Sulfatsil natriyaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: sulfatsetamid natriy – 200 mg; yordamchi moddalar: natriy tiosulfati – 1,5 mg, xlorid kislotasining 1 M eritmasi – rN 7,7-8,7 gacha, tozalangan suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sulfatsetamid

Preparatning savdo nomi:

Sulfatsil-natriya

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vosita (sulfanilamid).

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

antibakterial sintetik vosita (sulfanilamid).

S01AB04

Mahalliy qo‘llanilganda shox paradada (taxminan 3 mg/ml), old kamera suyuqligida (taxminan 0,5 mg/ml) va kamalak pardada (taxminan 0,1 mg/ml) sulfanilamidlarning Smax ga applikatsiyadan keyin birinchi 30 minutda erishiladi. Oz miqdori (0,5 mg/ml dan kam) ko‘z olmasi to‘qimalarida 3-4 soat davomida saqlanadi. Shox parda epiteliysi shikastlanganda sulfanilamidlar penetratsiyasi kuchayadi.

Kon’yunktivit, blefarit, shox pardaning yiringli yarasi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish va davolash, kattalarda gonoreyali va xladimiyali kasalliklarda qo‘llanadi.

Kon’yunktival qopchaga 1-2 tomchidan sutkada 5-6 marta tomiziladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish uchun – har bir kon’yunktival qopchaga bevosita tug‘ilgandan keyin 2 tomchidan va 2 soatdan keyin 2 tomchidan tomiziladi.

Achishish, ko‘z yoshi oqishi, sanchiq, ko‘zlarda qichishish, allergik reaktsiyalar.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Prokain va tetrakain bilan birga qo‘llash sulfatsil natriyning bakteriostatik samarasini pasaytiradi. Sulfatsil natriyni kumush tuzlari bilan birga qo‘llanilganda nomutanosiblik kuzatiladi. Xloramfenikol bilan bir vaqtda buyurish xloramfenikolning nojo‘ya ta’siri rivojlanishi xavfini oshiradi.

Furosemid, tiazid diuretiklar, sulfonilmochevina hosilalari yoki karboangidraza ingibitorlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda sulfatsetamidga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik, emizish vaqtida qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Agar kutilgan davolovchi samara bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfidan yuqori bo‘lsa, homiladorlar va emizikli onalarni davolash uchun sulfatsetamidni davolovchi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Sulfonilamidlar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajraladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

Shifokor retseptisiz

Ko‘z tomchilari 20%. 5, 10 ml dan tomchilagich-tiqin va qopqoqcha bilan germetik berkitilgan steril polimer flakon-tomchilagichda. 5, 10 ml dan buraladigan qopqoqcha bilan germetik berkitilgan, Botellpack ishlab chiqarish liniyasida “blow-fill-seal” “pushlash-to‘ldirish-payvandlash” texnologiyasi asosida tayyorlangan steril polimer flakon-tomchilagichda. 1 polimer flakon-tomchilagichdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil. Flakon-tomchilagich ochilgandan keyin 30 sutka davomida ishlatilsin.