Nojo‘ya samaralarini rivojlanish tez-tezligining tasnifi (JSST): juda tez-tez 10% va ko‘proq tez-tez 1% va ko‘proq, 10% dan kamroq tez-tez emas 0,1% va ko‘proq; 0,01% kam, shu jumladan alohida xabarlar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – arterial bosimni (AB) pasayishi, aritmiya, ortostatik gipotenziya, yurak urishi, EKG da gipokaliyemiya uchun xarakterli o‘zgarishlar, gemorragik vaskulit.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: juda kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, suyak ko‘migining aplaziyasi.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, asteniya, uyquchanlik, vertigo uyqusizlik, depressiya, yuqori toliqish, oyoq-qo‘llarning spazmlari, taranglashish, ta’sirchanlik, xavotirlik.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas – qusish, kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qabziyat, og‘iz shilliq qavatini qurishi, juda kam hollarda – pankreatit, anoreksiya, qorinda og‘riq, diareya.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda jigar entsefalopatiyasi rivojlanishi mumkin.
Siydik jinsiy tizimi tomonidan: juda kam hollarda – buyrak yetishmovchiligi, nikturiya, infektsiyalar, poliuriya.
Nafas tizimi tomonidan: yo‘tal, faringit, sinusit, rinit.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez – makulo-papulyoz toshma, tez-tez emas – purpura, juda kam hollarda – angionevrotik shish va/yoki eshakemi, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, terini qichishishi.
Boshqalar: alohida xabarlar – tizimli qizil yugurikni (TQYU) zo‘rayishi, fotosezuvchanlik reaktsiyalari.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: klinik tadqiqotlarda 10% patsiyentlarda gipokaliyemiyaga (kaliyning qon plazmasidagi miqdori 3-4 mmol/l kam) va 4% patsiyentlarda 4-6 haftalik davolashdan keyin 3,2 mmol/l kuzatilgan.
12 haftalik davolashdan keyin kaliyning qon plazmasidagi miqdori o‘rtacha 0.23 mmol/l ga kamayadi.
Juda kam hollarda – giperkaltsiyemiya; aniqlanmagan kaliy miqdorini kamayishi va gipokaliyemiyani rivojlanishi, ayniqsa xavf guruhiga mansub patsiyentlar uchun ahamiyatli (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang); gipovolemiya va ortostatik gipotenziya bilan kechuvchi giponatriyemiya.
Xlor ionlarini bir vaqtda yo‘qotish kompensator metabolik alkalozga olib kelishi mumkin, ammo metabolik alkalozni rivojlanish tez-tezligi va uning yaqqolligi ahamiyatsiz; giperurikemiya va giperglikemiya (aniqlanmagan tez-tezlikda), qonda azot mochevina azoti kontsentratsiyasini oshishi, giperkreatininemiya.