Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Faol modda: Streptotsid – 300 mg yoki 500 mg.
Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 330 mg gacha yoki 350 mg, stearin kislotasi – 330 yoki 350 mg.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Culfanilamid
Preparatning savdo nomi:
Streptotsid-Remedy
Farmakalogik guruhi:
Mikrobga karshi vosita (sulfanilamidlar).
Dori shakli:
Tabletka
Oq rangli, yassi yuzali, faskali, bir tomonida riskali tabletka.
Mikrobga karshi vosita (sulfanilamidlar).
J01EB06
Me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va nisbatan tez chiqariladi.
Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga 2-3 soatdan keyin erishiladi.
Qisman plazma albuminlari bilan bog‘lanadi.
Gemotoentsefalik to‘siqdan, yo‘ldoshdan o‘tadi, tananing seroz bo‘shliqlarda to‘planadi.
8-20 soatdan keyin preparatning plazmadagi kontsentratsiyasini 50% ga kamayishi yuz beradi.
Jigarda atsetil guruhini qo‘shilishi orqali metabolzmga uchraydi.
Asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Anginani, saramasli yalliglanishni, tsistitni, piyelitni, enterokolitni davolashda qo‘llanadi.
Yarali infektsiyalarni, teri va shilliq qavati infektsion kasalliklarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Ichga buyuriladi, chaynamasdan yetarli mikdordagi suyuqlik (1 stakan) bilan ichish kerak.
Kattalarga 0,5-1,0 g dan kuniga 5-6 marta, ja’mi, sutkada 3-6 g; 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir qabulda 0,05-0,1 g dan, 2 yoshdan 5 yoshgacha-0,2-0,3 g, 6 yoshdan 12 yoshgacha-0,3-0,5 g dan tavsiya etiladi.
Kattalar uchun bir martalik eng yuqori doza 2 g, sutkalik-7 g ni tashkil qiladi.
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, tsianoz, allergik reaktsiyalar, leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, gipoprotrombinemiya, agranulotsitoz, paresteziyalar va taxikardiya xolatlari kuzatilishi mumkin.
Nefrotoksik reaktsiyalar, ko‘rishni buzilishlari kam xollarda uchraydi.
Uzoq vaqt davolanganda qon manzarasini, buyrak va jigar faoliyatini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Buyrak faoliyati buzilishlarida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Davolash davrida is’temol qilinadigan suyuqlik xajmini oshirish lozim bo‘ladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.