Tamsol (Tamsol)retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tamsulozin gidroxloridi – 0,4 mg; yordamchi moddalar: kapsula ichidagisi: kaltsiy stearati, trietilatsetat, talk, 30% metakril kislota dispersiyasi – etakrilat sopolimeri 1:1 (shu jumladan: polisorbat 80, natriy laurilsulfati), mikrokristall tsellyuloza. kapsula qobig‘i: temir (II) oksidi (E172), temir (II, III) oksidi (E172), temir (III) oksidi (E172), titan dioksidi (E171), jelatin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tamsulozin (tamsulosin)

Preparatning savdo nomi:

Tamsol (Tamsol)

Farmakalogik guruhi:

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun vositalar. Alfa-adrenoretseptorlarning antagonistlari.

Dori shakli:

ajralib chiqishi modifikatsiyalangan kapsulalar

Kapsulalar qobig‘i: o‘lchami №2; qopqoqcha: standart jigarrang, tiniq bo‘lmagan C015 (kodi: 08.015), korpusi: tiniq bo‘lmagan jigarrang-sariq rangli C006 (kodi: 35.006).

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun vositalar. Alfa-adrenoretseptorlarning antagonistlari.

G04CA02

So‘rilishi Tamsulozin ingichka ichakda so‘riladi, preparatning biokirishaolishligi 100% ga yaqin. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganda tamsulozinning biokirishaolishligi pasayadi. Patsiyentga tamsulozinni ovqatlangandan keyin ayni bir vaqtda qabul qilishni tavsiya etib, preparatni so‘rilishini o‘zgarmasligini ta’minlash mumkin. Tamsulozinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari proportsional xarakterga ega. Tamsulozin och qoringa bir marta qabul qilingandan keyin plazmadagi tamsulozinning cho‘qqi kontsentratsiyasiga taxminan 6 soatdan keyin erishiladi. Preparatning barqaror kontsentratsiyasiga (muvozanat holatiga) erishish uchun preparatni taxminan 5 kun davomida ko‘p marta qabul qilish talab etiladi, bunda Cmax patsiyentlarda preparat bir marta qabul qilinganda erishiladigan darajaga nisbatan taxminan 2/3 barobar yuqori. Mazkur qonuniyat keksa odamlarda qayd etilganiga qaramay, preparatni qabul qilayotgan yoshlarda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuz berishi kutiladi. Preparat bir marta va ko‘p marta qabul qilingandan keyin uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi uchun jiddiy individual farqlar xosdir. Taqsimlanishi va qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi Odam organizmida tamsulozin plazma oqsillari bilan taxminan 99% ga bog‘lanadi. Preparatni taqsimlanish hajmi katta emas (taxminan 0,2 l/kg). Metabolizmi Tamsulozinning birinchi o‘tish samarasi past, metabolizm sekin kechadi. Tamsulozinning katta qismi plazmada o‘zgarmagan faol modda ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda tamsulozin jigar fermentlari induktsiyasini keltirib chiqargan. In vitro sharoitidagi tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, tamsulozin CYP3A4 va CYP2D6 ishtirokida metabolizmga uchraydi, mazkur jarayonda P450 tsitoxromi tizimining boshqa izofermentlari ancha kam ishtirok etadi. CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari ingibitsiya qilanganda qon zardobida tamsulozin gidroxloridining kontsentratsiyasi oshishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limlariga qarang). Metabolitlarning birontasi ham, preparatning ta’sir etuvchi moddasining faolligidan ortiq faollikka ega emas. Chiqarilishi Tamsulozin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi, bunda o‘zgarmagan preparat ulushi taxminan 9% ni tashkil etadi. Ovqatdan keyin tamsulozin bir marta qabul qilingandan so‘ng va barqaror holatga (muvozanat holatiga) erishilgandan keyin preparatning yarim chiqarilish vaqti tegishli ravishda taxminan 10 soatni va 13 soatni tashkil etishi aniqlangan.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) da dizurik buzilishlarni davolashda qo‘llanadi.

