Sonmil rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 15 mg doksilamin suktsinati; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati; magniy stearati; natriy kroskarmeloza; mikrokristalli tsellyuloza. qobig‘i: Opadry II White plyonka qobiq uchun aralashma: gipromeloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza, laktoza monogidrati, polietilenglikol (makrogol), titan dioksidi (Ye 171); triatsetin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

doksilamin suktsinati

Preparatning savdo nomi:

Sonmil

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq shakldagi, ikki tomonlama qavariq, riskali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.

Tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar.

Davriy va tranzitor  uyqusizlikda qo‘llanadi.

Peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Uyqudan  15-30 minut oldin qo‘llanilsin. Tavsiya etilgan doza sutkada 7,5-15 mg (sutkada 1/2-1 tabletkadan) ni tashkil qiladi.  Zarurati bo‘lganida dozani sutkada 30 mg gacha oshirish mumkin (sutkada 2 tabletka). Keksa yoshli patsiyentlarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozani kamaytirish tavsiya etiladi.  Davolash kursi davomiyligi  2-5 kunni tashkil qiladi. Agar uyqusizlik 5 kundan ortiq saqlansa, dori vositasini keyingi qo‘llashning maqsadga muvofiqligini xal qilish uchun shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Juda kam hollarda antixolinergik samaralar: qabziyat, og‘izni qurishi, akkomodatsiyani buzilishi, yurakni kuchli urishi kuzatiladi. Kunduzgi uyquchanlikda: ushbu samara rivojlanishi holatida dozani kamaytirish zarur. Teri toshmasi, qichishish kabi allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Doksilamin  suktsinatiga yoki boshqa antigistamin dori vositalariga yuqori sezuvchanlik. Patsiyentning anamnezida yoki oila anamnezida yopiq burchakli glaukoma. Siyishni  qiyinlashishi xavfi bilan uretroprostatik buzilishlarda qo‘llash mumkin emas.

Alkogol ko‘pgina N1-antigistamin vositalarning sedativ samarasini kuchaytiradi. Alkogolli ichimliklarni va etanol saqlovchi dori vositalarini qo‘llashdan saqlanish lozim. Quyidagi dorili majmuani qo‘llashda e’tibor bilan qo‘llash lozim: – atropin va atropinsimon dori vositalari (imipramin antidepressantlari, antixolinergik parkinsonizmga qarshi dori vositalari, atropinli spazmolitik dori vositalari, dizopiramid, fenotiazin neyroleptiklari) siydikni tutilishi, qabziyat, og‘izni qurishi kabi nojo‘ya samaralarning kelib chiqishi natijasida; – markaziy nerv tizimiga ta’sir qiluvchi boshqa antidepressantlar (morfin hosilalari (og‘riqni qoldiruvchi vositalar; yo‘talni davolash uchun va o‘rnini bosuvchi davolashda qo‘llaniladigan vositalar), neyroleptiklar; barbituratlar, benzodiazepinlar; anksiolitiklar, benzodiazepinlardan tashqari; sedativ antidepressantlar (amitriptilin, doksepin, mianserin, mirtazapin, trimipramin); sedativ N1-antigistamin vositalar; markaziy ta’sirga ega antigipertenziv vositalar; boshqalar: baklofen, pizotifen, talidomid) markaziy nerv tizimini susayishini kuchaytirishi natijasida.

Dori vositasi  laktoza saqlaganligi sababli, uni tug‘ma  galaktozemiyada,  glyukoza va  galaktozani so‘rilishi buzilishi sindromida, laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan holatlarda qo‘llash mumkin emas. Uxlatuvchi va sedativ vositalar kabi,  doksilamin suktsinati tungi apnoe sindromini qo‘zg‘atishi mumkin  (nafasni to‘xtab qolishining davomiyligi va sonini oshirishi mumkin). N1-antigistamin vositalarni keksa yoshli patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki bosh aylanishini kelib chiqishi xavfi tufayli, yiqilishlar xavfi oshadi (masalan, inson kechasi o‘rnidan turganida), buning natijasida ushbu guruh patsiyentlar uchun jiddiy hisoblangan oqibatlarga olib keladi. Kun davomida uyquchanlikni oldini olish uchun dori vositasini  qabul qilinganidan keyin uyqu davomiyligi kamida 7 soat bo‘lishi kerakligini yodda tutish lozim.

Ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar  doksilaminni homiladorlik davrida shifokor maslahatidan so‘ng  qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi. Agar dori vositasini homiladorlikning so‘nggi uch oyligida qo‘llanilsa, dori vositasining atropinsimon va sedativ samaralarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kuzatishda e’tiborga olish lozim. Doksilamin ona sutiga kirishi noma’lum, shuning uchun dori vositasini emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi. .

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: o‘tkir zaharlanishning birinchi belgilari uyquchanlik va antixolinergik samaralar: qo‘zg‘aluvchanlik, qorachiqlarni kengiyishi, akkomodatsiyaning falaji, og‘izni qurishi, yuz va bo‘yinni qizarishi, gipertermiya, sinusli taxikardiya hisoblanadi. Deliriy, gallyutsinatsiyalar va atetoz xarakatlar ko‘proq bolalarda kuzatiladi; ba’zida ular og‘ir zaharlanishning asoratlarini belgisi bo‘lgan tirishishlar hisoblanadi.   Hattoki tirishishlar kelib chiqmasa ham, doksilamin bilan og‘ir zaharlanish ba’zi hollarda rabdomioliz chaqiradi, bu og‘ir buyrak yetishmovchiligigacha asoratlanishi mumkin. Ushbu mushak buzilishlari tarqoq hisoblanadi,  bu kreatinfosfokinaza faolligini tizimli skrining yo‘li bilan o‘lchash o‘tkazishni talab etadi. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Davolashni erta bosqichlarida  faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish tavsiya etiladi (kattalarga 50 g, bolalarga 1 g/kg).

Retseptsiz

10 tabletkadan blisterda; 1 yoki 3 blisterdan qutida.

5 yil.