Strepsils rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni salaydi: faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,2 mg, amilmetakrezol – 0,6 mg; yordamchi moddalar: shimish uchun tabletkalar [limonli]: 26 mg uzum kislotasi, 4,16 mg limon aromatizatori 74940-74, 0,01 mg sariq xinolin bo‘yovchisi (Ye104), 2 mg natriy saxarinati, 1834,296 mg izomaltoza, 2,35 g tabletka hosil bo‘lgunigacha 458,57 mg maltitola siropi -. shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]: 26 mg uzum kislotasi, 9,1 mg qulupnay aromatizatori (Flav P 052312V), 0,1 mg pushti antotsianin bo‘yovchisi P-WS (Ye163), 2 mg natriy saxarinati, 1830 mg izomaltoza, 2,35 g tabletka hosil bo‘lgunigacha 458 mg maltitola siropi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amilmetakrezol+dixlorbenzil spirti

Preparatning savdo nomi:

Strepsils

Farmakalogik guruhi:

antiseptik vosita.

Dori shakli:

shimish uchun tabletkalar [limonli], shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]

Shimish uchun tabletkalar [limonli]: sariq, dumaloq, ikki tomonida S harf tasviri bo‘lgan, yarim tiniq karamel massali tabletkalar. Oq karash, bo‘yalishi notekis, karamel massasida havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini bir oz notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]: pushti rangli, dumaloq, ikki tomonida S harf tasviri bo‘lgan, yarim tiniq karamel massali tabletkalar. Oq karash, bo‘yalishi notekis, karamel massasida havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini bir oz notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

antiseptik vosita.

R02AA20

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash (tomoqda og‘riqni yengillashtiradi va ta’sirlanishni yengillashtiradi). Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin (tarkibida qand saqlamaydi).

Mahalliy qo‘llanadi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar bir tabletkadan har 2-3 soatda sekin shimiladi. 24 soat davomida 8 tabletkadan ortiq qabul qilinmasin. Davolash kursi davomiyligi – 3 kunni tashkil qiladi.

Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; saxaroza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasi. Bolalar (6 yoshgacha).

Boshqa preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan.

Preparat tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparat tarkibiga izomaltoza va maltitl siropi kiradi, ular yengil surgi ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Fruktozani nasli o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Simptomlar saqlansa yoki tana haroratini oshishi yoki bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa shifokorga murojaat qilish lozim.

Homilador va emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Quruq joyda, +25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam, bo‘lishi mumkin bo‘lgan dozani oshirib yuborilishi me’da-ichak yo‘llari tomonidan diskomfort chaqirishi mumkin. Davolash simptomatik.

Retseptsiz

Shimish uchun tabletkalar [limonli],  shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]. 4, 6, 8 yoki 12 tabletkadan blisterda (PVX/PVDX/Alyuminiy). 1 yoki 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Shimish uchun tabletkalar [limonli]: 3 yil. Shimish  uchun tabletkalar [qulupnayli]: 2 yil.