Ichga qabul qilish uchun kapsulalar. Kapsulani suv bilan butunligicha qabul qilinadi. Kapsulani chaynash yoki sindirish mumkin emas, chunki bu preparatniajralib chiqish tezligiga ta’sir qilishi mumkin. Dozalash tartibi: Sutkada bitta kapsula, nonushtadan yoki birinchi ovqatlanishdan keyin buyuriladi. Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar Mazkur yosh toifasida preparatni qo‘llash asoslanmagan. Bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda tamsulozinni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash to‘g‘risida mavjud ma’lumotlar “Farmakodinamikasi” bo‘limida keltirilgan. Buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlar Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar funktsiyasi buzilgan patsiyentlar Jigar funktsiyasi yengil va o‘rtacha og‘ir darajada buzilganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi (yana “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Ta’sir etuvchi moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan dori ta’siridan angionevrotik shishni rivojlanishi yoki “Tarkibi” bo‘limida sanab o‘tilgan yordamchi moddalarning birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Anamnezda ortostatik gipotenziya. Og‘ir jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar faqat kattalarda o‘tkazilgan. Tamsulozinni atenolol, enalapril yoki teofillin bilan bir vaqtda buyurilganda dori vositalarining nohush o‘zaro ta’sirlari qayd etilmagan. Preparatni tsimetidin bilan bir vaqtda qabul qilish qon plazmasida tamsulozinning kontsentratsiyasini oshishiga, furosemid bilan bir vaqtda qabul qilish esa – preparatning plazma kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi, biroq, bunday kontsentratsiyalar ruxsat etilgan darajada qoladi. Shunday qilib, bunday holatlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. In vitro sharoitlarda diazepam, propranolol, trixlormetiazid, xlormadinon, amitriptilin, diklofenak, glibenklamid, simvastatin va varfarin odam qon plazmasida tamsulozinning erkin fraktsiyasi darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. O‘z navbatida, tamsulozin diazepam, propranolol, trixlormetiazid va xlormadinonning erkin fraktsiyasi darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo diklofenak va varfarin tamsulozinning chiqarilish tezligini oshirishi mumkin. Tamsulozin gidroxloridi CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda qon plazmasida tamsulozin gidroxloridining kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Tamsulozin ketokonazol (CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, tamsulozinning AUC va Cmax ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 2,8 marta va 2,2 marta oshgan. CYP2D6 substratlari metabolizmi susaygan patsiyentlarda tamsulozin gidroxloridi va CYP3A4 izofermenti kuchli ingibitorlarini birgalikda qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Tamsulozin gidroxloridi CYP3A4 izofermentining kuchli (masalan, ketokonazol) va o‘rtacha (masalan, eritromitsin) ingibitorlari bilan birgalikda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Tamsulozin paroksetin (CYP2D6 kuchli ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, tamsulozinning Cmax va AUC ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 1,3 marta va 1,6 marta oshgan, ammo mazkur ko‘payish klinik jihatdan ahamiyatsiz deb e’tirof etilgan. α1-adrenoretseptorlarning boshqa antagonistlarini bir vaqtda buyurish arterial bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin.

