Taflopress Romfarmretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tafluprost – 0,0150mg; yordamchi moddalar: dinatriya edetati – 0,5000 mg, glitserol – 18,0000 mg, borat kislotasi – 5,0000 mg, tiloksapol – 1,5000 mg, polikvaternium-1 – 0,0100 mg, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi – pH 6,0±0,1 gacha, tozalangan – 1,00 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tafluprost

Preparatning savdo nomi:

Taflopress Romfarm

Farmakalogik guruhi:

glaukomaga qarshi preparatlar va miotiklar, prostaglandinlar analogi.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

tiniq, rangsiz eritma.

glaukomaga qarshi preparatlar va miotiklar, prostaglandinlar analogi.

So‘rilishi Tafluprost 0,0015% li ko‘z tomchilari ikkala ko‘zga 8 kun davomida kuniga bir marta tomizilgandan keyin, tafluprost kislotasining plazmadagi kontsentratsiyasi past va 1 va 8 kunlari o‘xshash bo‘lgan. Plazmadagi kontsentartsiyalari doza yuborilgandan keyin 10 minut o‘tgach maksimumga yetgan va preparat yuborilgandan keyin bir soatdan kamroq vaqt aniqlash chegarasidan pastroqqa (10 pg/ml) pasaygan. Smax ning o‘rtacha ko‘rsatkichi (24,4 i 31,4 pg/ml) va AUC0-last (405,9 i 581,1 pg*min/ml) 1 va 8 kunlari o‘xshash bo‘lgan, bu davolashni birinchi haftasi vaqtida dori vositasini turg‘un kontsentratsiyasiga erishishini ko‘rsatadi. Konservantli va konservantsiz dori shakllari orasida tizimli biokiraolishligida hech qanday statistik ahamiyatga ega farqlar aniqlanmagan. Quyonlardagi tadqiqotlarda, konservantli yoki usiz tafluprost 0,0015% li ko‘z tomchilari bir martalik tomizilgandan keyin ko‘z ichki suyuqligida tafluprostni so‘rilishi bir xil bo‘lgan. Taqsimlanishi Maymunlarda nishonlangan tafluprostni iridotsiliar soxada yoki ko‘zning tomirli pardasida, shu jumladan to‘r pardaning pigmentli epiteliysida maxsus taqsimlanishi bo‘lmagan, bu preparatni melanin pigmentiga yaqinligini ko‘rsatadi. Kalamushlarda o‘tkazilgan avtoradiografik tadqiqotlarda radiofaollikni eng yuqori kontsentratsiyasi shox pardada, so‘ng qovoqlarda, sklerasida, kamalak pardada kuzatilgan. Ko‘zdan tashqarida radiofaollik ko‘z yoshi apparatiga tanglay, qizilo‘ngach va me’da ichak yo‘llari, buyrak, jigar, o‘t pufagi va qovuqda taqsimlangan. Tafluprost kislotasini in vitro sharoitida odam zardob albumini bilan tafluprost kislotasini 500 ng/ml da bog‘lanishi 99% ni tashkil qilgan. Biotransformatsiyasi In vitro sharoitida tekshirilgan odamlarda tafluprostni asosiy metabolik yo‘li tafluprost kislotasini farmakologik faol metaboliti xosil bo‘lishi bilan gidroliz xisoblanadi, u keyinchalik glyukuronizatsiya yoki beta-oksidlanish orqali metabolizmga uchraydi. Beta-oksidlanish maxsulotlari, farmakologik nofaol xisoblanadigan tafluprost kislotasining 1,2-dinor i 1,2,3,4-tateranor metabolitlari glyukuronizatsiyasi yoki gidroksilizatsiyasiga uchrashi mumkin. Tsitoxrom P450 (CYP) ferment tizimi tafluprost kislotasining metabolizmida ishtirok etmaydi. Quyonning shox pardasi to‘qimalari va tozalangan fermentlar bilan tadqiqotlarida, shu aniqlanganki murakkab efirni tafluprost kislotasigacha gidrolizi uchun javob beradigan asosiy esteraza – karboksilesteraza ekanligi aniqlangan. Atsetilxolinesteraza emas balki butirilxolinesteraza xam gidrolizga yordam berishi mumkin. Chiqarilishi 3H-tafluprost (0,005% ko‘z tomchilari; 5 mkl/ko‘z) kuniga bir marta 21 kun davomida kalamushlarning ikki ko‘ziga yuborilgandan keyin, radiofaol dozaning umumiy xajmidan taxminan 87% ahlatda aniqlangan. Siydik bilan chiqariladigan umumiy dozaning foizi taxminan 27-38% ni tashkil qiladi va dozaning taxminan 44-58% ahlat bilan chiqariladi.

ochiq burchakli glaukoma va oftalmogipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda ko‘zni ichki bosimini oshishi;monoterapiya sifatida quyidagi patsiyentlarda:gipotenziv davolashda birinchi qator preparatlariga reaktsiya yetishmovchiligi bilan, birinchi qator preparatlarini o‘zlashtiraolmasligi yoki ushbu preparatlarga qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar mavjudligida;beta-blokatorlarga qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llanadi. Taflopress Romfarm 0,015 mg/ml ko‘z tomchilari, eritma 18 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan.

