Supraksretsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Supraks

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik-tsefalosporin.

Dori shakli:

kapsulalar

Binafsharang, qopqoqchali va oq korpusli “0” o‘lchamli kapsulalar, kapsula ichidagisi sarg‘ish-oq rangli kukun va mayda granulalar aralashmasi. Kapsulaning qopqoqchasiga ozuqa siyohi bilan N808 kodi bosilgan.

Antibiotik-tsefalosporin.

J01DD08

Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi: faringit, tonzillit, sinusit;o‘tkir va surunkali bronxit;o‘rta otit;siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalari;asoratlanmagan gonoreya.

Ichga buyuriladi. Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan 12 yoshdan oshgan bolalar uchun o‘rtacha sutkalik doza – 400 mg sutkada 1 marta. Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi – 7-14 kun. Streptococcus pyogenes chaqirgan kasalliklarda davolash kursi – 10 kundan kam emas. Asoratlanmagan gonoreyada – 400 mg bir marta. KK minutiga 60 ml dan kam bo‘lgan buyrak faoliyatini buzilishida, gemodializ yoki peritoneal dializdagi patsiyentlarga ichga qabul qilish uchun suspenziya shaklidagi Supraks® preparatini qabul qilish tavsiya qilinadi.

Allergik reaktsiyalar: eshakemi, terining giperemiyasi, terini qichishishi, eozinofiliya, isitma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktik shok. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, meteorizm, qorinda og‘riq, disbakterioz, jigar faoliyatini buzilishi, xolestaz, xolestatik sariqlik, kandidoz, kam hollarda – stomatit, glossit, soxtamembranoz enterokolit. Qon yaratish a’zolari tomonidan: pantsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, qon ketishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, buyrak faoliyatini buzilishi. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: vaginit, jinsiy a’zolarni qichishi. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, mochevina azotini oshishi, giperkreatininemiya, protrombin vaqtini oshishi. Boshqalar: kandidoz, hansirash, V gipovitaminozini rivojlanishi.

Tsefalosporinlar va penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, KK minutiga 60 ml dan kam bo‘lgan buyrak faoliyatini buzilishida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: keksalik yoshi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, soxtamembranoz kolit (anamnezdagi).

Anamnezida penitsillinlarga allergik reaktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, tsefalosporin antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Preparat uzoq muddat qo‘llanganida ichakning normal mikroflorasi buzilishi mumkin, bu esa Clostridium diffecile ni o‘sishiga olib kelishi va og‘ir diareya va soxtamembranoz kolitni chaqirishi mumkin. Davolash vaqtida Kumbsning soxtamusbat reaktsiyasi va siydikni glyukozaga soxtamusbat reaktsiyasi bo‘lishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘illanish qobiliyatiga ta’siri Tsefiksimni qabul qilayotgan patsiyentlar transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda nojo‘ya samaralarning profilini hisobga olib, psixomator reaktsiyalarning tizimini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka amal qilishlari lozim.

Homiladorlik davrida ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina preparatni qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Simptomlari: nojo‘ya reaktsiyalarni, allergik reaktsiyalardan tashqari, reaktsiyalarni kuchayishi ayniqsa MIY tomonidan. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik va bir maromda ushlab turuvchi davolash, zarurati bo‘lganida antigistamin preparatlar, glyukokortikosteroidlar, epinefrin, norepinefrin, dopamin, oksigenoterapiya, infuzion eritmalarni quyish, o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasini o‘tkazish. Tsefiksim gemo- yoki peritoneal dializ yo‘li orqali aylanayotgan qondan katta miqdorda chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

Kapsulalar, 400 mg. Birlamchi o‘ram: 6 kapsuladan PVX-plyonka va alyuminiy folga blisterda. Ikkilamchi o‘ram: 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.