Boshqa alfa1-adrenoblokatorlarni qabul qilinganda bo‘lgani kabi, tamsulozinni qabul qilish ham ayrim shaxslarda arterial bosimni pasayishiga va kamdan-kam hollarda kollapsni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu arterial bosimni qisqa muddatli pasayishi bilan yuz berishi mumkin. Ortostatik gipotenziyaning dastlabki belgilari (bosh aylanishi, umumiy holsizlik) paydo bo‘lganida, mazkur simptomlar yo‘qolgunga qadar o‘tirish yoki gorizontal holatga o‘tish tavsiya etiladi. Tamsulozin bilan davolash boshlanguncha patsiyent, prostata bezi giperplaziyasi simptomlariga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni istisno qilish uchun tekshirilishi lozim. Davolashni boshlashdan oldin, shuningdek preparat bilan davolash jarayonida vaqti-vaqti bilan barmoqli rektal tekshirishni o‘tkazish, shuningdek zarurat bo‘lganida prostatspetsifik antigen (PSA) darajasini aniqlash tavsiya etiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim, chunki mazkur guruhga mansub patsiyentlarda preparatni qo‘llash o‘rganilmagan. Katarakta yoki glaukoma tufayli jarrohlik operatsiyasigacha yoki operativ aralashish vaqtida tamsulozin qabul qilgan ayrim patsiyentlarda, ko‘zning kamalak pardasi qavati intraoperatsion beqarorligi sindromi (ko‘z qorachig‘i torayishi sindromi (IFIS)) qayd etilgan. IFIS ko‘rish a’zosi tomonidan intraoperatsion va operatsiyadan keyingi asoratlar takrorlanishini ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Katarakta yoki glaukoma tufayli operatsiyalar o‘tkazilishiga 1-2 hafta qolganda tamsulozinni bekor qilish ijobiy samara berganligi to‘g‘risida ayrim ma’lumotlar olingan, ammo mazkur hollarda preparatni bekor qilish ijobiy ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlovchi dalillar hali olinmagan. Bundan tashqari, ayrim patsiyentlarda IFIS rivojlanishi, hatto tamsulozin katarakta operatsiya o‘tkazilishidan 1-2 haftadan ko‘proq muddat oldin bekor qilingan hollarda ham kuzatilgan. Katarakta yoki glaukomani operativ davolash rejalashtirilgan hollarda, tamsulozin bilan davolashni boshlamaslik kerak. Oftalmologlar va oftalmojarrohlar patsiyentni operatsiyaga tayyorlash va operativ aralashuv davrida zaruriy choralarni ko‘rish uchun katarakta yoki glaukomani jarrohlik yo‘li bilan davolash rejalashtirilgan patsiyentlardan, ular tamsulozin qabul qilayotgani yoki qabul qilmayotganini yoxud ilgari qabul qilgani yoki qabul qilmaganini surishtirishlari lozim. CYP2D6 substratlari metabolizmi susaygan patsiyentlarda tamsulozin gidroxloridi va CYP3A4 izofermenti kuchli ingibitorlarini birgalikda qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Tamsulozin gidroxloridi CYP3A4 izofermentining kuchli (masalan, ketokonazol) va o‘rtacha (masalan, eritromitsmin) ingibitorlari bilan birgalikda ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi Tamsulozin ayollarga buyurilmaydi. Qisqa va uzoq muddatli klinik tadqiqotlarda tamsulozin qabul qilinganda eyakulyatsiyani buzilishi to‘g‘risida ma’lumotlar olingan. Bundan tashqari, postregistratsion qo‘llash davrida retrograd eyakulyatsiya yoki eyakulyatsiyani bo‘lmagan hollari qayd etilgan. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri: Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sirini aniqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq patsiyentlar bosh aylanishini rivojlanishi mumkinligi sababli ehtiyotkorlikni namoyon etishlari lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘lik ta’siridan himoyalash uchun original o‘ramida, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlar: Tamsulozin gidroxloridining dozasi oshirib yuborilganda arterial bosimning jiddiy pasayishi yuz berishi mumkin. Bunga o‘xshash samara turli darajada dozani og‘ir oshirib yuborilishi hollarida kuzatilgan. Dozani bilmasdan oshirib yuborilishi natijasida qabul qilingan tamsulozin gidroxloridining maksimal dozasi 12 mg ni tashkil etgan. Bunda patsiyentda shifoxonaga yotqizishni talab qilmagan qattiq bosh og‘rishi avj olgan. Davolash: O‘tkir arterial gipotenziyada yurak-qon tomir tizimining funktsiyasini qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash lozim. Patsiyentni gorizontal holatga keltirish normal arterial bosimni va yurak qisqarishlari sonini tiklashi mumkin. Bunday choralar samara bermagan hollarda, aylanayotgan qon hajmini ko‘paytirishga qaratilgan choralar ko‘rilishi, shuningdek vazopressorlarni yuborish mumkin. Buyrak funktsiyasini dinamik holatida baholash va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash o‘tkazilishi lozim. Tamsulozin oqsillar bilan faol bog‘lanishi tufayli, gemodializ samarasizdir. Me’da-ichak yo‘llaridan preparat so‘rilishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish, shu jumladan qusishni chaqirish maqsadga muvofiqdir. Preparatning yuqori dozalari bilan zaharlanishlarni davolash uchun me’dani yuvishni o‘tkazish, faollashtirilgan ko‘mir yoki natriy sulfati kabi osmotik surgi vositalarini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Retsept bo‘yicha

10 kapsula PVX/PVDX-alyumin folgali blisterda. Bir yoki uchta blister ilova qilingan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.