Sulfatsil rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml tomchi quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 100% moddaga qayta hisoblaganda 200 mg yoki 300 mg sulfatsil natriy; Yordamchi moddalar: natriy tiosulfati; rN 8,0 gacha 1 M xlorid kislotasi; inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Sulfatsil

Farmakalogik guruhi:

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Sulfanilamidlar.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Sulfanilamidlar.

S01A B04.

Preparatning ta’siriga sezgir bakteriyalar chaqirgan ko‘zning infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: kon’yunktivitlar, blefaritlar, shox pardaning yiringli yaralari, kattalar va bolalardagi ko‘zning gonoreyali kasalliklari. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish.

Kattalarga Sulfatsilning 300 mg/ml eritmasi shikastlangan ko‘zga 2-3 tomchidan sutkada 5-6 marta (har 4-5 soatda) qo‘llanadi. Bolalarga Sulfatsilning 200 mg/ml eritmasi shikastlangan ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 4-5 marta qo‘llanadi. Davolash kursining davomiyligini kasallikning xarakteri va og‘irligiga qarab shifokor belgilaydi. Kursning o‘rtacha davomiyligi – 7-10 kun. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish uchun, bevosita tug‘ilganidan keyin har bir ko‘zga Sulfatsilning 300 mg/ml eritmasi 2 tomchidan tomiziladi, so‘ngra 2 soat o‘tgach 2 tomchidan tomiziladi.

Ayrim hollarda ko‘z to‘qimalarini ta’sirlanishi (qizarish, qichishish, qovoqlarni shishi, achishish, ko‘z yoshini oqishi), allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Anamnezidagi preparatning komponentlariga va sulfanilamidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Novokain, dikain, anestezin bilan birga qo‘llanganida bakteriostatik samarasi kamayadi; difenin, PASK, salitsilatlar Sulfatsilning toksikligini kuchaytiradi; bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlar bilan qo‘llanganida ularning spetsifik faolligi oshadi. Sulfatsil mahalliy qo‘llanganida kumush tuzlari bilan nomutanosib.

Furosemid, tiazid diuretiklar (gidroxlorotiazid), sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid), karboangidraza ingibitorlariga (diakarb) yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar, Sulfatsilga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lishlari mumkin. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida Sulfatsil terapevtik dozalarda faqat shifokorning buyurishi bo‘yicha “xavf/foyda” nisbatini hisobga olib qo‘llanadi. Bolalar. Preparat bolalarni davolash uchun qo‘llanadi. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Aniqlanmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 8ºS dan 15ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Preparat tez-tez qo‘llanganida qovoqlarni qizarishi, qichishishi, shishi, ko‘zning shilliq qavatini ahamiyatli darajada ta’sirlanishi mumkin. Bunday hollarda davolash Sulfatsilning pastroq kontsentratsiyasi bilan davom ettiriladi, zarurati bo‘lgan holda preparat bekor qilinadi va simptomatik davolash buyuriladi.

Retseptsiz

5 yoki 10 ml dan flakonda. 1 flakondan qutida.

2 yil. Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati – 28 sutka.