Supervelgra 100retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 100 mg sildenafil; 60 mg dapoksetin; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, tozalangan suv, laktoza, natriy kroskarmelloza, gidroksipropiltsellyuloza, izopropil spirti, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, magniy stearati, gipromelloza (Ye15), polietilenglikol (6000), titan dioksidi, Color brilliant blue FCF lake bo‘yovchisi, dixlormetan, Color indigo carmine lske bo‘yovchisi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sildenafil va dapoksetin

Preparatning savdo nomi:

Supervelgra-100

Farmakalogik guruhi:

potentsiyani muvofiqlashtirish uchun vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

moviy rangli, romb shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “100” gravirovkasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar.

potentsiyani muvofiqlashtirish uchun vosita.

G04BE03.

Supervelgra turli og‘irlik darajadagi erektil disfunktsiyasi va muddatidan oldingi eyakulyatsiyasi, shuningdek ularni qo‘shilishi bo‘lgan 18 yoshdan katta erkaklarga buyuriladi.

Preparat ichga 1 tabletkadan kuniga 1 marta mo‘ljallangan jinsiy yaqinlikdan bir-ikki soat oldin qabul qilinadi. Tabletkani yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilish kerak.

Preparat qo‘llash uchun xavfsiz hisoblanadi, lekin kam hollarda vaqtinchalik xarakterli quyidagi nojo‘ya ta’sirlari kuzatilishi mumkin: bosh og‘rig‘i, yuzga qon oqib kelishi, burun bitishi, dispepsiya, diareya, ko‘ngil aynishi. Bu tarqalgan nojo‘ya ta’sirlari suvsizlanish bilan bog‘liq va odatda suvni iste’mol qilishni ko‘paytirishi hisobiga kamaytiriladi. Kamroq tarqalgan nojo‘ya ta’sirlari: tasvirni yoyilishi, havorang va yashil ranglarni ko‘rishni o‘zgarishi ko‘rinishidagi ko‘rishni ahamiyatsiz yomonlashishi, yorug‘likka sezuvchanlik. Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlari xavfli emas va odatda preparatni qabul qilishga moslashgan sari kamayib boradi. Odatda, bunday hollarda preparatni qabul qilishni bekor qilish talab etilmaydi. Jiddiy nojo‘ya samaralari (juda kam hollarda uchraydi): 4 soatdan ko‘proq erektsiya (priapizm), ko‘rishni ahamiyatli pasayishi yoki yo‘qotilishi, eshitishni ahamiyatli pasayishi yoki yo‘qotilishi. Bunday nojo‘ya samaralari juda kam hollarda uchraydi. Yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan biri yoki bir nechtasi kuzatilganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va darxol shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

Hozirgi vaqtda dapoksetin bilan rasmiy qayd etilgan dorilarning o‘zaro ta’sirini hollari mavjud emas. Quyidagi dori vositalari bilan preparatni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas: Nitroglitserin (trinitronol), izosorbit mononitrati, nitratlarni saqlovchi har qanday boshqa preparatlar, shu jumladan popperslarni; nitroprussid natriy; amilnitrit (popperslar); zamburug‘larga qarshi preparatlar yoki itrakonazol, ketokonazol (zamburug‘li kandidozni davolash uchun kremlar xavfsiz hisoblanadi) kabi antimikotiklar; mibefradil; eritromitsin; tsimetidin; riqampitsin; antidepressantlar, SQQOSI, SNRI, litiy; tritsiklik antidepressantlar: monooksidaza ingibitorlari (MAO); serotonin guruhining barcha dorilari va asosan seratoninergik jarayonlarga ta’sir qiluvchi vositalar, shu jumladan L-triptofan, triptan, trabadol, linezolid, dalachoy; CYP3A4 ingibitorlari; proteaza ingibitorlari va OITV va boshqa viruslarni davolash uchun polimeraza ingibitorlari.

Preparat jigar faolliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek bir vaqtda tsitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (masalan, eritromitsin, sakvinavir) qabul qilayotgan bemorlarda sildenafilning plazmadagi miqdorini oshishi yuz beradi. Bu preparatning samarasini oshiribgina qolmay, balki nojo‘ya samaralarni ham paydo bo‘lishini chiqarishi mumkin. Bunday guruh bemorlarga preparatni sutkada 25 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Preparat bosh aylanishini va ko‘rishning buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanishdan oldin, patsiyentlar preparatga nisbatan o‘z reaktsiyalarini baholashlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Sog‘lom ko‘ngillilardagi tadqiqotlarda preparatni bir martalik 800 mg gacha dozada qabul qilinganidagi nojo‘ya ta’sirlari, uning kam dozada qabul qilinganidagilari bilan deyarli mos keladi, ammo nisbatan ko‘proq  uchraydi. Davolash: zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ preparatning klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog‘lanib, siydik bilan chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

4 tabletka blister o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramga joylangan.

36 oy.