Tagistaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: ta’sir etuvchi modda: betagistin gidroxloridi 8,0 mg; 16,0 mg; 24,0 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza – 54,75/109,5/164,25 mg, povidon (kollidon 25) – 9,0/18,0/27,0 mg, kartoshka kraxmali – 20,0/40,0/60,0 mg, limon kislotasi – 2,0/4,0/6,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 3,0/6,0/9,0 mg, talk – 2,8/5,6/8,4 mg, magniy stearati – 0,45/0,9/1,35 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

betagistin

Preparatning savdo nomi:

Tagista

Farmakalogik guruhi:

gistamin preparati.

Dori shakli:

tabletkalar.

deyarli oq yoki krem tusli oq rangli, yassitsilindrik, faskali va riskali tabletkalar.

gistamin preparati.

N07CA01]

Tez so‘riladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – past. Qon plazmada maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 3 soat. Buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (2-piridilsirka kislotasi) 24 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi. Yarimchiqarilish davri – 3-4 soat.

kelib chiqishi turlicha bo‘lgan vestibulyar bosh aylanishi davolash va oldini olish;bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, eshitishni zo‘rayib boruvchi pasayishi, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oluvchi sindromlar;Menyer sindromi yoki kasalligi.

Ichga, ovqat vaqtida. Tabletkalar 8 mg: 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta. Tabletkalar 16 mg: ½-1 tabletkada kuniga 3 marta. Tabletkalar 24 mg: 1 tabletkadan kuniga 2 marta. Yaxshilanish odatda davolashning boshidayoq kuzatiladi, turg‘un terapevtik samara ikki hafta davolashdan so‘ng yuz beradi va bir necha oy davolash davomida o‘sib borishi mumkin. Davolash uzoq muddatli. Davolash kursining davomiyligi shaxsiy aniqlanadi.

Me’da-ichak buzilishlari, teri qoplamalari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini paydo bo‘lishi (toshma, qichishish, eshakemi), Kvinke shishi.

preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;18 yoshgacha bo‘lganlar (ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli);homiladorlik va laktatsiya davri (ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli). Ehtiyotkorlik bilan: me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (shu jumladan anamnezdagi), feoxromotsitoma, bronxial astma. Davolash vaqtida ko‘rsatilgan bemorlarni muntazam ravishda kuzatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, tirishishlar. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 8 mg, 16 mg va 24 mg. 10 yoki 30 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 30, 50 yoki 100 tabletkadan polimer bankada. 10 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan, 30 tabletkadan 1, 3 yoki 3 kontur uyali o‘ramdan yoki polimer bankada qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.