Stopangin rasmini ko'rish

Tarkibi:

30 ml eritma saqlaydi: Faol modda: 0,0577 g geksetidin, Yordamchi moddalar: arpabodiyon efir moyi, evkalipt efir moyi, sassafras efir moyi, apelsin daraxti gullarining efir moyi (Nepoli), qalampir yalpizning efir moyi, mentol, metilsalitsilat, natriy saxarinati monogidrati, glitserin 85%, etanol 96%.

Preparatning savdo nomi:

Stopangin

Farmakalogik guruhi:

og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun sprey 30 ml

tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz, o‘ziga xos hidli va shirin ta’mli suyuqlik.

og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparatlar.

A01AV12

Og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoqning quyidagi yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi: – angina, tonzillit, faringit, stomatit, aftalar, glossit, parodontoz, parodontopatiyalar, alveolalarni infektsiyalanishi – og‘iz bo‘shlig‘i va xiqildoqning zamburug‘li kasalliklari (molochnitsa) – operativ aralashuvlardan oldin va keyin – og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoqning jarohatlari.

Kattalar va 8 yoshdan oshgan bolalar Sprey og‘iz bo‘shlig‘iga, nafasni ushlab turib, infektsiyalangan yuzaga 1-2 sekund purkaladi. Muolaja ovqatdan keyin kuniga 2-3 marta o‘tkaziladi. Preparatni ko‘pi bilan 7 kun ishlatish mumkin. Ekspluatatsiyasi bo‘yicha yo‘riqnoma Preparat butilkadan mexanik purkagich va applikator (A1 yoki A2 tasvirlarga qarang) yordamida dozalanadi. Agar applikator polietilen paketda bo‘lsa, applikatorni polietilen paketdan qaychi yoki shunga o‘xshash asboblar yordamida oling (B2 tasvirga qarang) Applikatorning butunligini tekshiring. Applikator shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatish mumkin emas.Mexanik purkagichning himoya qopqoqchasini yeching Applikatorni butilkaga o‘rnating (B3 tasvirga qarang). Taxminan 5 marta bosing, bu vaqtda eritma dozatorga tortiladi va bosilganidan keyin u purkashni boshlaydi. Applikatorning oxir qismini og‘izga qo‘ying, nafasni ushlab turing va applikatorni 2 marta shunday bosinki, bir doza o‘nga, ikkinchisi esa, chapga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Ishlatganda ballonchani vertikal ushlash kerak. Purkalayotgan eritmani nafas yo‘llariga tortmang va xatto yutmang xam! Ishlatishdan oldin applikatorni issiq suv bilan yuving va applikatorning butligini doimo tekshiring. Shikastlangan applikator-larni ishlatish mumkin emas.

– og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida achishishni vaqtinchalik his etish – kamdan-kam hollarda yuqori sezuvchanligi bo‘lgan odamlarda allergik reaktsiya, shu jumladan laringospazm bo‘lishi mumkin – ko‘ngil aynashi (preparat tasodifan yutib yuborilganida).

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik – atrofik turdagi quruq faringit – 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar – homiladorlik I uch oylik.

Shifokorning maslahatisiz preparatni hidlash (nafas yo‘liga tortish) mumkin emas. Preparat ko‘zga tushmasligi kerak. 64% etanol saqlaydi. Homiladorlik va laktatsiya Preparatni homilador va emizikli ayollarda qo‘llash to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun uni qo‘llashdan taxmin qilinayotgan foyda, potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta’sirini o‘ziga xosligi Stopangin transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashini talab qiluvchi faoliyatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

10oS dan 25oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Ta’riflanmagan.

Retseptsiz

Mexanik purkagich va purkagichni himoyalanuvchi qopqoqcha bilan ta’minlangan 30 ml plastmassa flakon. har bir flakon applikator bilan majmuada, tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.