Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
Steklovidnoye telo.
Farmakalogik guruhi:
boshqa dori vositalari.
Dori shakli:
inyektsiya uchun suyuqlik
tiniq, biroz sarg‘ish suyuqlik.
Yengil tovlanishi, mayda kristall va to‘qimaviy osilma bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
boshqa dori vositalari.
polinevrit, radikulit, nevralgiya, fantom og‘riqlar;operatsiyadan keyingi erta davrda biriktiruvchi to‘qimani haddan tashqari o‘sib ketishini oldini olish;kuygan, operatsiyadan keyingi, keloid va boshqa chandiqlarni davolash;bo‘g‘imlar kontrakturasi;sinishlarda suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun qo‘llanadi.
Har kuni 2 ml dan teri ostiga yuboriladi.
Davolash kursi nevralgiyalarda – 8-10 kun, chandiq, kontraktura va sinishlarda – 25 kungachani tashkil qiladi.
Takroriy davolash kurslari bir oydan keyin yoki undan keyinroq tavsiya etiladi.
Davolash kursi davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Og‘riqni kuchayishi va yallig‘lanish shaklida allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin; eshakemi, qichishish, toshma, teri giperemiyasi, eritema, anafilaktik reaktsiyalar.
Infektsion kasalliklar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari, kaxeksiya, nefrit, nefroskleroz, jigar tsirrozi, II va III bosqichdagi yurak yetishmovchiligi, onkologik kasalliklar.
Homiladorlik va laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Preparat boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlari aniqlanmagan.
Anamnezida og‘ir allergik holatlari bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Dori vositasini homiladorlarda va emizish davrida ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun ushbu preparatni bu davrlarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Muzlatilmasin.
“Steklovidnoye telo” dori vositasini qo‘llanganida dozasini oshirib yuborilishini holatlari hozirgi vaqtgacha ta’riflanmagan.
Retsept bo‘yicha
2 ml dan ampulalarda №10 o‘ramda yoki kontur uyali o‘ramda №5x1, №5x2.