroxloridi mikrogranulalari (peletlari) –  200,0 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tamsulozin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Tamsulan ATM

Farmakalogik guruhi:

Prostata bezi kasalliklarida qo‘llanadigan vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

oq rangli, qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – sharsimon shaklli, qobiq bilan qoplangan, oq yoki deyarli oq rangli mikrogranulalar.

Prostata bezi kasalliklarida qo‘llanadigan vosita.

G04CA02

So‘rilishi: tamsulozin me’da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi, uning biokiraolishligi esa, deyarli 100% ni tashkil qiladi. Tamsulozinni so‘rilishi ovqat qabul qilingandan keyin biroz sekinroq kechadi. So‘rilishning bir xilligiga patsiyent Tamsulan ATM ni ovqat bilan bir vaqtda qabul qilgan holdagina erishiladi. Tamsulozinning farmakokinetikasi proportsional xarakterga ega. Tamsulan ATM preparatining bir martalik dozasini ovqatdan keyin qabul qilingandan keyin tamsulozinning qon plazmasidagi Smax ko‘rsatkichiga taxminan 6 soatdan keyin, barqaror kontsentratsiyasiga esa, preparat xar kuni qabul qilingandan keyin – 5 chi sutkasida erishiladi. Smax bunda bir martalik dozani qabul qilgandan keyin erishiladigan ko‘rsatkichga nisbatan taxminan 2/3 martaga yuqori. Taqsimlanishi: erkaklarda tamsulozin qon plazmasi oqsillari bilan taxminan 99% ga bog‘lanadi. Preparatning taqsimlanish hajmi juda oz (taxminan 0,2 l/kg). Metabolizmi: tamsulozin gidroxloridi birinchi o‘tish samarasiga uchramaydi va ά1-adrenoretseptorlarga yuqori selektivlikni saqlovchi farmakologik faol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan jigarda sekin metabolizmga uchraydi. Faol moddaning katta qismi o‘zgarmagan xolda qonda bo‘ladi. Eliminatsiyasi (chiqarilishi): tamsulozin va uning metabolitlari organizmdan asosan siydik bilan chiqariladi. Dozaning taxminan 9% ta’sir etuvchi moddaning o‘zgarmagan ko‘rinishida qoladi. Tamsulan ATM preparatining dozasi ovqatdan keyin bir marta qabul qilingandan keyin va qon plazmasida turg‘un kontsentratsiyasiga erishilganda T1/2 taxminan 10 va 13 soatni tashkil qiladi.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida quyi siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan funktsional buzilishlarni davolash uchun qo‘llaniladi.

Kattalar uchun tavsiya etiladigan doza – xar kuni nonushtadan keyin sutkada 1 kapsulani tashkil etadi; kapsulani butunligicha, o‘tirgan xolatda yoki turgan xolatda sut yoki suv (taxminan 150 ml) bilan yutish kerak; kapsulalarni butunligicha, chaynamasdan qabul qilish kerak, chunki bu, faol ingrediyentni ajralib chiqishini modifikatsiyalanishiga to‘sqinlik qiladi.

Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (<1/100, <1/10); Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan: bosh aylanishi (1,3%).

tamsulozin gidroxloridiga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan angionevrotik Kvinke shishi);ortostatik gipotenziya;og‘ir jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Tamsulozin gidroxloridini atenolol, enalapril, nifedipin yoki teofillin bilan bir vaqtda qo‘llangan dorilarning o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Tsimetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida tamsulozin kontsentratsiyasi oshadi, furosemid bilan esa birga qo‘llanganda – pasayadi, lekin bu darajalar norma chegarasida bo‘lganligi tufayli, tamsulozinni dozasiga maxsus tuzatish kiritishning zarurati yo‘q. In vitro tadqiqotlarda diazepam, propranolol, trixlormetiazid, xlormadinon, amitriptilin, diklofenak, glibenklamid, simvastatin va varfarin tamsulozinning odam qon plazmasidagi erkin fraktsiyasiga ta’sir qilmaydi. Xuddi shu tarzda tamsulozin diazepam, propranolol, trixlormetiazid va xlormadinonning odam qon plazmasidagi erkin fraktsiyalari darajasini o‘zgartirmaydi. Tamsulozin gidroxloridini CYP 3A4 kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda tamsulozin gidroxloridining ta’sirini kuchayishga olib kelishi mumkin. Ketokonazol (CYP 3A4 ning ma’lum bo‘lgan kuchli ingibitori) bilan majmuada qo‘llanilishi Smax va AUS muvofiq ravishda 2,2 va 2,8 martagacha oshishiga olib kelgan. Tamsulozin gidroxloridi va paroksetinni (CYP 2D6 ning kuchli ingibitori) bir vaqtda qo‘llanilishi  Smax va AUS ni muvofiq ravishda 1,3 va 1,6 martaga oshishiga olib kelgan, ammo bu klinik ahamiyatga ega emas. Tamsulozin gidroxloridini CYP 3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan majmuada CYP 2D6 past metabolizmi patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Tamsulozin gidroxloridini CYP 3A4 ning kuchli va o‘rtacha ingibitorlari bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Boshqa ά1–adrenoretseptorlar blokatori bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.

