Spemanretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol komponentlar: Kukunlar: 65 mg uxlatadigan vitaniya ildizi (Withania somnifera), 32 mg uzun bargli asterkant urug‘i (Astercantha longifolia), 16 mg kompas latuk urug‘i (Lactuca scariola), 16 mg baxmal qichishtiruvchi loviya urug‘i (Mucuna pruriens), 16 mg mozaikali oltin (Suvarnavang). Ekstraktlar: 32 mg chiroyli argireya ildizi (Argyreia speciosa), 32 mg yerbag‘rli temirtikan mevalari (Tribulus terrestris), 32 mg to‘rsimon leptadeniya poyasi (Leptadenia reticulate), 16 mg marvarid parmeliya qavati (Parmelia perlata). Yordamchi moddalar: magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza, krospovidon, natriy karboksimetiltsellyuloza, aerosil (kolloid kremniy dioksidi).

Preparatning savdo nomi:

Speman

Farmakalogik guruhi:

O‘simliklardan olingan prostataning xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun vosita.

Dori shakli:

Tabletkalar

Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrangdan to‘q-jigarranggacha rangli dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.

O‘simliklardan olingan prostataning xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun vosita.

G04BX.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini simptomatik davolash uchun oligospermiyada spermatozoidlarning xarakatchanligi pasayganida qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Prostata bezini xavfsiz kattalashishi: dastlab 2 tabletkadan kuniga 2-3 marta, keyinchalik erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozagacha kamaytiriladi. Oligospermiya: 2 tabletkadan kuniga 3 marta 4-6 oy davomida buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Quruq joyda, +10°S dan +30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Shifokor retseptisiz

Tabletkalar; 100 tabletkadan plastmassa flakonda, har bir flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.