TAD 600retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kukunli flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda – glutation natriyli tuzi 0,646 g

Preparatning savdo nomi:

TAD 600

Farmakalogik guruhi:

antidotlar

Dori shakli:

vena ichiga yuborishga eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun.

oq rangdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan kristall, gigroskopik kukun. Tayyorlangan eritma – rangsiz och sariq ranggacha bo‘lgan tiniq rangsiz suyuqlik.

antidotlar

V03AB32

2 g/m2 glutation vena ichiga yuborilgandan so‘ng, umumiy glutationning plazmadagi kontsentratsiyasi 17,5±13,4 mmol/l dan 823±326 mmol/l gacha oshgan. Ekzogen glutationning umumiy taqsimlanishi 176±107 ml/kg ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri 14,1±9,2 minutni tashkil etadi. Infuziyadan keyin qon plazmasida tsisteinning kontsentratsiyasi 8,9±3,5 mmol/l dan 114±45 mmol/l ga oshgan. Tsisteinning kontsentratsiyasini oshishiga qaramasdan, qon plazmasida umumiy tsistein, tsistin va aralash disulfidlarning umumiy kontsentratsiyasi kamaygan, bu hujayralar ichida tsisteinning transport hususiyatlarini oshishidan dalolat beradi. Glutation va tsisteinning siydik ekskretsiyasi 300% ga oshgan va inyektsiyadan so‘ng 90 minut davomida muvofiq 10% ga oshgan.

tsisplatin yoki boshqa yaqin birikmalar bilan kimyoterapiya o‘tkazilganida kuzatiladigan neyrotoksiklikni oldini olish uchun;turli etiologiyali gepatopatiyalar, shu jumladan alkogol hamda dori vositalari oqibatida rivojlangan gapetopatiyalarda qo‘llanadi.

Odatda tsisplatin va unga yaqin birikmalar bilan ximiyaterapiya olayotgan patsiyentlar uchun TAD 600 ning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 1,5 g/m² ni tashkil etadi (bu 2,5 g ga to‘g‘ri keladi), vena ichiga sekin yuboriladi. Biroq preparatning dozasi bemorning yoshi, og‘irligi va klinik holatiga, shuningdek kimyoterapevtik vositalarning dozasi va yuborish jadvaliga bog‘liq bo‘ladi. Glutation va kimyoterapevtik vositalar bir vaqtda qo‘llanganida, TAD 600 ni vena ichiga kimyoterapiya boshlanishidan 15-30 minut oldin yuborilishi kerak. Uzoq muddat davolanganda preparatning dozasini pasaytirish (600 mg yoki 300 mg) mumkin, u mushak ichiga yoki vena ichiga sekin yuborilishi mumkin.

Bo‘lishi mumkin: isitmani ko‘tarilishi oqibatidagi reaktsiyalar, venoz tromboz yoki flebit va inyektsiya qilingan joyga qon quyilishi. Kam hollarda: teri toshmasi, davolash tugaganidan so‘ng yo‘qolgan, inyektsiya qilingan joyda o‘rtacha og‘riq bo‘lishi mumkin.

Preparatning faol komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Glutation bilan farmakologik o‘zaro ta’sirlar yuzasidan adabiyotlarda qayd etilgan ma’lumotlar yo‘q. TAD 600 tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida kimyoterapevtik preparatlarning terapevtik faolligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Vena ichiga yuborilganida noxush reaktsiyalar kuzatilganida, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Ogohlantirish: parenteral yuborish uchun mo‘ljallangan preparatda zarrachalarni borligi va ranggini o‘zgarganligini imkon boricha aniqlash uchun, uni yuborishdan oldin vizual ko‘ruv o‘tkazish kerak. Eritma xira yoki ichida quyqalar bo‘lganida ishlatish mumkin emas. Bolalarda qo‘llanishi Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda dori vositasini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Homiladorlik va laktatsiya davri Mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, keyinchalik fiziologik modda bo‘lishi mumkin bo‘lgan glutation hujayralarda mavjud bo‘ladi, homiladorlikda yoki emizish davrida ayollarda noxush samaralarni chaqirmasligini ko‘rsatdi. Klinik oldi tadqiqotlar, homiladorlik, embrional/qorinda rivojlanishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishiga nisbatan bilvosita yoki bevosita zararli ta’siri borligini ko‘rsatmadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: dozani oshirib yuborilishini hech bir holati qayd etilmagan. Davolash: zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

Preparat 0,646 g dan tiniq shisha flakonga joylangan, rezina tiqin bilan yopilgan va alyumin qopqoqcha bilan mahkamlangan. Erituvchi 4 ml dan tiniq shisha flakonga quyilgan, rezina tiqin bilan yopilgan va alyumin qalpoqcha bilan mahkamlangan. 10 preparatli flakon 10 erituvchili flakon bilan birga va davlat hamda rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

5 yil.