Tageraretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: seknidazol – 1 g; Yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy karboksimetilkraxmal, jelatin, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, makrogol-6000, titan dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

seknidazol

Preparatning savdo nomi:

Tagera

Farmakalogik guruhi:

protozoylarga qarshi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq kapsulasimon bir tomoni riskali, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

protozoylarga qarshi vosita.

R01AV07

Ichga qabul qilinganidan so‘ng yaxshi (taxminan 80%) so‘riladi. 2 g seknidazolga teng bo‘lgan doza ichga yuborilganidan so‘ng, zardobdagi maksimal kontsentratsiyasiga uchinchi soatga kelib erishiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 25 soatga teng. Preparat sekin, asosan siydik bilan (yuborilgan dozaning taxminan 50% 1,2 soat davomida) chiqariladi. Seknidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ajralib chiqadi.

Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan uretrit va vaginit;ichak amyobiazi;jigar amyobiazi;lyambliozda qo‘llaniladi.

Tagera preparati, asoratlardan saqlanish uchun shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi. Ichga, ovqatdan oldin, katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yoki yarim suyuq ovqat bilan aralashtirib ichiladi. Trichomonas vaginalis keltirib chiqargan uretrit va vaginit: Kattalarga: bir martalik qabul 2 g bevosita ovqatdan oldin qabul qilinadi. Ichak amyobiazi: Yaqqol simptomlarga ega bo‘lgan o‘tkir amyobiaz (histolytica shakli). Kattalarga: bevosita ovqatdan oldin 2 g bir marta qabul qilinadi. Bolalar: sutkada tana vazniga 30 mg/kg ga teng bo‘lgan bir martalik dozada (davolashning davomiyligi atigi bir kun) qabul qilinadi. Klinik simptomatikasi bo‘lmagan amyobiaz (minuta va cystic shakllari): xuddi shunday sutkalik dozada, biroq 3 kun davomida qabul qilinadi. Jigar amyobiazi Kattalar: sutkada 1,5 g, bir yoki bir necha marta qabul qilishga bo‘linadi, bevosita ovqatdan oldin 5 kun davomida qabul qilinadi. Bolalar: sutkada 30 mg/kg dan, bir yoki bir necha marta qabul qilishga bo‘linadi, bevosita ovqatdan oldin 5 kun davomida qabul qilinadi. Eslatma: jigar amyobiazining yiringlash fazasida seknidazolni drenajlar yordamida yiringni olib tashlash yoki abstsessni olib tashlash bilan birga qabul qilish kerak. Lyamblioz Bolalar: sutkada 30 mg/kg ga teng bo‘lgan bir martalik dozada (davolash davomiyligi atigi bir kun) qabul qilinadi.

Imidazol hosilalarini qabul qilganda kuzatiladigan mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar: eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya samaralar: me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan me’da sohasida og‘riq, og‘izda metall ta’mi, glossit, stomatit kabi buzilishlar, eshakemi, o‘rtacha darajadagi leykopeniya (preparatni qabul qilish tugaganidan so‘ng leykotsitlarning miqdori normaga qaytadi) kuzatiladi; Kam hollarda: bosh aylanishi, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, paresteziya, periferik neyropatiya kuzatiladi. Hozirgi vaqtgacha seknidazolni qabul qilinganda, faqat ovqat hazm qilishni buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya) juda kam kuzatilgan.

imidazolning hosilalariga yoki preparatning biron bir ingradiyentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;markaziy nerv tizimini organik kasalliklari, qon kasalliklari (shu jumladan, anamnezida);3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun va tana vazni 16 kg dan kam bo‘lgan bolalar);homiladorlik;laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Birga qo‘llashdan saqlanish kerak: Disulfiram: psixotik reaktsiyalar, ongni chalkashishi; Alkogol: antabus reaktsiyasi (yuzga “qizib ketish” hissi, qusish, taxikardiya). Alkogolli ichimliklar va alkogol saqlagan dori vositalarni iste’mol qilish mumkin emas. Birga qo‘llashda ehtiyotkorlikni talab qiladigan holatlar: Ichga qabul qilish uchun qo‘llanadigan antikoagulyantlar (masalan, varfarin): antikoagulyant ta’sirini kuchayishi va antikoagulyantning buyrak katabolizmini pasayishi hisobiga qon ketish, havfini oshishi kuzatiladi. Bunday hollarda protrombin vaqtini tez-tez aniqlash va XNN (xalqaro normallashgan nisbat) ni monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi, va zarurat bo‘lganida seknidazol bilan butun davolash kursi davomida, shuningdek davolash tugaganidan so‘ng, yana 8 kun davomida peroral antikoagulyantning dozasini muvofiqlashtirish tavsiya etiladi.

Seknidazol bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Anamnezida qon kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ushbu preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llashni qon formulasini nazoratida o‘tkazgan afzal. Leykopeniyada davolashni davom ettirish ehtimoli, infektsion jarayonni rivojlanish havfiga bog‘liq, Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarning nevrologik statusini har qanday yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab etadi.

Homiladorlik Hozirgi vaqtgacha to‘plangan tajriba, seknidazol homiladorlik vaqtida qo‘llanganida uning fetotoksik ta’sirini va homilada rivojlanish nuqsonlarini shakllanishi uchun qaratilgan ta’sirini baholash uchun yetarli darajada ishonarli emas. Demak, ogohlantiruvchi chora sifatida homiladorlik vaqtida seknidazolni buyurmagan afzal. Laktatsiya Imidazol hosilalarini ona sutiga ajralib chiqishi aniqlangan, og‘iz bo‘shlig‘i va anal sohaning shilliq qavatini kandidozi, shuningdek imidazol hosilalarini (lekin seknidazol emas) qabul qilgan onalarni emgan go‘daklarda diareya hollari qayd etilgan. Demak, bunday hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar shifokorning nazorati ostida bo‘lishlari kerak yoki davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalanmagan joyda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishiga gumon qilinganida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak. Preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak, me’dani yuviz, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

2 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton pachkaga joylanadi. 10 pachkadan karton qutiga joylanadi.

3 yil.