Sulfokamfokain Darnitsaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma saqlaydi: faol moddalar: 49,6 mg DL sulfokamfora kislotasi, 50,4 mg novokain asosi; yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Sulfokamfokain-Darnitsa

Farmakalogik guruhi:

nafas analeptiklari.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

nafas analeptiklari.

R07A B.

Sulfokamfokain-Darnitsa preparati teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga yuborilganida tez so‘riladi. Organizmda metabolizm jarayonida oksidlanishga va glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiyaga uchraydi. Metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi, bunda siydik preparat hidiga ega bo‘ladi Qisman chiqarilayotgan nafas bilan, nafas yo‘llari va safro bilan chiqariladi.

O‘tkir va surunkali nafas yetishmovchiligi; geriatriyada o‘tkir yurak yetishmovchiligi; pnevmoniyada va boshqa infektsion kasalliklarda nafasni susayishi; kardiogen va anafilaktik shok; alkogol bilan zaharlanish, uxlatuvchi vositalar bilan zaharlanishning yengil shakllari.

Preparatni teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga (sekin, oqim bilan yoki tomchilab) kattalarga 2 ml bir martalik dozada buyuriladi. Suyultirish uchun natriy xloridining 0,9% eritmasini qo‘llash kerak. Zarurati bo‘lganida preparatni sutkada 2-3 marta qo‘llash mumkin. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 12 ml. O‘tkir holatlarda preparat vena ichiga yuborilsin. Surunkali nafas yetishmovchiligi va yurak yetishmovchiligida preparat mushak ichiga yoki teri ostiga qo‘llaniladi. Davolash kursi 20-30 kunni tashkil qilishi mumkin.

Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan: metgemoglobinemiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, yurakni urib ketishi, ko‘krak qafasda og‘riq. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, tirishishlar. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: dispepsik buzilishlar. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik shok, teri toshmalari, qichishish, giperemiya, eshakemi. Boshqalar: isitma, ixtiyorsiz siyish.

Kamforaga, novokainga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tutqanoq, tirishish reaktsiyalariga moyillik.

Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagilar bo‘lishi mumkin: markaziy nerv tizimini susaytiruvchi preparatlar bilan – bu preparatlarning ta’siri susayadi; antixolinesteraz vositalar bilan – bu vositalarning ta’siri susayadi; suksametoniy bilan – suksametoniy chaqirgan nerv-mushak blokadasi uzayadi; MAO ingibitorlari bilan – arterial gipertenziya xavfi oshadi; yurak glikozidlari, siydik haydovchi vositalar, analgetiklar, steroid gormonlar bilan – sulfokamfokainning analeptik ta’siri kuchayadi; Preparat ba’zida 5-ftoruratsil bilan kimyooterapiya o‘tkazilganda nojo‘ya samaralarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Preparatni qo‘llash vaqtida alkogolni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Arterial gipotenziyasi (novokainni gipotenziv ta’siri) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Dalillarga asoslangan tibbiyotda Sulfokamfokain-Darnitsani homiladorlik davrida qo‘llanilishi haqida obyektiv ma’lumot yo‘q, shuning uchun homiladorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni emizish davrida ona sutiga kirishini inkor qilib bo‘lmaydi, shuning uchun preparatni qo‘llashda emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar. Preparat bolalarda qo‘llanmaydi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, bosh aylanishini paydo bo‘lishi hollarida esa diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, o‘tkir zaharlanishda – yuzni qizarishi, patologik harakat faolligi, alahsirash, tutqanoqsimon tirishishlar. Davolash: antipsixotik va tirishishga qarshi vositalar. Yaqqol psixomotor qo‘zg‘alishda – trankvilizatorlar yoki tinchlantiruvchi vositalar qo‘llanadi.

Retsept bo‘yicha

2 ml dan ampulada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida; 10 ampuladan qutida.

3 yil.