Sondoks rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: Faol modda: 15 mg doksilamin suktsinati; Yordamchi moddalar: magniy stearati, laktoza monogidrati (sut qandi), kartoshka kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza.

Preparatning savdo nomi:

Sondoks

Farmakalogik guruhi:

uxlatuvchi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, faska va riskali tabletkalar.

uxlatuvchi vosita.

Uyqusizlik.

Faqat kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun! Sondoks tabletkalari ichga 1 tabletkadan uyquga ketish mo‘ljallangan vaqtdan 15-30 minut oldin qabul qilinadi. Tabletkalarni ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilish kerak. Dozani ½ tabletkagacha kamaytirish yoki 2 tabletkagacha oshirishning zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin quyidagi nojo‘ya samaralari kuzatilishi mumkin: og‘izni qurishi, ko‘rish akkomodatsiyasini buzilishi, qabziyat, siyishni qiyinlashishi (ayniqsa bu ko‘rinishlarga moyilligi bo‘lgan bemorlarda). Noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan xolda, shifokor bilan maslahatlashish kerak!

Preparatni glaukomasi, siydik chiqarish yo‘llari va prostata kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, homiladorlikda, emizish davrida (preparat qabul qilinganida emizishdan voz kechish kerak) qo‘llash mumkin emas. Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Sondoks tabletkalari barbituratlar, benzodiazepinlar, klonidin, opioid analgetiklar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, markaziy nerv tizimiga bostiruvchi ta’sirini kuchayishi kuzatiladi. Sondoks tabletkalari atropin yoki boshqa M-xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, nojo‘ya ta’sirlarining: og‘izni qurishi, siyishni qiyinlashishi, paydo bo‘lishini xavfi oshadi. Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llash mumkinligi bo‘yicha albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Qo‘llashni cheklanishi: o‘pka kasalliklarida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparat diqqatni pasayishi, uyquchanlikni chaqiradi, shuning uchun transport xaydovchilariga ta’sir qilishi mumkin. Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tasodifan yoki ataylab dozani oshirib yuborilishi faqat tabletkalarni juda katta dozalarda qabul qilinganida yuz berishi mumkin. Simptomlari: qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, muvozanatni buzilishi, xarakat koordinatsiyasini buzilishi, qo‘l va oyoq barmoqlarining tirishishlari, tirishishlar. Simptomlar ko‘rsatilgan ketma-ketlikda paydo bo‘ladi, lekin ayrim xollarda zaharlanishning birinchi simptomlari qaltirash va qo‘l va oyoq barmoqlarining tirishishlari bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha atropinizatsiya simptomlari – qorachiqlarni kengayishi, akkomodatsiya falaji, yuz terisini qizarishi, tana haroratini oshishi kuzatiladi. Davolash bo‘lmaganida kollaps bilan birga kechuvchi koma rivojlanishi mumkin. Davolash. Tez yordamni chaqirish kerak, shifokor kelgunicha suniy nafas o‘tkaziladi.

Retseptsiz

10 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan yoki 3 blisterdan karton qutida.

2 yil.