Tamsulozin qabul qilgan yoki qabul qilayotgan ayrim patsiyentlarda, katarakta va glaukomani olib tashlash yuzasidan jarrohlik aralashuvlari vaqtida atonik ko‘z qorachig‘i sindromi (IFIS, ko‘z qorachig‘ini torayishi varianti) aniqlangan bu, bunday operatsiyalarni o‘tkazishda asoratlar sonini oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababdan katarakta va glaukomani olib tashlash bo‘yicha operatsiyalar rejalashtirilgan patsiyentlarga tamsulozinni buyurish tavsiya etilmaydi. Odatda katarakta va glaukomani olib tashlash bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishdan 1-2 hafta oldin tamsulozin bilan davolashni to‘xtatish kerak. Ammo tamsulozin bilan davolashni to‘xtatishni maqsadga muvofiqligi va davolashni to‘xtatish muddati xozirgi vaqtda aniq belgilanmagan. Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishda xirurg-oftalmologlar IFIS bilan bog‘liq kutilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni ogohlantirish maqsadida patsiyent tamsulozinni qabul qilganligi (yoki qabul qilayotganini) bilishlari kerak. Boshqa ά1-adrenoretseptorlar blokatorlarini qo‘llanganda bo‘lgani kabi, ayrim xollarda Tamsulan ATM preparatini qo‘llaganda AB pasayishi mumkin, ba’zida bu xushdan ketish xollariga olib kelishi mumkin. Ortostatik gipotenziyaning birinchi belgilari paydo bo‘lganida (bosh aylanishi, xolsizlik) patsiyent yuqorida eslatilgan belgilar yo‘qolgunigacha gorizontal xolatda bo‘lishi kerak. Tamsulan ATM preparati bilan davolashni boshlashdan oldin, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi kabi xuddi shunday simptomlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan  boshqa yondosh kasalliklarni aniqlash maqsadida patsiyent tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin prostata bezini rektal tekshiruvini o‘tkazish kerak va zarurat bo‘lganda – davolashda boshlashdan oldin va davolash vaqtida bir xil davrdan keyin prostata bezining spetsifik antigen darajasi (PSA) ni aniqlash uchun testni o‘tkazish lozim. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarga preparatni juda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki Tamsulan ATM preparatini bunday patsiyentlarda klinik qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Tamsulozin gidroxloridini CYP 2D6 tomonidan metabolizmi sust bo‘lgan patsiyentlarga CYP 3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan majmuada buyurish mumkin emas. Tamsulozin gidroxloridini CYP 3A4 ning kuchli yoki o‘rtacha ingibitorlari bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (o‘zaro ta’sirga qarang) Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Preparat faqat erkaklarni davolash uchun qo‘llanadi. Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas. Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir etish xususiyati. Preparatni transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashd qobiliyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq patsiyentlar bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligi xaqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi oqibatida AB ni kuchli pasaygan hollarida yurak-qon tomir tizimining normal faoliyatini tiklashga qaratilgan tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak (masalan, bemorni gorizontal xolatg keltirish kerak). Agar bu chora ta’sir qilmasa, infuzion davolash o‘tkaziladi va vazopressor vositalar buyuriladi. Buyrak faoliyatini kuzatish va umumiy tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak. Tamsulozinni qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi tufayli, gemodializ o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Preparatni keyinchalik yana so‘rilishini to‘xtatish maqsadida sun’iy ravishda qusishni chaqirishi mumkin. Preparatning ancha katta qismi bilan doza oshirib yuborilgan, patsiyentda faollashtirilgan ko‘mir va natriy sulfati kabi past osmatik surgi vositalarini qo‘llagan holda me’dani yuvish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan PVX/alyumin folgali kontur-uyali o‘ramda. Kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton korobka qutiga joylangan.

3 yil