Tavsiya etilgan doza Taflopress Romfarm preparatini bir tomchisi shikastlangan ko‘zning (ko‘zlarning) kon’yunktiva bo‘shlig‘iga kuniga bir marta kechqurun tomizish xisoblanadi. Dozani kuniga bir marta oshirish mumkin emas, chunki tez-tez qo‘llanishi ko‘zni ichki bosimini pasayishi samarasini kamaytirishini mumkin. Keksa odamlarda qo‘llanishi Keksa patsiyentlarda dozani o‘zgartirish zarurati yo‘q. Bolalar 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tafluprostni xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma’lumotlar yo‘q. Buyrak/jigar yetishmovchiligida qo‘llanilishi Tafluprost jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda teshirilmagan va shuningdek ushbu guruh patsiyentlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak.

Klinik tadqiqotlarda 1200 patsiyentdan ortiq, yoki monoterapiya sifatida, yoki 0,5% li timololga qo‘shimcha davolash sifatida tafluprost bilan davolangan. Davolash bilan bog‘liq ko‘proq tez-tez ma’lumot ko‘z giperemiyasi nojo‘ya holati bo‘lgan. Ular Yevropa va AQSH da tafluprostni klinik tadqiqotlarida ishtirok etuvchi taxminan 13% patsiyentda paydo bo‘lgan. Ko‘pgina xollarda ko‘z giperemiyasi yengil darajada bo‘lagan va muxim tadqiqotlarda ishtirok etuvchi o‘rtacha 0,4% patsiyentlarda davolashni bekor qilishga olib kelgan. Davolash bilan bog‘liq keyingi nojo‘ya samaralar Yevropada va AQSH da tafluprost bilan klinik tadqiqotlar vaqtida keyingi 12 oy kuzatuvda ma’lum bo‘lgan: Har bir nojo‘ya reaktsiyalarni tez-tezligi toifalari kamayish tez-tezligi tartibida ko‘rsatilgan.

Tafluprost ta’sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalarining birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Odam organizmida o‘zaro ta’sirlar kutilmaydi, chunki ko‘zga tomizilgandan keyin tafluprost tizimli kontsentratsiyasi nihoyatda past hisoblanadi. Shunday qilib, konkret o‘zaro ta’sir tadqiqotlari tafluprostni boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri o‘tkazilmagan. Klinik tadqiqotlarda tafluprost timolol bilan bir vaqtda o‘zaro ta’sir belgilarisiz qo‘llangan.

Davolashni boshlashdan oldin, patsiyentlar kipriklarni o‘sishi imkoni haqida, qovoq terisini to‘qlashishi va kamalak parda pigmentatsiyasini oshishi haqida xabardor bo‘lishlari kerak. Bu o‘zgarishlardan ayrimlari permanentli bo‘lishi mumkin va agar preparat faqat bir ko‘zga tomizilsa ko‘zlar o‘rtasida farq paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Kamalak parda dog‘lari o‘zgarishi asta-sekin yuz beradi va bir necha oy davomida sezilarsiz bo‘lishi mumkin. Ko‘z rangini o‘zgarishi asosan aralash rangli kamalak pardasi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi, masalan ko‘k-jigarrang, kul rang-jigarrang, sariq-jigarrang va yashil-jigarrang. Ko‘zlar o‘rtasida geteroxromiya xavfi, butun hayot davomida bo‘lishi shubhasizdir. Neovaskulyar, yopiqburchakli, torburchakli yoki tug‘ma glaukomada tafluprostni qo‘llanilishi tajribasi yo‘q. Afakiyali, dog‘li yoki psevdoeksfoliativ glaukomali patsiyentlarda tafluprostni qo‘llash faqat chegaralangan tajribasi mavjud. Afakiya patsiyentlarda, psevdofakiya patsiyentlarda ko‘z gavhari orqa kapsulasini yirtig‘i yoki ko‘z oldi kamerasiga ko‘z gavhari implantatsiyasi yoki makula yoki irit/uveit kistoz shishini rivojlanishi xavf omili ma’lum patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Og‘ir astmasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashda hech qanday tajribasi yo‘q. Bunday patsiyentlar davolashni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Tug‘ruq yoshidagi ayollar/kontratseptsiya Tug‘ruq yoshidagi ayollar agar muvofiq kontratseptsiya choralari qo‘llanmasa tafluprostni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik Tafluprostni homilador ayollarda qo‘llanilishi xaqida yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Tafluprost homiladorlikka va/yoki homila/yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nojo‘ya farmakologik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko‘rsatdi. Shunday qilib, Taflopress Romfarmni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas, agar bu qat’iy zarur bo‘lgan holdagina istisno qilib bo‘lmaydi (boshqa davolash choralari bo‘lmasa). Emizish Tafluprost yoki uning metabolitlari ko‘krak sutiga o‘tishi ma’lum emas. Kalamushlardagi tadqiqotlar tafluprostni va/yoki uning metabolitlarini mahalliy qo‘llangandan keyin ko‘krak sutiga chiqarilishini ko‘rsatdi. Shu tariqa, tafluprost tafluprostni ko‘krak bilan emizish vaqtida qo‘llash mumkin emas. Fertillik Urg‘ochi va erkak kalamushlarda vena ichiga tafluprostni kuniga 100 mkg/kg gacha dozada yuborilganda urug‘lanish va fertillik qobiliyati aniqlanmagan.

2-8°C haroratda saqlansin, original o‘ramda.

Dozani oshirib yuborilish holatlari haqida xabar bo‘lmagan. Ko‘zga tomizilgandan keyin dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborilish hollarida davolash simptomatik bo‘lishi kerak.

Retsept bo‘yicha

0,015 mg/ml li ko‘z tomchilari. 2,5 ml dan eritma 5 ml sig‘imli polimer qopqoqli ximoya xalqasi bilan polimer flakon-tomchilagichga joylangan. Bir flakon-tomchilagichdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil. Flakon ochilgandan keyin 4 hafta davomida qo‘llash kerak.